Reja: Zamonaviy qirg‘in qurollari tasnifi
Download 496.25 Kb. Pdf ko'rish
|
1 seminar
4-mashg‘ulot. 2 soat Radiatsionva kimyoviy vaziyatni baholash Reja: 1. Zamonaviy qirg‘in qurollari tasnifi 2.YAdro quroli, yadro qurolining shikastlovchi omillari 3. Radiatsiyaviy razvedkada ishlatiladigan dozimetrik nazorat asboblari 4. Radiatsion vaziyatni baholash 5. Kimyoviy qurollar va ularning tasnifi 6 .Kimyoviy moddalardan zaharlanish 7. Kimyoviy vaziyatni baholash 8.Tibbiy xizmat xodimlarining kimyoviy zararlanish o‘chog‘ida paydo bo‘lgan oqibatlarni yo‘qotishdagi harakatlari 9. Umumxarbiy kimyoviy razvedka (VPXR) asbobi. Ishlatilishi, vazifasi Mashg‘ulot ta’minoti: plakatlar, bukletlar, radiatsiyaviy, kimyoviy dozimetrik nazorat asboblari. AI- 2, IPP -8 va x.k Mashg‘ulot ta’minoti: plakatlar, bukletlar, radiatsiyaviy, kimyoviy dozimetrik nazorat asboblari Kimyoviy muhofaza – bu KTZM (kuchli ta’sirchan zaharli moddalar) ning aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligida turli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatidagi inson, hayvon sog`ligi uchun zararli, kuchli ta’sir ko`rsatuvchi moddalar turi ko`p. Kimyoviy muhofaza – bu KTZM (kuchli ta’sirchan zaharli moddalar) ning aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligi inshootlariga zararli ta’sirini oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi. Radiatsion muhofaza-bu radioaktiv moddalarning aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligi inshootlariga zararli ta’sirini oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Qonunning asosiy tushunchalariga ta’rif berilgan qismida, radiatsiyaviy xavfsizlik to`g`risida quyidagilar bayon etilgan – bu fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati. Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning eng asosiy vazifasi kimyoviy xavf obektlaridagi, radiatsiyaviy xavfli ob’ektlaridagi halokatlar bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar oldini olishdan iborat. Kimyoviy xavfga binoan hamma ma’muriy-hududiy birliklar 3 ta xavflilik darajasiga bo`linadi: Avariya-halokat – mahsulot tayyorlashga ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar majmuasidagi nosozlik, elektr bilan ta’minlashdagi nosozlik, binolar, qurilmadagi nosozliklar tufayli vujudga keladigan voqeaga aytiladi. Transport turlarini o`zaro to`qnashuvi, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni saqlashda yo`l qo`yilgan xatoliklar tufayli sodir bo`ladigan halokatlar natijasida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof-muhitga tarqalishi mumkin. Katastrofa – halokat bo`lib, oldingisidan farqli holda halokat qamrovi kengroq va odamlar halok bo`lishiga olib kelgan voqeaga aytiladi. Poezlar o`zaro to`qnashishi, samalyot halokati, sanoat korxonasida sodir bo`lgan halokatlar tufayli atrof-muhitning yomonlashuvi, insonlar qurboni, talofat darajasining ortib borishi – hammasi bu turdagi halokat turiga xos xususiyatdir. Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko`ra kimyoviy xavfli inshootlarda bo`ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarni atrof-muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud. Asosiylari quyidagilar: - korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklar; - uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirish; - moddalarni ishlab chiqarishda, saqlashda, topishishda yo`l qo`yilgan xatoliklar tufayli; - portlash, yong`in sodir bo`lishi, halokatlar tufayli; - moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi tufayli; - chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga to`liq javob bermaydi; - korxonada mehnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi etarli emas; - mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayon tizimi qo`llanadi. Ayrim o`tilgandan farq qiluvchi ayrim sabablar tufayli ham texnogen tusdagi favqulodda vaziyat vujudga kelishi mumkin. Qonunda texnogen ravishda o`zgartirilgan radiatsiyaviy va tabiiy radiatsiyaviy fon qanday mazmunga egaligi va ularni ham e’tiborga olish kerakligi ta’kidlangan. Zaharli va zararli moddalardan muhofaza qilishni rejalashtirish va tashkil qilish va radiatsiyaviy xavfli inshootlardagi halokatlar bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar oldini olishan iborat. Kimyoviy xavfga ko`ra ma’muriy hududiy birliklar (MHB) 3 ta xavflilik darajasiga bo`linadi: I daraja – kimyoviy zaharlanish ehtimoli bor oraliqda ma’muriy-hududiy birlikning 50% fuqarosi yashab turgan bo`lsa; II daraja – kimyoviy zaharlanish ehtimoli bor oraliqda ma’muriy-hududiy birlikning 30 % dan 50% gacha aholisi yashab turgan bo`lsa; III daraja - kimyoviy zaharlanish ehtimoli bor oraliqda ma’muriy-hududiy birlikning 10% dan 50% gacha aholisi yashab turgan bo`lsa. Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun shu kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshoot joylashgan hudud to`g`risida aniq ma’lumotga, korxona haqida, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyini aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to`g`risida aniq ma’lumotga ega bo`lishlari kerak. 2. KTZM va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta’sirini oldini olishga, ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy muhofaza vositalari (SHMV) bilan ta’minlashni tashkil etish. 4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o`z vaqtida amalga oshirish. 5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va vositalarning doimo shay turishini ta’minlash. 6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning qanday vazifa bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish. Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholash. A) vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi: -favqulodda vaziyatning aniq turini bilish; -vaziyat tafsiloti va ko`lamini aniqlashning ishlovchi usullarini, uskuna-jihozlarini topish; -fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o`z vaqtida ogohlantirish; -talofatlar va moddiy zararlarning oldini olish yoki ularning ta’sir kuchini mumkin bo`lgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko`rish; -fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarni yoki ular oqibatlarini yo`qotishga tayyorlab qo`yish. B) vaziyatni oldindan baholash. 1. Olingan ma’lumotlarni aniqlashtirish. a)kimyoviy va radiatsion halokatlarning tafsilotini bilish (turi, vaqti, tarqalish mydoni, holati va h.k.); b) hudud tafsiloti (aholi yashash joyi, uy-joylarning soni, yaqin-uzoqligi, transport yo`llarining bor-yo`qligi va h.k). -ob-havo sharoiti (yil fasli, kun, ob-havo holat); -aholiga va hududga kimyoviy va radioaktiv moddalar ta’sir darajasi; -zaharlangan havo oqimi etib keladigan vaqtni va ular qancha muddat ta’sir ko`rsata olishlarini bilish kerak. -zaharlangan hudud maydonida qancha odam qolgan, ulardan qanchasi talofat ko`rishi mumkinligi ehtimolini aniqlash; -maxsus ishlov berishdan o`tkazilishi lozim bo`lgan odamlar, texnika, uskunalar, hududlar miqdorini aniqlash. Baholashga ko`ra to`plangan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida qisqacha xulosalar qilgan holda, qilinishi lozim bo`lgan ishlarni belgilab olish kerak. Kimyoviy qurollar va ularning tasnifi. Turli zaharlovchi moddalar va ularni joylarda changlatish uchun manzilga etkazib beruvchi vositalar ximiyaviy qurol deyiladi. Odamlar va hayvonlarni, o‘simliklarni, shuningdek, havoni, joylarni, suv, oziq-ovqatlarni hamda turli buyumlarni zararlovchi zaharli ximiyaviy birikmalar zaharlovchi moddalar (ZM) deyiladi. Zaharlovchi moddalar birinchi marta birinchi jahon urushida (22 aprel 1915 yilda) nemis armiyasida ishlatilgan edi. Ular xlor, fosgen, difosgen, iprit, xlorpikrin kabi ZMni ko‘p ishlatganlar. Birinchi jahon urushi davrida bir milliondan ko‘proq kishi ZM bilan zaharlangan. ZM odam organizmiga ta’siri jihatidan 6 gruppaga bo‘linadi: 1) fosfororganik ZM (FZM–FOV) asab sistemasini falajlash ta’siriga ega (zamon, zarin, V – gazlar); 2) terini yara qiluvchi ZM (iprit); 3) umumzaharlovchi ZM (sianid kislota, xlorsian); 4) bo‘g‘uvchi ZM (fosgep, difosgen); 5) ko‘zdan yosh oqizuvchi va ta’sirlantiruvchi ZM (xlorasetofenon, SZ, adamsit, xlorpikrin): 6) psixoximiyaviy ta’sir qiluvchi ZM (Vg, DLK). YUqorida sanab o‘tilgan ZM ning birinchi to‘rt gruppasi suyuqlik bo‘lib, qolganlari qattiq poroshoksimon modda, Amerika adabiyotlarida birinchi to‘rt gruppadagi ZM o‘ldiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan ZM qatoriga kiritiladi. 5, 6 gruppadagi ZM esa o‘ldirmaydigan, vaqtincha normal holatdan toydiruvchi ZM qatoriga kiritiladi. Suyuq ZM shartli ravishda barqaror va barqaror bo‘lmagan ZM ga ajratiladi. Zaharli moddalar samolyotdan to‘kib yuboruvchi aviasion priborlar vositasida ham sochiladi. Ximiyaviy qurollar portlaganda, zaharlangan atmosfera buluti hosil bo‘ladi va u shamol bilan harakat qilib, 30 km va undan ortiq masofani zaharli moddalar bilan zaharlaydi. Ko‘pchilik ZMlarning (sianid kislotadan boshqa) bug‘i havodan og‘ir bo‘ladi va pastliklarda, jarlik va chuqurliklarda to‘planib qoladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida ZM bug‘i kam bo‘ladi. Zaharlovchi moddalar bug‘i zich berkilmagan yashirinish joylariga, kvartiralarga va erto‘lalarga kira oladi, pod’ezdlarda va chordoqlarda turib qoladi. Ayniqsa, bolalarni, bemor va qariyalarni ZM ta’siridan himoya qilish juda qiyin, chunki ular protivogazdan foydalana olmaydi. Ximiyaviy qurol ishlatilganda ximiyaviy zaharlanish o‘chog‘ida aholi tomonidan o‘z-o‘ziga va bir-biriga yordam tariqasida va sanitar drujinachilar tomonidan birinchi tibbiy yordami ko‘rsatiladi. Birinchi vrach yordami OPM da, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordami va zaharlangandagi yordam shahar tashqarisidagi zonada tashkil etilgan terapevtik va toksiko-terapevtik kasalxonalarda ko‘rsatilali. ASABNI PALLAJLOVCHI ZAHARLI MODDALAR Bu guruhga fosfor-organik zaharli moddalar kiradi: zarin, zoman, Vi-iks. Ularning hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar bo‘lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg‘unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Zarindan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasda og‘riqning paydo bo‘lishi. Zararlanishning klinik belgilari. FZM, asosan, nerv sistemasiga ta’sir etadigan zahar hisoblanadi. Ular avval parasimpatik va markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atib, butun tanani changak qilib qo‘yadi, so‘ngra nerv sistemasi falajlanadi va nafas olish markazi falajlanishi natijasida odam o‘ladi. Engil darajada zaharlanishda bosh og‘rish, bo‘shashish, ko‘krak qafasining qisilishi mioz (ko‘z qorachig‘ining torayishi), ko‘zda yoqimsiz sezgi paydo bo‘lishi va uzoqdan ko‘rishning qiyinlashishi (ko‘zning xiralashishi), ko‘z qorachig‘ining qorong‘ida yomon ko‘rish hollari kuzatiladi. Nafas olishning bir oz og‘irlashishi, asabiylashish, ba’zan ko‘ngil aynishi va qayt qilish hollari ro‘y berishi mumkin. Bunda odam tez tuzaladi, kasalxonaga yotqizishning hojati bo‘lmaydi. O‘rtacha darajada zaharlanishda yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan tashqari, bronxospazm (bronxlarning torayishi) ham rivojlanadi, natijada nafas olish og‘irlashib, hansirash, nafas qisishi (xuddi bronxial astmaga kabi) kuzatiladi vat eri ko‘karadi. SHu bilan birga nerv – psixik qo‘zg‘alish, vahimaga tushish, qo‘rqish, yuz muskullari va qo‘l-oyoqning titrashi, gandiraklash, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ba’zan ich ketish hollari ro‘y beradi. Bunday zararlangan odamni tezda davolash kerak, aks holda zararlanish og‘ir formaga o‘tib ketishi mumkin. Og‘ir darajada zaharlanishda bemor hushidan ketadi va yiqiladi, butun gavdasini xuruj xarakteridagi titroq bosadi. Bu hol bir necha soat davom etishi mumkin. Falajdanish davri juda xavfli bo‘lib, bunda muskullar bo‘shashadi, nafas olish sustlashadi, ritmi yo‘qoladi, qon tomirining urishi tezlashadi yoki sekinlashadi va nihoyat bemor o‘ladi. Og‘ir zaharlanishning «YAshin tezligi» formasida 1-2 minutdan so‘ng bemor hushidan ketadi, qisqa muddatli tiroq paydo bo‘ladi, tezda nerv sistemasi falajlanadi va 1-10 minutda va 10 minutdan so‘ng ximiyaviy o‘choqning o‘zidayoq o‘lim yuz beradi. FZM teriga ta’sir etganda, 10-30 minutdan so‘ng terining shu erdagi muskullar tortishib, titroq paydo bo‘ladi va kasal o‘lishi mumkin. Ba’zan titroq 1-2 soatdan keyin paydo bo‘lishi ham mumkin. Zaharli moddalarning organizmga ta’sirini yo‘qotuvchi va tugatuvchi ziddizaharlar antidotlar deyiladi. Birinchi medisina yordami ko‘rsatishda fosfor-organik ZMning antidodlari sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: 1. Taren-0,3 g li tabletka. Engli va o‘rtacha zararlanishda 2 tabletka qabul qilinadi (yutiladi yoki til ostiga qo‘yiladi). Taren «FZM dan zararlangandagi vosita» holatida grajdan mudofaasining individual aptechkasida bo‘ladi. SHpris – tyubik polietilendan ishlangan tyubik bo‘lib, ichiga Afin eritmasi to‘ldirilgan. Tyubikning og‘ziga qalpoqchali in’eksion nina biriktirilgan bo‘ladi. Birinchi medisina yordamining hajmi: 1) avvalo ZMning organizmga tushishini kerak. Buning uchun protivogaz kiydirish yoki buzilgan bo‘lsa, almashtirish kerak; 2) antidot – taren berish yoki shpris-tyubikdan antidot yuborish kerak (og‘ir zararlanganda 2- 4 marta in’eksiya qilinadi). 3) tananing ochiq joylarida qisman sanitariya obrabotkasi o‘tqazish zarur. SHunigdek, ZMni zararsizlantirish va tanaga singishi oldini olish maqsadida ximiyaviy moddalarga qarshi individual paket yoki PXS sumkasi yordamida kiyimlarni ham qisman sanitariya obrabotkasidan o‘tkazish zarur. Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar guruhiga kiruvchi moddalar par va aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yo‘llari orqali ta’sir etadi. Iprit – teri, ko‘z, nafas organlari hamda oshqozon-ichak yo‘llarini zaharlaydi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi nafas yo‘li orqali ta’sir etganda 1,3 mgG‘l teri orqali ta’sir etganda 5 mgG‘l. ga teng. Iprit ta’sirining belgilari: ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin puffakchalar hosil bo‘ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yo‘q. Umumiy zaharlovchi ta’sirga ega zaharlovchi moddalarga sianid kislota va xlorsian kiradi. Engil darajada zararlangan odamning boshi og‘riydi, o‘zi bo‘shashadi, og‘zi bemaza bo‘ladi, boshi aylanadi, ko‘ngli ayniydi. Protivogaz kiygandan keyin bu belgilarning hammasi tezda yo‘qoladi. O‘rtacha zararlanganda kuchli, azob beruvchi nafas qisishi kuzatiladi, teri pushti ranga kiradi, yurak atrofii og‘riydi, ko‘krak qafasi qisiladi, gandiraklash, hayajonlanish, o‘lim talvasasi yuz beradi. Xlorsian Bilan zaharlanganda ko‘z, tomoq va ko‘krak qattiq achishadi (lovullaydi) va og‘riydi, aksirish, yo‘tal, ko‘z yoshlanishi keyinchalik esa sianid kislotadan zararlangandagi kabi simptomlar (hansirash, tirishish va og‘ir zararlanganda nafas markazi falajlanishidan, o‘lim ro‘y berishi) kuzatiladi. Sianid kislotadan zararlanganlar hayotini saqlab qolish uchun iloji boricha tezroq birinchi medisina yordami ko‘rsatish kerak. Protivogaz kiydirib, antidot berish zarur. Antidot (ziddizahar) sifatida ampulali amilnitrit (yoki propilnitrit) ishlatiladi. Ampulalar doka bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ampulaning uchini sindirib ingalyasiya uchun protivogaz shlemi tagiga qo‘yish kerak. So‘ngra zaharlangan joydan olib chiqilgandan keyin, amilnitrit (yoki propilnitrit)ni hidlash uchun qaytadan berish mumkin. Uchi sindirilgan ampula zararlangan odamning burniga tutiladi. Bemorning holati keskin o‘zgarganda yoki nafas olish to‘xtab qolganda, sun’iy nafas oldirishni tezda boshlash kerak. Umumiy zaharlovchi moddalar. Bu guruh moddalari nafas organlarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi to‘qimalarda oksidlanish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi. Bu guruhning tipik vakili – sinil kislotasi. Zaharlash belgilari: og‘izda metall mazasining hosil bo‘lishi, tinka qurishi, bosh og‘rig‘i, organizm a’zolari harakatining yo‘qolishi. Sinil kislotasini antidoti amilnitrit va propil nitrit hisoblanadi. Bo‘g‘uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini ishdan chiqarib, o‘pkani zararlaydi. Fosgen faqat ingalyasion yo‘l bilan organizmni zaharlaydi. Uning bug‘i 3 mgG‘l havo konsentrasiyasida va 1-2 minutlik ekspozisiyada odamni og‘ir zararlantiradi. Zaharlash belgilari: ko‘zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish kuzatiladi. Fozgenning antidoti yo‘q. BZ moddasi ta’sirida odamda qisman atropin bilan zaharlanishga o‘xshash kuchli aqldan ozish yuz beradi. Avvalo, taxikardiya (tomir bir minutda 120-150 marta urishi) boshlanadi, teri qizaradi va quriy boshlaydi, ko‘z qorachig‘i keskin kengayadi, yaqindan ko‘rish qobiliyati susayadi, og‘iz qurib, ovoz bo‘g‘ilish belgilari paydi bo‘ladi. Keyin psixlz, gallyusinasiya, har xil qo‘rqinchli narsalar ko‘zga ko‘rinishi, turli tovushlar eshitilishi va boshqalar yuz beradi. Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari asab tizimiga muayyan ta’sir etib, inson faoliyatini vaqtinchalik izdan chiqaradi. Bizet – oq kristal kukun bo‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harorati 412°S, suyulish harorati 190°S. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘lib, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi. Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, so‘ngra gallyusinasiya va hayajonlanish. Qaltiratuvi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar ko‘zning harakatchan qismini hamda nafas yo‘llarining yuqori qismini ishdan chiqaradi. Bu guruhga kiruvchi moddalardan Si-es va Si-er muhim ahamiyatga ega. 3ararlanish belgilari: ko‘zning va ko‘krak qafasining qizishi, og‘rishi, ko‘zdan yosh oqishi, yo‘tal va boshqalar. Toksinlar. Bakterial toksinlar, hozirgi davrda yuqori zaharli moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarga botunil toksini va staffilokkok enterotoksin kiradi. Botunil toksini – o‘ldiruvchi zaharli moddalar ichida eng zaharlisi hisoblanadi. Toza botunil toksini kristall modda ko‘rinishida bo‘ladi. Zararlanish belgilari: bosh og‘rig‘i, holsizlanish, ko‘z xiralashishi, qusish, pallajlanish. YUqori miya pallajlanib, natijada odam o‘ladi. Download 496.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling