- Farmoyish hujjatlar raxbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir, farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko’rsatma kiradi. Buyruq doimiy ravishda shaxsan raxbar tomonidan tayyorlanadi, ko’rsatma va farmoyishlar raxbar muovinlari tomonidan beriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo’lib ularga:
- Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ularda, odatda, Yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanadi. mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
- Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chiqqan joyning nomi, sarlavxasi, buyruq matni, raxbar yoki o’rinbosar imzosi va xokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdai, bosh harflar bilan yoziladigan "BUYURAMAN" so’zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatish mumkin.
- Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavxa quyiladi.
- Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa xavola qilinadi. Ayrim xollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida xam ko’rsatiladi.
- Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xuquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomomlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |