Рекомендательное письмо


Korxonani tugatish tartibi


Download 0.6 Mb.
bet13/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

5. Korxonani tugatish tartibi.
Bankrotlik (italyancha banco – asos, banc va rotta – singan) – qarzdor tomonidan kreditorlarning pul majburiyatlarini va to`lov majburiyatlarini ta`minlay olmasligi e`lon qilingan va bu xo`jalik sudi tomonidan tan olingan korxonaning to`lovga qobilyatsizligidir. Pul majburiyatlariga qarzdorning kreditorlarga to`lashlari lozim bo`lgan pul mablag`lari tushunilsa, majburiy to`lovlarga esa byudjet va shunga tenglashtirilgan boshqa to`lovlar tushuniladi.
Korxonaning moliyaviy qobilyatini baholash va bankrotlik darajasini aniqlash uchun quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:

  1. Joriy likvidlik koeffisientini aniqlash, u quyidagicha aniqlanadi;


bu erda, - oborot aktivlari,
- qisqa muddatli qarzlar.
Joriy likvidlik koeffisienti – korxona qisqa muddatli majburiyatlarning umumiy oborot mablag`lari bilan qoplanishini ifodalaydigan moliyaviy ko`rsatkich hisoblanadi. Bu ko`rsatkich oborot mablag`larining (zahira ko`rinishidagi – xom-ashyo va materiallar, arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar, tugallanmagan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, tayyor mahsulotlar, jo`natilgan tovarlar, kelgusi davr xarajatlari; yaratilgan boyliklarga to`g`ri keladigan qo`shimcha qiymat solig`i; qisqa muddatli moliyaviy qarzlar; debitorlik qarzlari, pul mablag`lari va boshqa aylanma mablag`lar) korxonaning bankdagi qisqa muddatli kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, kreditorlik qarzlari, dividentlar bo`yicha hisob-kitoblar, iste`mol fondi va boshqa qisqa muddatli passivlar ko`rinishidagi zaruriy majburiyatlariga nisbatidir.

  1. O`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik koeffisienti – korxonaning moliyaviy quvvatliligini qo`llab-quvvatlash uchun zarur bo`lgan o`z aylanma mablag`larini tafsiflaydigan moliyaviy ko`rsatkichdir. Bu ko`rsatkich quyidagicha aniqlanadi:

,
bu erda, - kapital va zahiralar,
- oborotdan tashqari aktivlar,
- oborot aktivlari.
Korxonani faoliyatini to`xtatish asosan uning bankrotlik belgilari va ulardan qutulish chora-tadbirlarining natijalariga qarab amlga oshiriladi. Bankrotlikka olib kelishi mumkin bo`lgan omillarni ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga tashqi omillar deb ataladigan omillarni kiritish mumkin va ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • demografik holat, bu odatda aholining soni va tarkibini ifodalaydi;

  • siyosiy barqarorlik, bu to`g`ridan-to`gri makroiqtisodiyotning umumiy holatiga ta`sir ko`rsatadi;

  • iqtisodiy holat, bu soliq, bojxona, kredit va moliya siyosatlari orqali ifodalanadi;

  • madaniyat darajasi ( iste`mol normasi va urflari, boshqalari bilan solishtirilganda bazi tovarlarning ustun va past qo`yilishi va boshqalar);

  • ITT, bu asosan alohida korxonalar, hududlar va tarmoqni rivojlanish yo`nalishini aniqlab beradi.

Ichki omillarga esa quyidagilar kiradi:

O`z navbatida bu guruhlarni yana bir nechta aniq omillarga bo`lish mumkin. Korxona faoliyatini bankrotlikka yaqinligi va bankrotligi ma`lum bo`lsa uning faoliyati to`xtatiladi. Korxona faoliyatini to`xtatishni mulk egalari va xo`jalik sudining qarori hal qiladi. Korxona faoliyatini to`xtatishga sabablar quyidagilar bo`lishi mumkin:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatga bozorda talabning birdaniga pasayib ketishi;

  • ishlab chiqarishning surunkali zararga asoslanganligi;

  • aholi va atrof-muhitga ekologik xavfning yuqori darajada ekanligi;

  • bino, inshoot, uskuna va boshqa vositalarni istemolchilar uchun ko`proq manfaatli va mulkdor uchun ko`proq foydali tarmoqda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi.

Korxona faoliyati uning davlat idoralari tomonidan ro`yxatdan(reeystr) o`chirilganligidan keyin to`xtatilgan hisoblanadi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling