Reklama psixologik tadqiqotlar obyekti sifatida


Download 22.14 Kb.
bet2/3
Sana26.09.2023
Hajmi22.14 Kb.
#1688349
1   2   3
Bog'liq
reklama psixologiyasi

D.Mamajonova tadqiqotlari davomida yoshlarning reklamani idrok qilish xususiyatlarini o’rganib, bu borada aniq yoshga oid qonuniyatlar borligi, lekin ular ma’lum jins xususiyatlaridan kelib chiqishini isbotlagan. O’spirinlik yoshidagi qizlar o’zlarining kattaroq yoshli opalaridan farqli, ko’proq ochiq, muloqatmandliklari bois, turli xil reklamani birday ijobiy idroq qilishlari, bunda tengqurlari yigitlardan keskin farq qilishlarini namoyon etdilar. Zamonaviy yigitlarda esa, hanuz otalariga xos bo’lgan reklamaga nisbatan skeptik munosabat ustuvorki, ular reklama mahsulotlariga ko’proq tanqidiy munosabat bildiradilar.
Katta yoshli respondentlarga salomatliklariga aloqador bo’lgan reklama, sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi materiallar, oila va uning atrofidagi mavzular, umuman oila davrasida reklama qilingan mahsulotlar ko’proq yoqadi. Ayollarga ayniqsa, odamlar o’rtasidagi samimiy munosabatlarni aks ettiruvchi reklama roliklari taassurot qoldiradi.
Ushbu muammoning milliy-hududiy jihatlarini aniqlash maqsadida D.Mamajonovaiii Qirg’iziston va O’zbekiston yoshlarining turli reklama vositalarini idrok qilishlaridagi umumiy va farq qiluvchi jihatlariga ham e’tibor qaratgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi bozor munosabatlari rivojlangan bir paytda ikki qardosh xalq vakillari bo’lmish yoshlarning qarashlarida keskin farqni aniqlashning imkoni bo’lmadi, lekin asriy udumlar, turmush tarzi va milliy an’analar muayyan ma’noda farqlar bo’lishini tasdiqladi. Bu farqlar masalan, reklamaning daromad manbai sifatidagi holatiga bog’liqligi aniqlandi, o’zbekistonlik tengqurlardan farqli, qirg’iz yoshlari uchun reklama faqat daromad manbaidir. Agar ular uchun reklama beruvchilar uchun uning daromad manbai ekanligi muhim bo’lsa, o’zbekistonlik yoshlar uchun iste’molchi uchun ham reklamaning daromadli ahamiyati katta. Chunki bunda iste’molchi ortiqcha mablag’, vaqt sarflamasdan, yangi ishlab chiqarilgan mahsulot haqida ma’lumot oladi. Bundan tashqari, ularning fikricha, reklama aholining yashash tarzi, madaniyatiga xolis ta’sir qiladi.
Shunday qilib, reklama butun dunyoni egallagan faoliyat turi bo’lishiga qaramay, uni idrok etishda turli madaniy muhitlarning o’ziga xosligi inobatga olinishi shart ekanligi tadqiqotimizda ma’lum bo’ldi. Bu har bir hudud va davlat o’z madaniyati, asriy an’analarini, yoshlarining dunyoqarashini hisobga olib, o’z milliy reklamasini ishlab chiqargani ma’qul, degan xulosa uchun asos beradi.



iAbdusattorova O.A. Oila muhitida o’smirlarda shakllanadigan jinsiy identifikasiyaning gender xususiyatlari: psixol. fan. nom. ... dis.– T.: Respublika “Oila” IAM, 2007. – 145 b.

iiKarimova L. Sosialnaya psixologiya i reklama: Uchebnoye posobiye dlya vuzov. / Pod red. V.M.Karimovoy. – T.: Izdatelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im. G.Gulyama, 2004. – 120 s.

iiiMamajonova D. Reklamani idrok qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari / Ta’lim menejmenti. – 2007. – № 3.



Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling