REJA: 1) Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha va ularga oid hujjatlar 2) Buyruqlarning tayyorlanishi va ularning turlari 3) Farmoyish va ko’rsatma haqida tushuncha. - Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining axamiyati kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to’liq foydalanadi.
- Tashkiliy hujjatlarga nizom, ustav, majlis bayoni, shartnoma kiradi.
- Nizom bu korxona yoki uning tarkibiy bo’linmalarining tuzilishi, xuquqi vazifalari, burchlari, ishni qanday tashkil qilish tarkibini belgilaydigan xuquqiy hujjatdir. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlarga (ko’riq, musobaqa va boshqalarga nisbatan xam tuzilishi mumkin) ko’pincha nizom korxonalarni ta’sis etish va tashkil topish paytida tuziladi va Yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Korxonalarning tarkibiy qismlari ularning raxbarlari tomonidan tuziladi va korxona raxbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxati (viza) qo’yish bilan kuchga kiradi.
- Yo‘riqnoma bu qonun yoki boshqa normativ, xuquqiy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan xuquqiy hujjatdir. Korxona mansabdor shaxs va fuqarolarninig tashkiliy, ilmiy, texnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o’rnatish maqsadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, yoki rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
USTAV VA NIZOM O‘RTASIDA QANDAY FARQ BOR? Javob: – Ustav – xo‘jalik yurituvchi sub’yektning tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishi, funksiyasi, huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi lokal huquqiy hujjatdir. Ustav yuridik shaxslarning ta’sis hujjati hisoblanadi. Eng qiziq tomoni, Nizom ham ayrim yuridik shaxslar uchun xuddi ustav kabi ta’sis hujjati vazifasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasida shunday qoida mavjud: yuridik shaxs USTAV asosida yoki ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi; Demak, ta’sis hujjatlari sifatida: ➖ tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar (masalan, MCHJ, AJ, xususiy korxona, unitar korxona kabilar)da USTAV; ➖ qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi hisoblanmagan tashkilotlarda (masalan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, muassasalar kabilarda) odatda NIZOM bo‘ladi. - Yo’riqnoma matni bo’limlardan tarkib topadi. Bo’limlar modda va bandlarga bo’linishi mumkin, yo’riqnoma odatda “Umumiy qoida” deb ham yuritiladi, unda yo’riqnomaning maqsadi ochib beriladi, rioya qilish qoidasi, farmoyish tarkibi va umumiy boshqa masalalar ko’riladi. Matnning asosiy qismi aniq ko’rsatma beruvchi xususiyatga ega bo’ladi, bunda "lozim", "kerak", "zarur", "yo’l qo’yilmaydi", "mumkin emas" kabi so’zlar qo’llaniladi.
- Yo’riqnomalar ichida xodimning lavozim yo’riqnomasi aloxida o’rin egallaydi. Unda umumiy qism xodimning vazifalari, burchlari, xuquqlari,
- boshqa xodimlar bilan munosabatlari ishni baxolash mezoni va xodim mas’uliyati ko’rsatiladi. Lavozim yo’riqnomasini xodimning bevosita raxbari ishlab chiqadi, so’ngra bo’lim mudiri yoki korxona raxbari tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |