Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan
ESTETIK NAZARIYALAR TURLARI
Download 24.69 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat estetikasi
ESTETIK NAZARIYALAR TURLARI
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin “san’at estetikasi” yonida yana boshqa “estetikalar” paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyatlar, estetik sohalar kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham bir amallab tiqishtirishimiz. Lekin tabiat estetikasini yoki sport estetikasini estetik faoliyat deb aytolmaymiz, estetik nazariya sohasi ham deyish mushkul. CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan voqelik. Estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning “katta-kichik” bo‘limlarini nazarda tutamiz. Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi 1. Ulardan qutilish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi - san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik nazariyalar tashkil etadi. Ular - tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha nazardan o‘tkazamiz. Tabiat estetikasi Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto “tabiatni qutqarish” degan so‘zlarni tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, “olamni o‘zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar. Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarining uyg‘unligidir. Biz esa tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz. Texnika estetikasi. Ko'rib o'tganimiz - tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda olisdan o'rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq esa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani - texnikaviy muhitni muntazam “insoniylashtirib” borish muammolarini o‘rganadi. Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa - go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. SHu o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “YAratilgan yaratganiga o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. CHunki tafakkur, vujud va axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. CHunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. “Tafakkur energiya shakli emas, - deydi akademik V.I.Vernadskiy. - Qanday qilib u moddiy jarayonlarni o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas”2. Nima bo‘lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli katta. Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida “xunuk buyum yaxshi sotilmaydi” degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik, mustahkamlik kabi texnologik mezonlar asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu na faqat insonparvarlik, balki texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. SHu bois texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi, ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi. Bu - mehnatning estetik tabiat kasb etishi va insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki ehtiyoj darajasida tushunishga olib keladi; texnik insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham o‘z ichiga oladi. Dizaynning zaruriyatga aylanishi na faqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy madaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. YA’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni “boriga baraka ” tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. Xulosa: Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, estetika hamma uchun ham zarur. Chunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga “o‘ynab kelgani” bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo‘lsangiz, G o'ri Amir maqbarasinig gumbazi, Registondagi madrasalar yonida qad ko‘targan minoralar, peshtoqlardagi ko‘hna arabiy yozuvlar sizda qiziqish uyg'otmaydi. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilm idan xabardor b o ‘lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go'zalligining ramzi ekanini, u “jamol” deb atalishini, minoralar — Tangri qudratining timsoli o‘laroq “jalol” deyilishini, peshtoqlardagi go'zal yozuvlar-oyatlar, Xudoning belgisi, “sifat” deb nom lanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchayadi. Zero, estetika orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. Shu sababli, fermerga yoki temir yo‘l ishchisiga, yoki tadbirkorga estetika haqida bosh qotirib o'tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir. Download 24.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling