Ikkinchidan, ular jamiyatdagi o’zaro bog’liq kuchlarning yig’indisi sifatida kengayib tizim ko’rinishiga kelmoqda va o’z ta’sir maydonini kengaytirib, jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda. Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda va rivojlangan davlatlarda 50%gacha etdi. Bu jamiyatni uning asosiy resurslari - inson va aqldan oqilona foydalanishdagi ma’suliyat va mohiyatni oshiradi. Bugungi kunda XXI asr talabiga javob bera oladigan boshqaruv modeli xaqida gapirish mumkinmi? Bu savolga qat’iy javob berish mumkin, ko’pgina madaniyatlarning birgalikdagi tajribasi bunga imkon beradi. Bugungi kunda XXI asr talabiga javob bera oladigan boshqaruv modeli xaqida gapirish mumkinmi? Bu savolga qat’iy javob berish mumkin, ko’pgina madaniyatlarning birgalikdagi tajribasi bunga imkon beradi. Masalan, Yaponiyadagi boshqaruv madaniyati - bu Evropa menejerligining klassik konstepstiyasi va yapon an’anaviy-ligining qorishmasi. Yaponlar hamma ma’lum konstepstiyalarni o’rganib chiqishdi va o’zlarinikini yaratishdi. Yaponiyada zamonaviy boshqaruv tizimi yaratilgan va shunga mos boshqaruv madaniyati shakllanmoqda. Unda jahon madaniya-tining kelajak tendenstiyalari ko’riladi. Bu tizimning g’aro-yibligi shundaki, boshqaruv uzoq maqsadlarga yo’naltirilgan. Har bir firma vaqtinchalik muvofaqqiyatlar bilan qoniqmasdan, istiqbolni ko’zlaydi, bozorlarda yaxshi o’rnashib oladi. «Bugungi kunni unut, ertangisini o’yla» bu strategiya g’arb mentaliteti «kun bor - ovqat bor»ga qarama qarshi. Bunday strategiyada egiluvchanlik, tez moslashish, harakatchanlik va najot bozoridagi o’rin uchun kurashishda qayta qurishlarga keng yo’l ochiladi. Umuman Yaponiyada strategiyadan «Hodisalarga tayyorlik» tushuniladi. Umuman Yaponiyada strategiyadan «Hodisalarga tayyorlik» tushuniladi. Yapon firmasi boshqaruv strategiyasining asosiy xarakte-ristikalari quyidagilar: - O’zgarishlarga moslashish;
- Muhitga va muhitdagi joyga moslashish;
- O’zgarayotgan dunyoda ma’lum vaqtga emas, balki uzoq istiqbolda yashash uchun barcha imkoniyatlarni hisobga olish va ulardan foydalanish;
- Texnika, texnologiya va ijtimoiy omil yutuqlarini yashashning asosiy resurslari sifatida ajratib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |