Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan
Download 24.69 Kb.
|
9-mavzu
Ulug‘vorlik va tubanlik
Ulug‘vorlik qamrovlilik jihatidan go‘zallikdan keyingi eng yirik estetik xususiyat va tushuncha. U estetik xususiyat sifatida ham va salmoq bilan bog‘liq, ulkan qudrat hamda miqyosga ega narsa-hodisalarning bir qarashda ilg‘ib olib bo‘lmaydigan botiniy jihatlaridir. Tushuncha sifatida esa, u voqelikdagi ana shu ulkan qudrat va miqyosning estetik mohiyatini ta’riflashga, tushuntirishga xizmat qiladi. Ulug‘vorlik kundalik hayotda istisnoli voqelik tarzida ko‘zga tashlanadi, odatiy voqea- hodisalardan o‘zining favquloddagi bilan ajralib yuradi va kishida hayrat, quvonch, ayni paytda ichki bir qo‘rquv darhol anglab olinishi qiyin bo‘lgan sirli xavotir singari tuyg‘ularni uyg‘otadi. U ob’ektiv va sub’ektiv asosga ega. Bepoyon yulduzli osmon, vulqon, cheksiz dengiz va uning ulkan to‘lqinlari kabi tabiat hodisalari; Misr ehromlari, Minora kalon, Kyoln jamesi singari me’morlik san’ati yodgorliklari; fidoyilik, qahramonlik, mardlik va boshqa insoniy fazilatlar, buyuk tarixiy shaxslarning ijobiy faoliyati kabi jamiyatdagi voqeliklar ulug‘vorlikning ob’ektiv asoslari hisoblanadi. Uning sub’ektiv asosi favqulodda yoki odatiy tasavvurlaridan tashqaridagi voqea-hodisalarini estetik idrok etayotgan inson qalbining moyilligi bilan belgilanadi. SHu sababli ko‘pchilikni hayratga solgan narsa-hodisa yoki voqelik bazilarni hayratga solmasligi va aksincha bo‘lishi ham mumkin. Biz go‘zallikning asosida muhabbat yotadi dedik. Ulug‘vorlikning asosida esa qo‘rquv yotadi; muhabbat aloqani, muloqotni taqozo esa, ulug‘vorlik kishida xavf-xatardan o‘zini asrash hissini uyg'otadi. M., bahor paytida to'lib - toshib oqayotgan Sirdaryoga qirg'oqdan qarasangiz, hayratlanasiz, zavlanasiz, lekin ko‘prikka chiqib, uning panjarasidan egilib tikilsangiz mavjlanib, uyurim-uyurim bo‘lib oqayotgan tezob sizni xuddi o‘z qa’riga tortib oladigandek tuyuladi, sal boshingiz aylanganini his qilasiz, beixtiyor daryoga tushib ketish seskanib, qaddingizni tiklaysiz. Vulqon ham xuddi shunday, olisdan hayratlanarli, ulug‘vor, ammo uning yaqiniga borish - hayotingizni xavf ostiga qo‘yish demakdir. SHunday qilib, go‘zallik muhabbatga bog‘liqligini, muhabbat esa erkinlikni taqozo qilishni nazarda tutsak, ulug‘vorlik ulkan miqyos, hajm va zalvar orqali hayot uchun tug‘iladigan xavfdan chekinishga, ya’ni ma’lum ma’noda erkinlikning cheklanishiga olib keladi. Ana shu xavf-xatarni, qo‘rquvni engish uchun inson o‘zida ma’naviy qudrat topa olganida u ulug‘vorlikka erishadi,uni idrok eta biladi; SHiller o‘zining «Ulug‘vorlik to‘g‘risida» degan maqolasida aytganidek, ulug‘vorlik qoshida inson o‘zini jisman kichik his qilsa-da, axloqiy jihatdan yuksak mavjudot ekanini sezib turadi. Ayni paytda, shuni ham aytish kerakki ulug‘lik bilan ulug‘vorlikning farqi bor. «Kimki daxshatni enga olsa u ulug‘dir, kimki engilganda ham qo‘rquvni» bilmasa, u «ulug‘voiiikdir... Ulug' inson o'zini baxtda, ulug'vor inson esa faqat baxsizlikda namoyon qilishi mumkin» - deb yozadi SHiller13. M., Navoiy yoki Gyoteni biz ulug‘ insonlar deymiz ayni paytda ular baxtli insondur. Jangda mag‘lub bo‘lsa ham, o‘zidan baxt yuz o‘giiganiga qaramay, qo‘iquvni engib, o‘n tom chamasi balandlikdagi tikqiig‘oqdan dahshatli uyurimlari bilan ayqirib oqayotgan Sind daryosiga oti ustida sakrab, qahramonlik ko‘isatgan, hayotiga tahdid solib turgan xavf-xatarni vatanparvarlik ruhi-yuksak axloqiylik bilan enggan va keyinchalik Vatan yo‘lida halok bo‘lgan Jaloliddin Manguberdini esa ulug‘voi inson deymiz. Mana shunday o‘iinlaida ulug‘voilik boshqa bir estetik xususiyat - fojeaviylik bilan ulanib ketadi. Ulug‘vorlikning tabiatda va inson shaxsida muvjudligi bilan bir qatorda uning san’atda namoyon bo‘lishi ham diqqatga sazovor hodisa. U o‘zining har tomonlama ijodiy ifodasini aynan san’atda topadi, san’atning barcha tur, xil va ko‘rinishlari uchun asosiy tasvir ob’ektlaridan biri bo‘lib hizmat qiladi. Uning san’atda namoyon bo‘lishi, yuqoridagidek, axloqiylik va ijtimoiylik bilan shartlanadi. Badiiy asardagi ulug‘vorlik insoniyat va jamiyat taraqqiyotida ro‘y beradigan muhim voqealar, buyuk tarixiy shaxslar faoliyati, qahramonliklari, fidoyiliklari o‘quvchi, tinglovchi tuyg‘ularini uyg‘otadi. San’atdagi ulug‘vorlik, tabiatdagidan farqli o‘laroq mazmun va badiiy shakl vositasida ifodalanadi, bunda g‘oya hal qiluvchi rol o‘ynaudi. U me’morlikda alohida ahamiyat kasb etadi. Misr ehromlari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi me’morlik obidalari o‘zining salobati, ulug‘vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Siz ular qoshida, aytilganidek, o‘zingizni jisman kichik sezasiz, lekin, ayni paytda ma’naviy jihatdan ulardan yuksakligingizni his qilib turasiz: shu buyuk mahobatli estetik qadriyatlarni siz yaratgansiz, inson bunyod etgan, siz bu bilan fahrlanasiz, qalbingizni ulug‘vorlik hissi, fahrlanish tuyg‘usi qamrab oladi. Me’morlikda, xuddi tabiatdagidek, ulug‘vorlik o‘zining asl ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, lekin badiiy adabiyot, musiqa, teatr kabi ko‘pgina san’at turlarida ma’naviy-axloqiy evrilishni boshidan kechiradi va qahramonlik, jasorat, mardlik singari axloqiy fazilatlarga aylanadi. Natijada u ham estetik xususiyat, ham axloqiy fazilat sifatida ikki falsafiy fan- estetika va axloqshunoslik tomonidan tadqiq etiladi. M., Amir Temur, Fitrat, CHo‘lpon, To‘ychi Eriyigitov va boshqa milliy qahramonlar san’at asarida badiiy obrazlar tarzida biz uchun axloqiy hamda estetik idealga aylanadilar. YAna shuni aytish kerakki, ulug‘vorlik faqat hajm va miqyos bilan belgilanmaydi, unda albatta nafosat, go‘zallik unsurlari mavjud bo‘lishi, shuningdek, atrof-muhit bilan uzviy qo‘shilib, uyg‘unlashib ketishi lozim. Birinchi bobida misolimizni eslang: kimyoviy korxonaning mo‘rkoni nihoyatda ulkan, chiroyli g‘ishtlardan terilgan esa-da, bor-yo‘q balandligi 47, 5 metrli Minorai kalon kabi san’at asari, ulug‘vorlik timsoli bo‘lmaydi. SHunday qilib, ulug‘vorlik tabiatda viqor, haybat, jamiyatda buyuklik, san’atda qahramonlik sifatida o‘zini namoyon qilib, insonni olijanoblikka, yuksaklikka, buyuklikka undaydi, tabiat hodisalarini estetik anglash va baholash imkonini beradi, jamiyat, millat estetik tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ulug‘vorlikning ziddi bo‘lmish tubanlik inson, jamiyat, insoniyat hayotini real xavf ostida qoldiradigan salbiy hodisa. Uni boshqa salbiy hodisalar, chunonchi, xunuklik xususiyati bilan aylantirish yoki cheklashtirish mumkin emas. Agar xunuklik insonning intelektual va iroda kuchiga bo‘ysunishi mumkin bo‘lgan, insoniy imkoniyatlar doirasida shaklan yoki mazmunan ijobiy evrilish kasb eta oladigan, hayot uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydigan muvaqqat xususiyat ekanini nazarda tutsak, tubanlik inson jiloflay olmaydigan salbiy hodisa. Xunuklik jirkanch, hazar hissini tug‘dirsa, tubanlik qo‘rquv va dahshat uyg‘otadi, inson erkini yo‘qqa chiqaradi, unga halokatga mahkum etadi, yashash uchun nihoyatda cheklangan zo‘rg‘a ilg‘anadigan imkoniyat qoldiradi. SHu jihatdan u axloqiy illat bo'lish yovuzlik bilan hamohang-ijtimoiy - axloqiy ahamiyatga ham ega. Download 24.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling