Reklama va amaliy grafika


Download 82.7 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1594398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
dIPLOM

Mavzuning dolzarbligi. . Ushbu malakaviy diplom ishi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, mustaqillik yillarida O'zbekistonda fotografiya san'ati yuksak badiiy darajaga yetganiga qaramasdan, hozirgi kunga qadar bunday san'at va iqtidorli fotosuratchilarning ijodi o'rganilmagan. Ushbu turdagi san'at haqida ma'lumot manbalarining yo'qligi ushbu yo'nalish vakillarining ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda O’zbekistonda musiqa san’atini ham rivojlantirish ayniqsa sinfonik orkestrini keng targ’ib qilish yoshlarda haqiqiy san’atga bo’lgan muhabbatni uyg’otish ularning estetik madaniyatini oshirish ko’zda tutiladi. O’zbekistondagi simfonik orkestrini betakoror ekanligi ularning ijro etayotgan musiqalari haqiqiqy san’at asari ekanligini hissobga olib, bu go’zal ohangni foto lavhalarga joylash insonlarga bu go’zallikni ko’rishlariga yordam berish va targ’ib qilishdan iborat.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishida talabalar maxsus foto tasvirga olishning eng zamonaviy texnologiyalari va usullari, bunda foydalaniladigan asbob-uskuna va apparaturalar, ularning tuzilishi va qо‘llanilishi bilan yaqindan tanishadilar. Qolaversa, ular badiiy, xujjatli, ilmiy-ommabop fotografiyada mavjud tasviriy imkoniyatlardan ham xabardor bо‘ladilar. Yuqori darajadagi did va badiiy tafakkurni shakllantirish, ularda shakillangan tо‘g‘ri bо‘lgan ekspozitsiyani aniqlash kо‘nikmalarini shakllantirish, tasviriy-badiiy jihatdan mukammal obraz yarata olish qobiliyatini vujudga keltirish, olingan fototasvirni sharxlay olishni о‘rgatish va mazkur predmet bо‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish, fototasvirni tahlil etish jarayonida doirasidagi nazariy bilimlardan oqilona foydalana olishlikni о‘rgatish borasida bilimlarni mustahkamlash va yuqori darajadagi did va badiiy tafakkurga ega bo`lgan fotolar yarata olish, ularni foto tasvirga olishning eng zamonaviy texnologiyalari va usullari, bunda foydalaniladigan asbob-uskuna va apparaturalar, ularning tuzilishi va qо‘llanilishi bilan ham yaqindan tanishtirish. Ilmiy ishni amalga oshirishdan maqsad, foto san`atini rivojlantirish va faoliyatini boshqarishni takomillashtirishdan iborat.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
- O‘zbekistonda foto san`atini rivojlantirishning tarixiy jarayonlarini nazariy jihatdan asoslash;
- Respublikada foto san`atini sohasidagi iqtisodiy va huquqiy islohotlar ta’sirini yoritib berish;
- O‘zbekistonda foto san`atini faoliyatini tashkil etish holatini o‘rganish;
- Foto san`atini sohasini boshqarishning ustivor jihatlari va uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatib berishdan iborat. Fotografiya turi haqida ma’lumot berish, jamoa orasida keng ommalashtirish, yoshlar orasida foto turiga bo’lgan ishtiyoqni oshirish mavzuning asosiy maqsad va vazifasi sanaladi.

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling