Reja: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning afzalliklari


Download 162.13 Kb.
bet5/14
Sana20.06.2023
Hajmi162.13 Kb.
#1628683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1507562341 69172

Tarmoq operatsion tizimi


Tarmoq operatsion tizimlari - tarmoqlarda ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlashni ta`minlovchi kompleks dasturlaridir.
Tarmoq OT turli xildagi tarmoq xizmatlarini foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Tarmoq operatsion tizimlari klient server yoki bir turli arxitekturadan foydalanadi.
Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda tarmoq OT serverning operatsion tizimi deb ham ataladi va u fayl tizimini quvvatlovchi, masalalarni rejalashtirish xotirani boshqarish kabi bazaviy vazifalarni ta`minlaydi.
Tarmoq OT va abonent tizimining ishchi stantsiyasining operatsion tizimini birbiriga mutonosib emas (bir-biriga tushmaydi), shuning uchun ishchi stantsiyaga tarmoq qobig`i deb ataladigan maxsus dastur kiritilgan. qobiq ishchi stantsiyaning operativ xotirasiga rezident dastur kabi yuklanadi. U tarmoq foydalanuvchilaridan amaliy so`rovlar qabul qiladi va ularni lokal OT stantsiyasida yoki tarmoq OT serverida, qayta ishlanish joyini aniqlab beradi.
Mijoz - server uchun to`rtta chet el tarmoq OT juda keng tarqalgan:
Bular: Novell firmasining NetWare, IBM firmasining LAN server, Microsoft firmasining LAN manager, Banyan firmasining VINES OT laridir. Oxirgi yillarda Windows NT OTlari keng qo`llanilmokda.
Bu tarmoq OTlar mustahkamligi, qulayligi va tarmoqni boshqarish uchun administrativ vositalarni turli tumanligi, foydalanuvchilarning ishlashi, ajratilgan resurslardan foydalanish, rezident qismining hajmi, tarmoqda bir nechta serverlardan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar bilan bir-birlaridan farq qiladi. Novell NetWare 386 3.11 versiyadagi tarmoq OT keng tarqalgan ommabop tarmoq OT hisoblanadi. U 332 razryadli ko`p vazifali, real vaqtli tarmoq OT bo`lib, himoyalangan 80386 yoki 80486 protsessorlarda ishlaydi. YAngi ishlab chiqilgan
Novell NetWare 4 versiyali tarmoq OT ko`p serverlarni o`z tarkibiga olgan, mingacha foydalanuvchiga xizmat qiladigan, ko`p segmentli tarmoqlarni barpo etish uchun mo`ljallangan. YAngi versiyada serverlarni boshqarish markazlashtirilgan ya`ni tizim administratori barcha serverlarni boshqarishi mumkin va barcha serverlarda yagona foydalanuvchilar ro`yxatini olib borishi mumkin. Mijoz-server hisoblash tarmog`ida Windows NT, Windows NT Advanced Server tarmoq OTlari ishlatiladi. Nomarkazlashtirilgan boshqarish tarmoqlarida yoki bir tarmoqlarda kompyuterlar birlashtiriladi, ularning har biri server va klient bo`lishi mumkin. Bunday tarmoqlarda hohlagan kompyuter oddiy diskli OT boshqariladi, tarmoq vazifalarini boshqarish uchun esa uning operativ xotirasiga bir tarmoq operatsion tizim dasturi yuklanadi. Bir hisoblash tarmoqlari uchun Novell firmasining NetWare Lite va Artisoft firmasining LAN Tastic OTlar eng ommabop tarmoq operatsion tizimiga kiradi. NetWare Lite tizimi bilan ishlaydigan tarmoqda, tarmoqni boshqarish ancha oddiy bo`lib, foydalanuvchilar o`rtasida resurslarni taqsimlashni, tarmoqqa murojaat qilishni va boshqa vazifalarni boshqarishni o`z ichiga oladi. LAN Tastic tizim bir turli tarmoq operatsion tizimida birinchi bo`lib hisoblanadi. Bu qisqartirilgan rejimda ishlovchi bir turli tarmoqdagi foydalanuvchilar uchun juda qulay bo`lib, katta bo`lmagan xabarlarni kompyuterlararo uzatishga va umumiy fayllar yoki qurilmalarni taqsimlangan vaqt rejimida ishlashga olib keladi.
Artisoft firmasi bu tarmoq OTni yanada takomillashgan versiyasini tayyorlayapti, qaysiki u kiritish – chiqarish operatsiyalarini yuqori ishlashini ta`minlovchi bazaviy ma`lumotlar bilan samarali ko`p foydalanish uchun mo`ljallangan. Bir hisoblash tarmoqlari uchun shuningdek Windows for Work Groups, Personal Netware, Power LAN tarmoq OTlari ishlatiladi.

Download 162.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling