Рекомендательное письмо


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati


Download 0.6 Mb.
bet6/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.

  2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.

  3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil.

  4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.

  5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.

  6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003.

  7. Seddies Yu., Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.

  8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.

  9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.

Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin.


2 – MAVZU. KORXONA – MUSTAQIL XO`JALIK YURITUVCHI BOZOR SUB`EKTI.
Reja.

  1. Korxona – xalq xo`jaligining asosiy bo`g`ini.

  2. Korxonalar shakllari va turlari.

  3. Korxonalar faoliyatini litsenziyalash va iste`molchilar talabiga yo`naltirish.

Asosiy terminlar: xalq xo`jaligi, korxonalar shakllari, korxonalarning tasniflanishi, korxonalar turlari, iste`molchilar talabi, litsenziyalash.


1. Korxona – xalq xo`jaligining asosiy bo`g`ini.

Korxona haqida fikr yuritganda korxona va unga sinonim termin firma tushunchalariga to`xtalib o`tish lozimdir. Firma – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yo`nalishlari xo`jalik muassasalarini umumiy nomlanishidir. Korxona esa, faoliyatining asosiy maqsadi daromad yaratishga qaratilgan ishlab chiqarish va savdo-vositachilik yo`nalishidagi tijorat tashkilotlaridir.


Korxonalarda moddiy boylik yaratiladi, uning yordamida esa takror ishlab chiqarish va nomoddiy boyliklar yaratish ham yo`lga qo`yiladi. Korxonalar alohida tur mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va unga mos moddiy ne`mat ishlab chiqariladi hamda shu asosda, transport, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport kabilar vujudga keladi. Korxonalar tarmoq tarkibi, yo`nalishi va hajmini ham belgilab beradi. Bundan tashqari korxona va tashkilotlar joylashishiga qarab qishloq , shahar, tuman, viloyatlarning ham hajm va hududiy ixtisoslashishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Mahalliy organlar bilan hamkorlikda aholining turmush, mehnat va maishiy sharoitlarini ham yaxshilashga hissa qo`shadi.
Korxona – har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo`g`in bo`lib hisoblanadi. Korxona to`g`risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo`lgan xo`jalik sub`ekti bo`lib, o`ziga tegishli yoki to`liq tegishli yoki to`liq xo`jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko`rsatadi, deb ta`kidlangan.
Mamlakat iqtisodiyoti ham asosan xo`jalik birlashmalaridagi ishlab chiqarish bo`g`inlarining munosabatlaridan tarkib topadi. Shu asosda, korxona xalq xo`jaligining muhim bo`gini sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy bo`g`in sifatida namoyon bo`ladi.
Korxonalar ichida eng muhimi bu ishlab chiqarish korxonalari bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari – ma`lum professional mehnat jamoasi va ishlab chiqarish vositalariga ega bo`lgan va ular yordamida iste`molchilar uchun kerakli miqdor, yo`nalish va assortimentdagi mahsulot va xizmatni yaratadigan ixtisoslashgan xo`jalik birligidir. Ishlab chiqarish korxonalariga zavodlar, fabrikalar, kombinatlar, shaxtalar, portlar, bazalar va boshqa shu kabi ishlab chiqarish yo`nalishidagi xo`jalik tashkilotlari kiradi.
Korxonaning faoliyat yuritishiga ichki va tashqi omillar ta`sir ko`rsatadi. Ichki omillarga quyidagilar kiritiladi:

  • Insonlar (personal). Korxonaning asosini insonlar tashkil qiladi, ular professional tarkibi, malakasi va qiziqishlari bilan tavsif-lanadi. Ular sirasiga rahbarlar, mutaxassislar va ishchilar kiradi.

  • Ishlab chiqarish vositalari. Ishlab chiqarish vositalariga mahsu-lotlar tayyorlanadigan asosiy vositalar bilan, shu mahsulotlar yaratiladigan aylanma mablag`lar kiritiladi.

  • Pul mablag`lari. Bu mablag`larni korxona yaratgan mahsulot-larini sotishdan va kreditlar hisobidan olishi mumkin.

  • Axborotlar. Korxona faoliyati uchun muhim omillardan biri axborotlar hisoblanadi. Axborotlar tijoriy, texnik va operativ ko`rinishda bo`lishi mumkin.

Tashqi omillarga esa quyidagilar kiradi:

Korxonaning vazifalari asosan quyidagilar asosida shakllanadi:

  • sarmoyadorning manfaatlari;

  • kapitalning hajmi;

  • korxonadagi ichki holat;

  • tashqi muhit.

Korxona faoliyatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Korxona sarmoyadorlariga daromad olishni ta`minlash;

  • Bozor talabi va shartnomalarga mos holda iste`molchilarni korxona tovarlari bilan ta`minlash;

  • Ishlovchilarga normal mehnat sharoitlari yaratish, mehnat haqi berish va ularning professional o`sishlarini ta`minlash;

  • Korxona hududida joylashgan erlarda yashovchi aholi uchun ish o`rinlarini yaratish;

  • Atrof - muhitni muhofaza qilish;

  • Korxona faoliyatida nuqsonlarga yo`l qo`ymaslik.

Korxonaning funksiyalari quyidagilarga bog`liq ravishda aniqlanadi va konkretlashtiriladi:

  • korxona hajmi;

  • tarmoq xususiyatlari;

  • ixtisoslashtirish va kooperasiyalashtirish darajasi;

  • ijtimoiy infrastruktura holati;

  • mulk shakli;

  • mahalliy hukumat organlari bilan o`zaro aloqalar.

Ishlab chiqarish korxonasining funksiyalariga quyidagilar kiritiladi:

    • korxonaning yo`nalishiga mos holda shlab chiqarish va iste`mol mahsulotlarini tayyorlash;

    • iste`molchiga mahsulotni sotish va etkazib berish;

    • mahsulotni sotgandan keyingi xizmat ko`rsatish;

    • korxona ishlab chiqarish jarayonini moddiy-texnik ta`minlash;

    • korxona personali mehnatini tashkil qilish va boshqarish;

    • mahsulot sifatini oshirish, korxona ishlab ishlab chiqarish hajmini o`stirish va ulushiy xarajatlarni kamaytirish;

    • tadbirkorlik;

    • soliqlarni to`lash, byudjet va boshqa moliya organlariga ixtiyoriy va majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lash;

    • davlat qonunlari, normativlar va harakatdagi standartlarga mos harakat qilish.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling