Reje marketing strategiya
Download 64.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqBZ.2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. KORXONANING TASHKILIY-REJAVIY SHAKLI
4. MARKETING STRATEGIYA A) Maxsulot yoki xizmatlarni ichki va tashqi bozorda taqsimlash va o’tkazish yuzasidan ko’zda tutilayotgan tizim; V) Realizatsiya bahosi va baho quyish strukturasi; S) Reklamaga doir zarur chora-tadbirlar , ko’zda tutilayotgan reklama vositalari va reklamaga qilinadigan sarf-xarajatlar strukturasi; D) Molni o’tkazish , sotishga yordam beradigan chora-tadbirlar -pablik releyshnz , xaridorlarga qo’shimcha imtiyozlar, sotuvdan keyin ko’rsatiladigan xizmatlar va boshqalar. 5.ISHLAB CHIQARISH DASTURI: A) Qaerda maxsulot ishlab chiqariladi yoki xizmat ko’rsatiladi; V) Yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratish kerakli yoki ishlab turgan korxonadan foydalanish mumkinmi; S) Rejalashtirilayotgan korxonada eng maqul keladigan ishlab chiqarish xajmi qanaqa; D) Maqul quvvatga erishish uchun qanaqa investitsiyalar zarur; E) Korxona xom-ashyo , bog’lovchi qismlar , boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday ta’minlanadi; F) Texnologiya va asbob-uskunalardan qanday foydalaniladi; G) Korxona boshqa korxonalar bilan birgalikda ishlaydimi. 6. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH d) Rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy sxemasi qanday bo’ladi; V) Korxona kadrlar bilan qanchalik ta’minlangan , ishlab turgan mutaxassislarning ro’yxati malakasi va ish tajribasi; S) Xar xil toyifaga ega bo’lgan xodimlar mexnatiga qay darajada , qanday shaklda xaq to’lanadi , jumladan ularga qanday mahsus imtiyozlar beriladi; D) Korxonaning texnologik sxemasi qanday bo’ladi.
7. KORXONANING TASHKILIY-REJAVIY SHAKLI: A) Rejalashtirilayotgan korxonaning xuquqiy mavqei , mulkining shakli qanaqa ( shirkat, aktsionerlik jamiyati, kooperativ, ijara korxonasi , qo’shma korxona va xokazo ) V) Bo’lg’usi investor korxonada qanday xuquqlarga ega bo’ladi ( boshqarishda ishtirok etishi , aktsiyalar nazorat paketiga egalik qilishi , oddiy aktsioner bo’lishi ) , korxonaning xomiysi yoki endi aniq bo’lib qolgan investori kim ( davlat idorasi yoki kontsern , bank , xususiy korxonalar va boshqalar ) S) Mavjud xomiy yoki investorlar qanday xuquqlarga ega bo’ladi ( boshqarish , moliyaviy nazorat) D) Mazkur shakldagi mulkka ega bo’lgan korxona qanday yuridik xuquqlarga ega ( korxonaning xuquqiy mavqeini tartibga soluvchi qonun -qoidalardan qisqacha ko’chirma beriladi ) , bo’lg’usi investor o’ziga taklif etilayotgan xuquqlar ( birgalikda egalik miylik , aktsioner xuquqi ) ni qo’lga kiritish uchun u qanday yuridik aktlarni bajo keltirish maqsadga muvofiq va bu narsa milliy va maxalliy qonun larga ko’ra qanday xuquqiy javobgarlikni zimmaga yuklaydi. 8. Moliyaviy reja: A) Korxonani barpo etish uchun umumiy investitsiya xajmi qancha bo’lishi zarur; V) Mablag’ bilan ta’minlash manbalari qanaqa ( zayomlar chiqarish , aktsiyalar sotish , bank kreditini olish , korxona ochadigan shaxslarning o’z mablag’lari ); S) Mablag’ bilan ta’minlash strukturalari valyutalarning manbalari va turlari bo’yicha qanday bo’lishi kerak; D) Uzoq muddatli investitsiyalar va aylanma sarmoyalarga bo’lgan extiyojni qondirish uchun moliyaviy mablag’lar qanday shartlar bilan jalb etiladi. 9. LOYIXANING RENTABELLIGI: A) Korxonani barpo etishga qilinadigan investitsion xarajatlarning turlari va umumi maxsulot birligi xisobga olinadi, ya’ni qancha va qanaqa (asosiy va aylanma sarmoyaga, infrastrukturaga beriladigan investitsiyalar va xokazo ); V) Rejalashtirilayotgan korxonani ishga tushirish va maxsulot yoki xizmatlarni o’tkazish ishlarini tashkil etish qanchaga tushadi; S) Maxsulot yoki xizmatlarni realizatsiya qilishdan tushadigan umumiy daromadlar kancha bo’lishi mumkin; D) Rejalashtirilayotgan korxona qanday soliqlarni to’lashi kerak; E) Zayom mablag’larini qay muddatlarda va qanaqa xajmlarda qaytarish rejalashtirilmoqda; F) Ushbu korxonaning umumiy foydasi umuman qancha bo’lishi mumkin , uning me’yori. Biznes-rejaning bo’limlarida beriladigan axborot bo’lg’usi investorni qiziqtirish uchun zarur bo’ladiyu , lyokin , ayniqsa so’z ancha yirik investitsiyalar ustida borayotgan bo’lsa. investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish uchun zarur bo’lmaydi , mutlaqo . Bunday qarorga kelish uchun investitsiyadan oldin ancha asoslangan tadqiqotlar o’tkazish zarur bo’ladi. Takrorlash uchun savollar 1. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish deganda nimani tushunasiz? 2. Rejalashtirishning qanday elementlarini bilasiz? 3. Rejalashtirish jarayoni qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi? 4. Rejalashtirishning qanday yo’llarini bilasiz? 5. Biznes- rejani moxiyati va mazmuni nimadan iborat? 6. Biznes- reja qanday tayyorlanadi va undan qanday foydalanish mumkin? 7. Biznes- rejaning asosiy bo’limlarini mazmuni nimadan iborat? Mavzuga oid tayanch iboralar: Resurslar, strategik rejalashtirish, bashorat qilish, byudjet, byudjetni tuizish, strategik muammolar, optimal variant, assortiment, mahsullot bozori, kapital xarajatlari byudjeti, joriy operatsiyalar byudjeti, biznes-reja. Rivojlanish kontseptsiyasi, investitsion dastur, aktsionerlar, kreditorlar, firma imidji, firmaning tovar belgisi, rezyume, loyixa, marketing strategiyasi. Download 64.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling