Soha iqtisodiyoti va menejmenti mavzu: Korxonaning mehnat resurslari
Download 1.62 Mb.
|
мустакил иш-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat unumdorligi
Mehnat unumdorligi
Xo`jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo`yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o`lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig`imi ko`rsatkichlari yordamida baholash mumkin. Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko`pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. bu yerda M(u) - mehnat unumdorligi; Q - mahsulot hajmi qiymat ko`rinishida; I(s) - ishchilar soni. Mehnat sig’imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati Korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.Ish kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish; 2.Xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish; 3.Kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog’onaga ko‘tarish; 4.Yollash shartlari, mehnat va unga haq to‘lash sharoitlari; 5.Mehnat jamoasida qulay ruhiy muhitni yaratish. Kadrlar siyosati birinchi o‘rinda insonni ishlab chiqarish va turmushdagi yangi axloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga manfaatdorligini rivoylantirishi lozim. Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda faqat ichki vazifava muammolarni hal qilishdan tashqari, bandlik sohasida davlat siyosatiga tayanadi va quyidagilarni ko‘zda tutadi: Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati 1.Fuqarolarning mehnat huquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash; 2.Fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivoylantirishga bandlik sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bilan uyg’unlashtirish orqali ko‘maklashish; 3.Mehnat faoliyati davrida va nafaqaga chiqqandan so‘ng ham xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash; 4.Aholi bandligi muammolarini yechishda, qo‘shma korxonalar tuzish va ishlab chiqarish bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan xalqaro hamkorlik yuritish va boshqalar. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish Ish haqi – har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir. Ish haqining nominal va real turlari mavjud: Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling