Рекомендательное письмо
Korxonani boshqarishning zamonaviy tamoyillari, shakllari va uslublari
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
2. Korxonani boshqarishning zamonaviy tamoyillari, shakllari va uslublari.
Korxonani boshqarish – bu xo`jalik rahbar organlari, korxona ma`muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko`zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o`zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo`nalishida tartibli ta`sir ko`rsatishdir. Korxonani boshqarishning zamonaviy uslublari quyidagi tamoyillarda namoyon bo`ladi; maqsadlar birligi va hamfikrliligi; doimiylik va ishonchlilik; rejaviylik, proporsionalililik va o`sib borishlik; demokratik; boshqaruv uslublarining asoslanganligi va ilmiyligi; boshqaruv samaradorligi; shaxsiy, jamoaviy va davlat-jamiyat manfaatlarining bir butunligi. Korxonani boshqarishning zamonaviy uslublari umumiy boshqaruv uslublaridan kelib chiqqan holda amal qiladi. Umuman olganda boshqaruv usullarini uchta guruhga bo`lish mumkin: tashkiliy-ma`muriy uslublar; iqtisodiy uslublar; ijtimoiy-ruhiy uslublar Korxonalarni boshqarish jarayonida rahbarlar bu uslublar bilan bir qatorda ma`lum vaziyatdan kelib chiqqan holda o`ziga hos yangi usul va uslublardan ham foydalanishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda korxona va tashkilotlarning asosiy faoliyatlari ishlab chiqarish bo`lganligi sababli iqtisodiy usullardan keng foydalaniladi. Boshqarishning iqtisodiy usullariga quyidagilar kiradi: kredit va foiz stavkalari; soliq va soliq yuki; boj to`lovlari; subsidiya va sanksiya; litsenziya; transfert to`lovlari; baho va boshqa shu kabilar. Rivojlangan mamlaklakatlardagi yirik firmalar boshqarub tizimida bir-birlaridan farqlanuvchi bir qator uslublardan foydalanishadi. Masalan “Fiat” konsernida hattoki yirik mustaqil, o`z balansiga ega bo`lgan korxonalarida ham markaziy ofis tomonidan quyidagi jarayonlar nazorat qilib boriladi: mahsulot tannarxi; sotish bahosi; mahsulotga xizmat ko`rsatish va garantiyalar bo`yicha xarajatlar; umumiy boshqaruv xarajatlari (savdo va reklama xarajatlari bilan birgalikda); material zahiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish; daromadlar; tayyor mahsulot zahiralari (ehtiyot qismlar bilan birgalikda ); moliyaviy to`lovlar va qarzlar; daromad qoldiqlari; bozor ulushi (raqobatchilarning shu kabi ko`rsatkichlari bilan taqqoslagan holda); mahsulot sotishni nisbiy o`sishi. Markaziy ofisda bu kabi ko`rsatkichlarni to`plash va tahlil qilib borish bo`yicha maxsus funksional xizmat tashkil qilingan bo`lib, bu xizmat axborotlarni direktorlar kengashiga etkazib turadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling