Режалаштириш моделлари
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
BOBONAZAROVA M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
- INFORMATIKA FANIDAN
- IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN FOYDALANISH REJA KIRISH ASOSIY QISM
- HULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 4
See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/348817877 IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN FOYDALANISH Article · January 2021 CITATIONS 0 READS 8,274 1 author: Nurmuxamad Duisenov Chirchik state pedagogical Institute 188 PUBLICATIONS 311 CITATIONS SEE PROFILE All content following this page was uploaded by Nurmuxamad Duisenov on 27 January 2021. The user has requested enhancement of the downloaded file. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ANIQ FANLAR FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI 19/2-GURUH TALABASI BOBONAZAROVA MOHIRANING INFORMATIKA FANIDAN MAVZU:IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN FOYDALANISH BAJARDI: BOBONAZAROVA MOHIRANING Chirchiq - 2021 KURS ISHI 2 IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN FOYDALANISH REJA KIRISH ASOSIY QISM 1- §. EXCEL DASTURINING IQTISODIYOTGA DOIR FUNKSIYALARI 1.1. EXCEL yordamida davriy to`lovlarni hisoblash 1.2. O`zgarmas davriy to`lovlarni hisoblash 1.3. Protsentlar bo`yicha to`lovlarni hisoblash. 1.4. Qarz uchun protsentlar bo`yicha to`lov summalarini aniqlash 1.5. Qarz bo`yicha asosiy to`lovlarni hisoblash. 1.6. Qarz yuzasidagi asosiy to`lovlar yig’indisini hisoblash. 1.7. Investitsiyalar aylanishi tezligini hisoblash 1.8. Protsentlarning effektiv va nominal stavkalarini hisoblash 1.9. Joriy baholarni aniqlash 2- §. IQTISODIY MASALALARNI REJALASHTIRISH MODELLARI 2.1. Umumuiy ma’lumotlar 2.2. Vositalardan ratsional foydalanishni rejalashtirish va tahlil qilish 2.3. Ishlab chiqarishni optimal rejalashtirishning umumiy masalasi 2.4. CHiziqli programmalashning umumiy masalasi 3 HULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 4 KIRISH O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov rahbarligida o`z siyosatida rivojlanishning ijtimoiy yo`naltirilganligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tishni eng ustivor yo`nalish deb tanladi. Bunda jahonda o`xshashi bo`lmagan rivojlanishning “O`zbek modeli” yo`li ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tarix uchun uncha katta bo`lmagan qisqa muddat ichida bu “O`zbek modeli” o`zining nechog’lik to`g’ri tanlanganligini va bugungi kunda natijalarini butun dunyoga ko`rsatib berdi. Bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti jahonda juda kamchilik davlatlarda kuzatilayotgan yuqori sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Bu yutuqlar qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining va Internet imkoniyatlari tatbiq etilayotgan sohalarning ham o`ziga yarasha ulushi bor. Bunda mazkur sohalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz va ustunliklar ancha qo`l kelmoqda. XX asr ikkinchi yarmiga kelib insoniyat ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarni qo`lga kirita boshladi. Bunday yutuqlarning eng muhimlaridan biri elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga chiqish bo`ldi desak adashmagan bo`lamiz. CHunki bu sohadagi tadqiqotlar birinchidan, komp’yuter va axborot texnologiyalarning yangidan-yangi vakillarini ishlab chiqishga qaratilgan bo`lsa, ikkinchidan, bu sohadagi barcha yutuqlar nafaqat boshqa fanlarni, balki ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat, ma`rifat, ma`naviyat kabi barcha sohalarning rivojlanishida muxim vositalardan, ta`bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, asosiy xarakat mexanizmlaridan biriga aylanib ulgurdi. Uchinchidan, aholining turmush darajasining o`zgarishiga sabab bo`ldi. Bugunga kunga kelib insoniyat axborot omili va axborot tarqatishda misli ko`rilmagan natijalarga erishib kelmoqda. Global axborot tarmog’i deb hisoblanayotgan Internet o`rgimchak to`ri 5 singari butun dunyo davlatlarini qamrab oldi va shu sababli hech kimni axborotsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo`q. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida moddiy muhitning ob`ektlari asosiy mehnat predmetlari bo`lib kelgan. Davlatning qudrati esa, eng avvalo oltin zaxirasi, mehnat va tabiiy resurslari, xududi, joylashgan o`rni, aholi soni va shu kabilar bilan aniqlanadi. endi esa bu mezon o`z mohiyatini o`zgartirib bormoqda. Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: - birinchidan, inson tomonidan to`planayotgan bilimlar hajmi nihoyatda yuqori sur`atlar bilan ortib bormoqda. Masalan, XVIII asrlarda bu hajm har 50 yilda ikki marta oshgan bo`lsa, 1950 yilga kelib har 10 yilda, 1970 yilda har 5 yilda, hozirga kelib esa har 2 yilda ikki martaga oshib bormoqda (eslatib o`tamiz, bu ham muvaqqat) . - ikkinchidan, ushbu bilimlar manbasidan foydalanish samaradorligining o`sishi hamda inson faoliyati davomida qayta ishlanadigan axborot hajmining ortib borishi mehnat resurslarining moddiy ishlab chiqarishdan axborot muhitga qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Buni ayniqsa rivojlangan davlatlar misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Masalan, 1880 yilda AQSHdagi axborot muhitda ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning 5 % ini, 1900 yilda 10 % ni, 1946 yilda 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990 yilda esa 51 % ni tashkil etgan. Hozirda bu ko`rsatkich 60 % ni tashkil etmoqda . SHunday qilib, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda yangi - axborot resurslari tushunchasi ham sekin-asta etakchi o`rinlarni egallay boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda “axborot sanoatlashgan jamiyat”da “bilimlar iqtisodi”, ”axborot sanoati” kabi tarmoqlar vujudga kelmoqda, axborot va axborot texnologiyalari ishlab chiqarish tarmog’i esa shiddatli rivojlanuvchi va eng daromadli tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. Agar sanoatlashgan jamiyatda kapital strategik resurs bo`lib hisoblansa, axborot-sanoatli jamiyatda resurs sifatida axborot, bilimlar va ijodiyotni ko`rishimiz mumkin. Ko`pgina rivojlangan davlatlar o`zlarining eksport-import siyosatlarini qayta 6 ishlab chiqib, chetdan ko`proq zarur bo`lgan tabiiy resurslarni olib, tashqariga ko`proq g’oya, ilmiy texnikaviy bilimlarni va axborot texnologiyalarni sota boshladilar. Masalan, YAponiya, 1990 yillardan boshlab ko`proq mashinalar va qurilmalarni emas, balki yangi ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni, axborotlarni va axborot texnologiyalarni (“know-now”, ya`ni so`zma-so`z “bilaman, qandayligicha” ma`nosini anglatuvchi mahsulotlar va texnologiyalarni) chetga sota boshladi. Endilikda "Ogoh bo`lsang olam seniki" degan ibora tobora ommalashib bormoqda. Aynan mana shunday sharoitlarda axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash jarayonlariga nisbatan qo`yiladigan talablar tobora ortib va qat`iylashib bormoqda. CHunki, bu jarayonlarni amalga oshirishning sifati va tezkorligi ham mos ravishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib bormoqda. Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish yo`nalishlariga ko`ra, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning samarali qo`llanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirishga zamin yaratib, iqtisodiyotning turli jabhalarida mavjud tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit yaratadi va shu orqali aholi turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb ta`kidlaydi: “Bugungi kunda hayotimizni komp’yuter texnikasi, axborot texnologiyalari, Internet, mobil’ telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi” . Bunday xolatda ta`lim muassasalari bitiruvchilarini zamonaviy hayotga faoliyatga tayyorlash uchun ta`lim tizimni qayta ko`rib chiqishni, o`qitishning zarur xollarda islohotlarni amalga oshirishni talab chiqadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ta`lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz ta`lim tizimi sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini, zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, raqamli va keng formatli 7 telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish zarurligi asosiy vazifalardan biri deb etib belgilangan. Ta`lim tizimida qo`llanilayotgan innovatsion texnologiyalaridan biri masofaviy ta`lim tizimi, bu axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta`lim shaklidir. Masofadan o`qitish ta’lim jarayonida an`aviy o`qitish vositalari bilan birga innovatsion-komp’yuter texnikasi va telekomunikatsiyalarga asoslangan hamda ta`lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutug’lardan foydalaniladi. Masofaviy ta`lim tizimining elektron axborot muhiti mamlakatimiz ta`lim tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi: - ta`lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish; - aholining ta`lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish; - xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish; - ta`lim jarayoni ishtirokchilari o`rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi texnik vositalarning paydo bo`lishi va tez rivojlanishi; - ta`lim sohasida xalqaro integratsiyani o`stirish. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora- tadbirlari to`g’risidagi” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-sonli Qarorining ijrosini ta`minlash borasida mamlakatimizda barcha tarmoqlar va sohalarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yangi yutuqlarni joriy etishga doir izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Axborot asri deb nom olgan XXI asrda hayotimizning hech bir lahzasini axborot - kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Zamon shiddatining o`zi bizni tezkorlik sari chorlamoqda. Bunda bizga zamonaviy texnika va texnologiyalar, Internet resurslari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qo`l keladi. Bugun bu masala davlat ahamiyati darajasiga chiqib ulgurdi. An`anaviy hukumatdan elektron hukumatga izchillik bilan, bosqichma-bosqich o`tib borar ekanmiz, say- harkatlarimizning asosi sifatida Internet resurslari va imkoniyatlarini majburiy 8 rekvizitlardan biri sifatida belgilash imkonini berdi. 9 Globallashuv jarayonlari chuqurlashayotgan va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi o`sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiyotning alohida olingan sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llanilishiga doir masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlarning kengayishi va mazkur sanoatning salohiyatini amaliyotda to`laqonli qo`llash milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o`ynaydi va shu tarzda xususiy va davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini ta`minladi. Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma`lumot va axborotlar bilan to`la ta`minlanganligiga, hamda ushbu ma`lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib qolmoqda. Avvalo bir yechimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo`lgan juda ko`plab ma`lumotlarni to`plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo`ladi. Ba`zan bunday ma`lumotlar miqdori shu qadar ko`payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo`lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish, qayta ishlash zarur bo`lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba`zan ularni guruhlar bo`yicha jamlash, maqsadli tarzda taqsimlash va ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda. Axborot hajmining bu qadar ko`payib ketishi hamda ma`lumotlar oqimining tezlashib borishining asosiy sabablaridan biri axborot texnika, texnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy eng yangi texnologiyalarini qo`llash, ikkilamchi xom- ashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish, inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir. Bu esa, o`z navbatida, yuqori darajada axborotlashgan jamiyat bo`lishini talab etadi. Jamiyatning axborotlashuv atamasi - D.Benk va E.Masudolar tomonidan ilk bor qo`llanilgan bo`lib, bugungi kunda mavjud bo`lgan ziddiyatlardan xoli bo`lgan, 10 komp’yuterlar, informatika, elektronika bilan uyg’unlashib ketgan jamiyat ma`nosini anglatadi. Kengroq ma`noda olsak, axborotlashgan jamiyatda – jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida axborotlarni tezkorlik bilan yig’ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni tahlil qilish imkonini beruvchi komp’yuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalari kirib kelishini anglatadi. Ana shunday texnologiyalardan biri – shak shubhasiz MICROSOFT EXCEL dasturi xisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling