Рекомендательное письмо


Korxonalar shakllari va turlari


Download 0.6 Mb.
bet7/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Korxonalar shakllari va turlari.

Korxonalarni ularning ma`lum belgilari va xususiyatlariga qarab shakl va turlarga ajratish mumkin. Korxonalar ishlab chiqarishi, asosiy va aylanma mablag`lari, shuningdek, boshqa bir qator ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab shakllarga bo`linadi. Amaliyotda korxonalarning asosan quyidagi shakllari mavjuddir:



  • kichik korxonalar. Bu korxonalar asosan kichik hajmdagi va bir turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish asosiga faoliyat yuritadi.

  • o`rta korxonalar. Bu korxonalar ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo`lmagan, personal soni ham ko`p bo`lmagan korxonalar bo`lib, ular asosan kichik va yirik biznesni bog`lovchilari hisoblanishadi.

  • yirik korxonalar. Bu korxonalarga yirik ishlab chiqarishga asoslanganva bir nechta tarmoqlarni o`zida birlashtirgan korxonalar va xo`jalik birlashmalari kiradi. Yirik korxonalar son jihatidan kam bo`lsada kapital va mulkni jamlashi nuqtai-nazaridan katta hajmni egallashadi va bozordagi talab va taklifga ham keskin ta`sir ko`rsata oladi.

Korxonalar bir-birlaridan bir qator ko`rsatkichlari bo`yicha farqlanadilar va shu farqlar asosida ular tasniflanadi. Korxonalarni tasniflashga asos bo`ladigan asosiy quyidagilardir:

  • tarmoqli va mahsulotli ixtisoslashuv;

  • ishlab chiqarish tarkibi;

  • ishlab chiqarish salohiyatining quvvati ( korxona hajmi ).

Tarmoq xususiyatlariga ko`ra korxonalarning guruhlarga bo`linishi asosan ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaradigan mahsuloti va uni iste`mol qilish xususiyatlariga qarab va aynan qaysi mahsulot turiga korxona mo`ljallanganiga qarab guruhga ajratiladi va bu belgi bo`yicha korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi:

  • sanoat korxonalari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqarish, mashina, uskuna, instrumentlar tayyorlash, hom-ashyo ishlab chiqarish, elektr energiyasi yaratish va boshqa tarmoqlar);

  • qishloq xo`jalik korxonalari;

  • qurilish, qurilish sanoati, transport.

Korxonalar ishlab chiqarish tarkibi bo`yicha mahsulot turi, xili, ishlab chiqarish xususiyatlariga ko`ra yanada qisqaroq turlarga bo`linadi. Masalan, qishloq xo`jalik korxonalarining o`zi ham mahsulotlariga qarab yana bir qator turlarga bo`linadi.
Korxona hajmiga ko`ra korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil qiluvchilari, xo`jalik yuritish shakli va boshqa bir qator shu kabi xususiyatlarga ko`ra turlarga ajratiladi. Kapitallarning birikishi va kengayishi jarayonida korxonalarning bir qator yirik shakllari vujudga keladi. Yirik korxonalalr ham o`z navbatida bir qator turlarga bo`linadi. Bunday tur korxonalar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ishlab chiqarish kooperativlari. Bu turdagi xo`jaliklar kishilar va korxonalarning ixtiyoriy birlashishi asosiga paydo bo`ladigan ishlab chiqarish va boshqa xo`jalik faoliyatini birgalikda yuritishidir;

  • hissadorlik jamiyatlari. Bu korxonalar qatnashuvchilar mulki va boshqa vositalarini birlashtirishlari asosida ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishga asoslangandir;

  • hamkorlikka asoslan korxonalar (tovarishestvo). Bu korxonalar ikki va undan ko`p korxonalarning birlashib faoliyat olib borishlari asosiga qurilgandir. Ular tomonidan tashkil qilinadigan korxonalar kapitalni qo`shadilar va shartnoma asosida hamkorlikda faoliyat yuritishib tadbirkorlikni amalga oshiradilar va mulkiy javobgar bo`ladilar;

  • ma`suliyati cheklangan jamiyatlar. Bu korxonalar tomonlarning kelishuvi bilan kapital mablag`larini qo`shadilar, ammo ayrim javobgarlik hamma uchun bir xil bo`lmaydi;

  • xoldinglar – moliyaviy jamg`arma bo`lib korxonalarni emas balki sarmoyalarni birlashtiradi;

  • moliya-sanoat guruhlari – bu moliyaviy va sanoat korxonalrining kapitallarini birlashtirib yirik dasturga asoslangan ishlab chiqarish va tijoratni yo`lga qo`yishdan iboratdir;

  • assosiasiyalar – korxonalarning paychilik asosidagi ko`ngilli birlashmalaridir;

  • konsorsiumlar – bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyihalar, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni muhofaza qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil qilinadigan muvaqqat birlashmadir;

  • konsernlar – bu ishlab chiqarishning diversifikasiyasi asosida tarkib topadigan ko`p tarmoqli korporasiyadir;

  • korporasiyalar – rivojlangan yirik aksionerlar jamiyatlari va trestlar birlashmalari;

  • uyushma – bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko`ngilli jamoat birlashmalari;

  • milliy kompaniya – bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport, aloqa va telekommunikasiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosida tashkil etilgan ko`ngilli birlashmalaridir.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling