Soha iqtisodiyoti va menejmenti mavzu: Korxonaning mehnat resurslari
Download 1.62 Mb.
|
мустакил иш-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobiliyati ish kuchini tovar holiga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi
- Mehnat resurslarini tarkibi va tuzilishi
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTIMavzu: Korxonaning mehnat resurslariReja:Mehnat resurslarini tasniflash 1 Mehnat resurslarini tarkibi va tuzilishi 2 Mehnat unumdorligi 3 Mehnat resurslarini tasniflashZamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatga ega. Kadrlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi uch asosiy omilning asosiysi hisoblanadi.Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rivoylantirishni amalga oshiradilar.Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Salohiyat (potensial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, imkoniyat, kuch-quvvat ma’nosini anglatadi. Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy - malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ish kuchini tavsiflaydi.Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobiliyati ish kuchini tovar holiga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:1. O‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat yaratadi; 2. Uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas; 3. Asosiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi ish kuchiga bog’liq. Ish kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Mehnat resurslarini tarkibi va tuzilishiKorxona xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:Sanoat ishlab chiqarish personali (SIChP) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari, hisoblash markazi xodimlari; Noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklarda, sog’liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar; Rahbarlar - direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal (MTP); Xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g’aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va h.k.). Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va tahlil qilinadi: 1. Ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha aylanish koeffitsienti (Kqq ): 2. Ishdan ketish bo‘yicha aylanish koeffitsienti ( Ki.k ) 3. Kadrlaroqimikoeffitsienti ( Kk.o ) 4. Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsienti ( Kp.d.t ) Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling