Professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida
Download 22.4 Kb.
|
Professional ta
Professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida 2022/2023-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida BUYURAMAN: Professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan Avgust seminarlari (keyingi o‘rinlarda - Avgust seminarlari)ni “Yangi 0‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida 2022-yil 23-28-avgust kunlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilsin. Avgust seminarlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga, Avgust seminarlari tashkil etiladigan sho‘balar ro‘yxati 2-ilovaga, Professional ta’lim muassasalari direktorlari yalpi yig‘ilishi kun tartibi 3-ilovaga, Avgust kengashlari uchun tayyorlanadigan video roliklar mavzulari va biriktirilgan mas’ullar ro‘yxati 4-ilovaga, Avgust seminarlari mashg‘ulotlarining namunaviy dasturlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi (0‘.AIijonov) zimmasiga: Avgust seminarlarini professional ta’lim tizimida taym menejment, WorldSkills standartlari, dual ta’lim, kompetensiyaga asoslangan ta’lim (competency based learning), kasbga o‘qitish va malaka oshirishda raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalami keng joriy qilishga alohida e’tibor qaratgan holda tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga Avgust seminarlarini tashkil etish yuzasidan uslubiy yordam ko‘rsatib borish; joylarda Avgust seminarlarini o‘tkazilishini muvofiqlashtirib borish vazifalari yuklatilsin. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda - Institut) (Z.Xudayberdiyev) zimmasiga: Avgust seminarlarini samarali o‘tkazish maqsadida har bir tayyorlov yo‘nalishiga mas’ul metodistlar tomonidan malaka talabi va o‘quv rejalariga kiritilgan o'zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tayyorlanishini tashkil etish; yangi kiritilgan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ishlab chiqilgan hamda tajriba-sinovning birinchi bosqich natijalari asosida takomillashtirilgan malaka talablari va o‘quv rejalarini sho‘balar kesimida o'tkaziladigan Avgust seminarlarida muhokama qilish va tushuntirish ishlarini tashkil etish; Avgust kengashlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tegishli mavzular bo‘yicha video roliklar tayyorlanishini tashkil etish; Avgust seminarlari o‘tkazilishida keyslar, taym menejment, ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim xizmatlarini tijoratlashtirish, samarali kasbga yo‘naltirish strategiyalari bo£yicha xalqaro tajribalar, xorijiy loyihalarning xulosalari va tavsiyalari hamda pedagog kadrlarning faoliyat samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan taqdimotlar asosida o‘tkazilishiga metodik yordam ko‘rsatish; yangi innovatsion texnologiyalar bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv uslubiy ishlanmalar, o‘qitish materiallari to‘plamlari hamda Avgust seminarlarida o‘tkazilgan taqdimotlarni Institut veb-saytiga joylashtirib borilishini tashkil etish; Avgust seminarlari natijalari bo‘yicha yakuniy hisobot va ma’lumotlami Vazirlikning Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasiga o‘rnatilgan tartibda 2022-yil 10-sentyabriga qadar taqdim etish vazifalari yuklatilsin. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari zimmasiga: uch kun muddatda professional ta’lim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruh ro‘yxatini shakllantirish; Professional ta’lim muassasalari direktorlari yalpi yig‘ilishida internet tarmog‘i orqali barcha professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish; bir hafta muddatda Avgust seminarlarini tashkil etish va o‘tkazishda kasb va mutaxassisliklarni seksiyalar va kichik guruhlarga taqsimlash jadvallarini ishlab chiqish va o‘tkazilishini muvofiqlashtirish; Avgust seminarlariga vazirlik va idoralarning hududiy vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va yirik ish beruvchi korxona, tashkilot hamda muassasalar vakillarini taklif etish; Avgust seminarlarini o‘qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqqan o‘qituvchi hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalarini jalb etgan hoi da yuqori darajada jihozlangan auditoriya va ustaxonalarda tashkil etish; dual ta’lim joriy etilgan professional ta’lim muassasalari va hamkor tashkilotlar bilan dual ta’lim prinsiplarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlami ommalashtirish hamda tajriba almashish maqsadida hamkor tashkilotlar bazasida amaliy o‘quv seminarlarini tashkil etish choralarini ko‘rish; Avgust seminarian ishtirokchilarini tanlashda ulaming kelgusida o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarida aynan shu kabi seminar o‘tkazishlarini inobatga olgan holda ulaming yoshi, pedagogik mahorati, tashabbuskorligi, yangilikka intiluvchanligi kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratish; Avgust seminarian mashg‘ulotlarini 5-ilovadagi namunaviy dasturlarga binoan tashkil etish; professional ta’limi muassasalarida Avgust seminarlarida muhokama etilgan fanlaming o‘qitish metodikalarini ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish va pedagoglaming mahoratini oshirishni tashkil etish; Avgust seminarian o‘tkazilishi belgilangan professional ta’lim muassasalarida shakllantirilgan guruhlar sonidan kelib chiqib, zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, texnik vositalar (kompyuter, videoproyektor, ekran, flipchart doskasi kabi zaruriy jihozlar) va ularga xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlami jalb etish hamda tegishli shart-sharoitlami yaratish; Avgust seminarlarini tashkil etilishi, o‘tkazilishi va uning natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish; Avgust seminarian to‘g‘risida foto va videolavhalar hamda ma’lumotlami tasdiqlagan holda joriy yilning 5-sentyabriga qadar Institutga taqdim etish vazifalari yuklatilsin. Avgust seminarlarini o‘tkazishda o‘quv-uslubiy va tarqatma materiallarini tayyorlagan mutaxassis-xodimlar mehnatini e’tirof etish va ulami rag‘batlantirish maqsadida ular tomonidan yaratilgan va Avgust seminarlarida keng omma uchun foydalamlgan ljodiy mahsulotlar (ma’ruzalar, maqolalar, prezentatsiya materiallari, video va audio materiallar) professional ta’lim pedagoglarining portfoliosida bo’lishi belgilab qo‘yilsin. Matbuot xizmati (S.Usmonov) Avgust seminarlarining o’tkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritib borsin. Mazkur buyruq ijro_nazorati vaziming bii inchi o‘rinbosari К Karimov zimmasiga yuklatilsin. Professional ta’lim muassasalari direkforlari yalpi yig‘ilishi knn tartibi 10:00-10:20 Kirish so‘zi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari - K. Karimov 10.20-10:50 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim dasturlarini takomiflashtirish hamda yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig 7 - О ‘.Alijonov 10:50-11:10 Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagogik kadrlarini malakasini oshirish hamda o‘qituvchiIarni metodik qo‘llab- quvvatlash haqida Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori - Z.Xudayberdiyev 11:10-11:30 Professional ta’lim muassasalariga 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari haqida Ishlab chiqarish bilan integratsiya va moddiy-texnik bazani rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig 7 - A.Meliboyev 11:30-11:50 0‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish YuNESKOning О zbekistondagi vakolatxonasi, loyiha milliy xodimi - A.Bazarov 11.50-12.10 О quv ustaxonalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash va jihozlardan samarali foydalanish О‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig 7 о ‘rinbosari - U.Eshonqulov 12:10-12:30 Buxoro viloyatida professional ta’lim muassasalarini yangi oquv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Buxoro viloyati kasbiy ta limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig 7 X Qobilov 12:30-12:40 Savol-javoblar Avgust kengashlari ucliun tayyorlanadigan video roliklar mavzulari va biriktirilgan mas’ullar ro‘yxati
Download 22.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling