Рекомендательное письмо
Xarajatlarning tasniflanishi
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
2. Xarajatlarning tasniflanishi.
Xarajatlarni boshqaruv tarkibida quyidagi turlanish mavjud: ishlab chiqarish turi bo’yicha – asosiy va yordamchi; mahsulot turi bo’yicha – alohida mahsulot, bir xil mahsulotlar guruhi, buyurtma, ish, xizmat; xarajatlar turi bo’yicha – kalkulyasiya moddalari (mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish uchun va tahliliy hisobni tashkil etish uchun) va xarajatlar elemantlari (xarajatlar smetasi loyihasini tuzish va ishlab chiqarish xarajatlarining hisoboti uchun); xarajatlar paydo bo’lish joylari bo’yicha – uchastka, sex, ishlab chiqarish, xo’jalik hisobidagi brigada. Misol tariqasida sanoat korxonalarida keng qo’llaniladigan xarajatlar moddalarini ko’rib chiqish mumkin Xom ashyo va materiallar (chiqindilar ayirgan holda) Qotib olingan mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar va kooperasiyalashgan korxonalar xizmati Asosiy ishlab chiqarish ishchilarning ish xaqi. Qo’shimcha ishlab chiqarish ishchilarning ish xaqi. Ish xaqidan ijtimoiy sug’urtaga ajratma. Ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirishga xarajatlar. Jihozlarni saqlash va ekspluatasiya qilish xarajatlari. Sex xarajatlari Umum zavod xarajatlari Yaroqsiz mahsulot (brak) chiqarishdan xarajatlar Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar Birinchi sakkizta moddalar sex tannarxini tashkil etadilar, bunga umumzavod xarajatlarini va yaroqsiz mahsulot chiqarishdan yo’qotishni qo’shsa, ishlab chiqarish tannarxini beradi. Ќamma o’nbir mddalar mahsulotning to’la tannarxini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ko’pchilik mayda va o’rta korxonalarda xarajat moddalarining qisqartirilgan nomnomisi qo’llaniladi: moddiy xarajatlar (xomashyo, materiallar, yoqilg’i va texnologik maqsad uchun energiya), to’g’ri hisobda; mehnatga haq to’lash xarajatlari, bu ham to’g’ri hisobda; boshqa bevosita (to’g’ridan – to’g’ri) xarajatlar; ishlab chiqarishni boshqaruvi va xizmat qilish xarajatlari (bilvosita); boshqa bilvosita xarajatlar; Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling