II – bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmida materiya muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatida tahlil qilingan. O‘sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Ba'zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ).
III – bosqich XVIII-XIX asrlarda materiya inson sezgi a'zolari orqali idrok etishga qodir bo‘lgan ob'ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar tamonidan aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi va u materiyaning eng muhimbelgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |