Режалаштириш моделлари


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana25.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1722561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BOBONAZAROVA M.



See discussions, stats, and author profiles for this publication at: 
https://www.researchgate.net/publication/348817877
IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN FOYDALANISH
Article
· January 2021
CITATIONS
0
READS
8,274
1 author:
Nurmuxamad Duisenov
Chirchik state pedagogical Institute
188
PUBLICATIONS
311
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by 
Nurmuxamad Duisenov
on 27 January 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA 
INSTITUTI
 
ANIQ FANLAR 
FAKULTETI 
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
 
19/2-GURUH TALABASI
BOBONAZAROVA MOHIRANING 
INFORMATIKA FANIDAN
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU:IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN
 
FOYDALANISH 
 
BAJARDI: 
BOBONAZAROVA MOHIRANING 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Chirchiq - 2021 
 
KURS ISHI 



IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN
FOYDALANISH 
 
REJA 
 
KIRISH 
ASOSIY QISM 
 
1- 
§. EXCEL DASTURINING IQTISODIYOTGA DOIR 
FUNKSIYALARI 
1.1. EXCEL yordamida davriy to`lovlarni hisoblash 
1.2. O`zgarmas davriy to`lovlarni hisoblash 
1.3. Protsentlar bo`yicha to`lovlarni hisoblash. 
1.4. Qarz uchun protsentlar bo`yicha to`lov summalarini aniqlash 
1.5. Qarz bo`yicha asosiy to`lovlarni hisoblash. 
1.6. Qarz yuzasidagi asosiy to`lovlar yig’indisini hisoblash. 
1.7. Investitsiyalar aylanishi tezligini hisoblash 
1.8. Protsentlarning effektiv va nominal stavkalarini hisoblash 
1.9. Joriy baholarni aniqlash 
2- 
§. IQTISODIY MASALALARNI REJALASHTIRISH MODELLARI 
2.1. Umumuiy ma’lumotlar 
2.2. Vositalardan ratsional foydalanishni rejalashtirish va tahlil qilish 
2.3. Ishlab chiqarishni optimal rejalashtirishning umumiy masalasi 
2.4. CHiziqli programmalashning umumiy masalasi 



HULOSA 
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI



 
 
 
KIRISH 
 
 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov rahbarligida o`z siyosatida 
rivojlanishning ijtimoiy yo`naltirilganligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o`tishni eng ustivor yo`nalish deb tanladi. Bunda jahonda o`xshashi bo`lmagan 
rivojlanishning “O`zbek modeli” yo`li ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tarix 
uchun uncha katta bo`lmagan qisqa muddat ichida bu “O`zbek modeli” o`zining 
nechog’lik to`g’ri tanlanganligini va bugungi kunda natijalarini butun dunyoga 
ko`rsatib berdi. Bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti jahonda juda kamchilik 
davlatlarda kuzatilayotgan yuqori sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Bu yutuqlar 
qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining va Internet imkoniyatlari 
tatbiq etilayotgan sohalarning ham o`ziga yarasha ulushi bor. Bunda mazkur sohalar 
uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz va ustunliklar ancha qo`l kelmoqda. 
XX asr ikkinchi yarmiga kelib insoniyat ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarni 
qo`lga kirita boshladi. Bunday yutuqlarning eng muhimlaridan biri elektron 
hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga chiqish bo`ldi desak 
adashmagan bo`lamiz. CHunki bu sohadagi tadqiqotlar birinchidan, komp’yuter va 
axborot texnologiyalarning yangidan-yangi vakillarini ishlab chiqishga qaratilgan 
bo`lsa, ikkinchidan, bu sohadagi barcha yutuqlar nafaqat boshqa fanlarni, balki 
ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat, ma`rifat, ma`naviyat kabi barcha 
sohalarning rivojlanishida muxim vositalardan, ta`bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, 
asosiy xarakat mexanizmlaridan biriga aylanib ulgurdi. Uchinchidan, aholining 
turmush darajasining o`zgarishiga sabab bo`ldi. Bugunga kunga kelib insoniyat 
axborot omili va axborot tarqatishda misli ko`rilmagan natijalarga erishib kelmoqda. 
Global axborot tarmog’i deb hisoblanayotgan Internet o`rgimchak to`ri 



singari butun dunyo davlatlarini qamrab oldi va shu sababli hech kimni axborotsiz, 
axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo`q. 
Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida moddiy muhitning ob`ektlari asosiy 
mehnat predmetlari bo`lib kelgan. Davlatning qudrati esa, eng avvalo oltin zaxirasi, 
mehnat va tabiiy resurslari, xududi, joylashgan o`rni, aholi soni va shu kabilar bilan 
aniqlanadi. endi esa bu mezon o`z mohiyatini o`zgartirib bormoqda. 
Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: 
- birinchidan, inson tomonidan to`planayotgan bilimlar hajmi nihoyatda yuqori 
sur`atlar bilan ortib bormoqda. Masalan, XVIII asrlarda bu hajm har 50 yilda 
ikki marta oshgan bo`lsa, 1950 yilga kelib har 10 yilda, 1970 yilda har 5 yilda, 
hozirga kelib esa har 2 yilda ikki martaga oshib bormoqda (eslatib o`tamiz, bu 
ham muvaqqat) . 
- ikkinchidan, ushbu bilimlar manbasidan foydalanish samaradorligining 
o`sishi hamda inson faoliyati davomida qayta ishlanadigan axborot hajmining 
ortib borishi mehnat resurslarining moddiy ishlab chiqarishdan axborot 
muhitga qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Buni ayniqsa rivojlangan 
davlatlar misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Masalan, 1880 yilda 
AQSHdagi axborot muhitda ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning 5 % 
ini, 1900 yilda 10 % ni, 1946 yilda 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990 yilda 
esa 51 % ni tashkil etgan. Hozirda bu ko`rsatkich 60 % ni tashkil etmoqda . 
SHunday qilib, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda yangi 
- axborot resurslari tushunchasi ham sekin-asta etakchi o`rinlarni egallay boshladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda “axborot sanoatlashgan jamiyat”da “bilimlar iqtisodi”, 
”axborot sanoati” kabi tarmoqlar vujudga kelmoqda, axborot va axborot 
texnologiyalari ishlab chiqarish tarmog’i esa shiddatli rivojlanuvchi va eng 
daromadli tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. Agar sanoatlashgan jamiyatda 
kapital strategik resurs bo`lib hisoblansa, axborot-sanoatli jamiyatda resurs sifatida 
axborot, bilimlar va ijodiyotni ko`rishimiz mumkin. 
Ko`pgina rivojlangan davlatlar o`zlarining eksport-import siyosatlarini qayta 



ishlab chiqib, chetdan ko`proq zarur bo`lgan tabiiy resurslarni olib, tashqariga 
ko`proq g’oya, ilmiy texnikaviy bilimlarni va axborot texnologiyalarni sota 
boshladilar. Masalan, YAponiya, 1990 yillardan boshlab ko`proq mashinalar va 
qurilmalarni emas, balki yangi ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni, axborotlarni va 
axborot texnologiyalarni (“know-now”, ya`ni so`zma-so`z “bilaman, qandayligicha” 
ma`nosini anglatuvchi mahsulotlar va texnologiyalarni) chetga sota boshladi. 
Endilikda "Ogoh bo`lsang olam seniki" degan ibora tobora ommalashib 
bormoqda. Aynan mana shunday sharoitlarda axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish 
va qayta ishlash jarayonlariga nisbatan qo`yiladigan talablar tobora ortib va 
qat`iylashib bormoqda. CHunki, bu jarayonlarni amalga oshirishning sifati va 
tezkorligi ham mos ravishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib bormoqda. 
Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish yo`nalishlariga ko`ra, axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning 
samarali qo`llanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlarning 
samaradorligini oshirishga zamin yaratib, iqtisodiyotning turli jabhalarida mavjud 
tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit 
yaratadi va shu orqali aholi turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Bu 
haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb ta`kidlaydi: 
“Bugungi kunda hayotimizni komp’yuter texnikasi, axborot texnologiyalari, 
Internet, mobil’ telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi” . 
Bunday xolatda ta`lim muassasalari bitiruvchilarini zamonaviy hayotga 
faoliyatga tayyorlash uchun ta`lim tizimni qayta ko`rib chiqishni, o`qitishning zarur 
xollarda islohotlarni amalga oshirishni talab chiqadi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Barkamol avlod yili” Davlat 
dasturida ta`lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik 
texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali 
mamlakatimiz ta`lim tizimi sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining 
o`quv-laboratoriya bazasini, zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, 
komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, raqamli va keng formatli 



telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish 
zarurligi asosiy vazifalardan biri deb etib belgilangan. 
Ta`lim tizimida qo`llanilayotgan innovatsion texnologiyalaridan biri 
masofaviy ta`lim tizimi, bu axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga 
asoslangan ta`lim shaklidir. Masofadan o`qitish ta’lim jarayonida an`aviy o`qitish 
vositalari bilan birga innovatsion-komp’yuter texnikasi va telekomunikatsiyalarga 
asoslangan hamda ta`lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutug’lardan 
foydalaniladi. 
Masofaviy ta`lim tizimining elektron axborot muhiti mamlakatimiz ta`lim 
tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi: 
- ta`lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish; 
- aholining ta`lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish; 
- xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish; 
- ta`lim jarayoni ishtirokchilari o`rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi 
texnik vositalarning paydo bo`lishi va tez rivojlanishi; 
- ta`lim sohasida xalqaro integratsiyani o`stirish. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Zamonaviy 
axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora- 
tadbirlari to`g’risidagi” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-sonli Qarorining ijrosini 
ta`minlash borasida mamlakatimizda barcha tarmoqlar va sohalarda axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yangi yutuqlarni joriy etishga 
doir izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Axborot asri deb nom olgan 
XXI asrda hayotimizning hech bir lahzasini axborot - kommunikatsiya 
texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Zamon shiddatining o`zi bizni tezkorlik 
sari chorlamoqda. Bunda bizga zamonaviy texnika va texnologiyalar, Internet 
resurslari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qo`l keladi. 
Bugun bu masala davlat ahamiyati darajasiga chiqib ulgurdi. An`anaviy hukumatdan 
elektron hukumatga izchillik bilan, bosqichma-bosqich o`tib borar ekanmiz, say-
harkatlarimizning asosi sifatida Internet resurslari va imkoniyatlarini majburiy 



rekvizitlardan biri sifatida belgilash imkonini berdi. 



Globallashuv jarayonlari chuqurlashayotgan va milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi o`sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiyotning 
alohida olingan sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llanilishiga doir masalalar ustuvor 
ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlarning kengayishi va mazkur sanoatning 
salohiyatini 
amaliyotda 
to`laqonli 
qo`llash 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o`ynaydi va shu tarzda xususiy va 
davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini ta`minladi. 
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki 
muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma`lumot va 
axborotlar bilan to`la ta`minlanganligiga, hamda ushbu ma`lumotlardan qay 
darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib qolmoqda. 
Avvalo bir yechimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga 
(sohaga) aloqador bo`lgan juda ko`plab ma`lumotlarni to`plash, ularni qayta ishlash 
va tahlil qilish zarur bo`ladi. Ba`zan bunday ma`lumotlar miqdori shu qadar 
ko`payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar 
yordamisiz amalga oshirib bo`lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul 
qilish, qayta ishlash zarur bo`lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi 
sababli, ba`zan ularni guruhlar bo`yicha jamlash, maqsadli tarzda taqsimlash va 
ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda. 
Axborot hajmining bu qadar ko`payib ketishi hamda ma`lumotlar oqimining 
tezlashib borishining asosiy sabablaridan biri axborot texnika, texnologiyalarning 
rivojlanishi zamonaviy eng yangi texnologiyalarini qo`llash, ikkilamchi xom- 
ashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish, 
inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir. 
Bu esa, o`z navbatida, yuqori darajada axborotlashgan jamiyat bo`lishini talab etadi. 
Jamiyatning axborotlashuv atamasi - D.Benk va E.Masudolar tomonidan ilk 
bor qo`llanilgan bo`lib, bugungi kunda mavjud bo`lgan ziddiyatlardan xoli bo`lgan, 


10 
komp’yuterlar, informatika, elektronika bilan uyg’unlashib ketgan jamiyat 
ma`nosini anglatadi. Kengroq ma`noda olsak, axborotlashgan jamiyatda – 
jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib 
hisoblanadi. Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli 
sifatida axborotlarni tezkorlik bilan yig’ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va 
hodisalarni 
modellashtirish, 
ularni 
tahlil 
qilish 
imkonini 
beruvchi 
komp’yuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalari kirib kelishini 
anglatadi. Ana shunday texnologiyalardan biri – shak shubhasiz MICROSOFT 
EXCEL dasturi xisoblanadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling