Рекомендательное письмо


Korxonani tashkil etish tartibi va unga ta’sis hujjatlari


Download 0.6 Mb.
bet10/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Korxonani tashkil etish tartibi va unga ta’sis hujjatlari.

Har bir korxona ma`lum ta`sis hujjatlari asosida tashkil topadi. Eng avvalo, korxonani mavjudligini ifodalaydigan asosiy hujjat – ustavdir. Korxona ustavida yangi korxonaning statusi, asosiy vazifalari, tashkil qilish asoslari va tamoyillari, ta`sischilar, ularning manzillari va har qaysi ta`sischining qo`yilmalari miqdori, korxonaningfaoliyat sohalari vamuddatlari, yuridik shaxs sifatidagi huquqlari va majburiyatlari aks ettiriladi. Shuningdek, ustavda ustav kapitalining hajmi va tashkil topish manbalari belgilanadi, faoliyat sohasi va turi ko`rsatiladi, kishilar sog`ligi va atrof-muhitni muhofaza qilishni kafolatlaydi, korxona va uning filiallarini boshqarish shakllario`rnatiladi, hisob va hisobot tizimi ko`rsatiladi, yangi korxona nomi va manzili ham ko`rsatib o`tiladi.


Korxona ustavi ta`sischilar tomonidan tasdiqlanadi va ta`sischilar yig`ilishida mahalliy hokimiyat uchun ro`yxatga olish uchun ariza tayyorlanadi. Bundan keyin korxona bankda hisob-kitob schetiochish va mustaqil pechatga ega bo`lish huquqiga ega bo`ladi. Bi tasir hujjatlariga ega bo`lmagan muassasalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va o`z navbatida korxona ham hisoblanmaydi.
Ko`pgina korxonalarda korxonani ochish uchun o`zining mablag`lari etishmaydi, yoki etishsada to`la oborot qilish uchun kamlik qiladi. Bunday holatda korxonalar bankdan va boshqa moliya institutlarining kreditlaridan foydalanishlariga to`g`ri keladi. Kreditni olishning ham o`zi bo`lmaydi. Bunday holatda kafolat, garov kabi vositalar zarur bo`ladi. Shu bilan birgalikda kredit olish uchun korxona tomonidan mukammal tuzilganbiznes-reja ham ish beradi. Tadbirkor yangi korxonani tashkil qilish davomida quyidagi masalarni aniq hisob-kitob qilib olishi lozim :

  • foydali va samarali g`oyaning mavjudligi;

  • ishni boshlash uchun qancha va qanday mablag`lar kerak bo`lishini;

  • ishni boshlagandan keyin qancha miqdordagi foyda olish mumkinligi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling