Рекомендательное письмо


Korxonalar faoliyatini litsenziyalash va iste`molchilar talabiga yo`naltirish


Download 0.6 Mb.
bet8/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

3. Korxonalar faoliyatini litsenziyalash va iste`molchilar talabiga yo`naltirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`pgina korxonalar faoliyatini bozor talabiga muvofiqlashtirish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida korxonalar faoliyatini litsenziyalashtirish amalga oshiriladi. Buning natijasida mamlakatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi iste`molchilar talabiga mos holda bo`ladi. Korxona faoliyatini iste`molchilar manfaatlariga moslashtirish uchun ishlab chiqarish komponentlari ham unga mos ravishda bo`lishi lozim. Ishlab chiqarish komponentlariga quyidagilar kiritiladi:



  • odamlar (maxsus tayyorlangan personal );

  • mehnat vositalari (mashinalar, mexanizmlar, instrumentlar, inshootlar);

  • mehnat predmetlari (xom-ashyo, materiallar, tabiat inoomlari);

  • energiya (elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, mexanik energiya, yorug`lik energiyasi, muskul energiyasi );

  • axborotlar (ilmiy-texnik, tijorat, joriy-ishlab chiqarish, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy);

  • ishlab chiqarish o`rni (bino, shaxta, karer, yo`llar, er uchastkalari).

Ishlab chiqarish komponentlari asosida ishlab chiqarish jarayonlari tashkil qilinadi. Jarayon – bu berilgan vazifani bajarish va mehnat predmetini qayta shakllantirishga yo`naltirilgan elementar harakatidir. Korxonalar faoliyatini iste`molchialr talabiga moslashtirish va ishlab chiqaruvchilar huquqlarini himoya qilish uchun korxonalar faoliyatini litsenziyalashdan keng foydalaniladi. Litsenziyalash – korxona ishlab chiqaish va xizmat ko`rsatish doirasini turli maqsadlar yo`lida bir tomonga yo`naltirish va chegaralashga qaratilgan maxsus huquqlar yig`indisidir.
Litsenziyalashda ishlab chiqaruvchilar faoliyatini iste`molchilar manfaatlariga moslashtirish quyidagilarni taminlashi lozim:

  • korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot tavsifi va yo`nalishi;

  • mahsulot ishlab chiqarish kalendar rejasi va bajarilgan hajmi;

  • mahsulot sifatiga ta`sir qilmagan holda ishlab chiqarish xarajatlarini asoslash;

  • ishlab chiqarishni qayta yo`lga qo`yish imkoniyati;

  • tarmoq xususiyatlari ham hisobga olinishi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling