Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar reja
Download 46.58 Kb.
|
22.12.22 maruza
2 Oshirilgan, yuqori va o’ta yuqori aniqlikdagi dastgohlardan foydalanish va ularni ta’mirlash
Bu guruhdagi dastgohlarning aniqligi ulardan to’g’ri foydalanish va ta’mirlash sifatiga bo’g’liq. Foydalanish jarayonida quyidagilarga rioya qilish kerak: 1) presizion dastgohlarda malakasi yuqori, dastgoh konstruksiyasini mukammal biladigan va maxsus imtihonlarni topshirgan ishchilargina ishlashga qo’yiladi; 2) moylash uchun olingan moylar dastgoh pasportida ko’rsatilgan moylarga mos kelishi, har bitta dastgohni moylash xaritasi mavjud bo’lishi, moylash aniq jadval bo’yicha o’tkazilishi kerak, moy filtrlangan bo’lib, alohida toza va yopiq idishga saqlanishi, moydan foydalanish faqat labaratoriya analizidan so’ng amalga oshirilishi kerak; 3) aniqligi yuqori dastgohlarda faqat toza ishlov berish opertatsiyalarini bajarish mumkin; 4) ishlov beriladigan detal o’g’irligi dastgoh pasportida ko’rsatilganidan yuqori bo’lmasligi kerak; 5) yuqori va o’ta yuqori aniqlikdagi dastgohlar harorati (2001), havo namligi doimiy bo’lgan binolarda va boshqa dastgohlarning tebranma ta’sirlarini o’tkazmaydigan poydevorlarga o’rnatilishi kerak; 6) dastgohni tozalashda siqilgan havo va paxta ishlatish man etiladi; 7) dastgohni aniqlikka tekshirish tizimli va maxsus grafik bo’yicha amalga oshirilishi kerak; 8) dastgohlarni ishlamaydigan paytda changdan himoya qilish uchun jild bilan yopish tavsiya etiladi. Presizion dastgohlarni ta’mirlash qat’iy bir grafik bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Bunday dastgohlarni ta’mirlashga quyidagi maxsus talablar qo’yiladi: 1. Ta’mirlash davomida dastgohning aniqligiga ta’sir etuvchi qismlarni (shpindel, vint kesish guruhi), zarurati bo’lmaganda butunlay parchalash tavsiya etilmaydi. 2. Presizion dastgohni o’rta yoki kapital ta’mirlashdan oldin hamma texnik hujjatlar tayyorlanishi zarur, asosiy e’tiborni almashtiriladigan eng masulyatli va aniq detallarga, masalan: shpindel, podshipniklar, vintlar va h.k qaratish kerak. 3. Presizion dastgoh alohida qismlarga ajratilganda uzel va detallar stollarda va maxsus stellajda saqlanishi kerak. 4. Presizion dastgohlarning optic uskunalarini ta’mirlash maxsus mutaxasis tomonidan tekshirish labaratoriya sharoitida bajariladi. 5. Presizion dastgohlarni o’rta va kapital ta’mirlash ishlarini sex boshlig’i rahbarligidagi yuqori malakali chilangarlar brigadasi yoki ta’mirlash zavodlarining maxsus brigadalari bajaradi. 6. Presizion dastgoh detallari va uzellarini aniqlikka tekshirish, umuman OTK tomonidan, tekshirish labaratoriyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Download 46.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling