Рекомендательное письмо


Xarajatlarni iqtisodiy ma’nolariga qarab, quyidagi elementlar bo’yicha guruhlash mumkin


Download 0.6 Mb.
bet43/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Xarajatlarni iqtisodiy ma’nolariga qarab, quyidagi elementlar bo’yicha guruhlash mumkin:


  • moddiy xarajatlar (qaytaruvchan chiqindilar qiymatini chiqargan holda);

  • mehnatga haq to’lash xarajatlari;

  • ijtimoiy zaruriyatlarga ajratma;

  • asosiy fondlar amortizasiyasi;

  • boshqa xarajatlar;

«Moddiy xarajatlar» elementiga mahsulot ishlab chiqish uchun tashqaridan sotib olinadigan xomashyo va materiallar, budlovchi mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i va hamma tur energiya (texnalogik maqsadlar va ishlab chiqarishga xizmat qilish binolarni isitish, transport ishlari uchun xarajatlar)ning qimati aks ettiriladi.
«Mehnat haqini to’lash xarajatlari» tarkibiga mehnatga haq to’lash – korxona (firma) asosiy ishlab chiqarish xodimlariga, ish natijalari bilan mukofotlash, rag’batlantiruvchi va qoplovi to’lovlar hamda shtatda bo’lmaganlar mehnatiga haq to’lashni ham qo’shgan holdagi hamma xarakatlar kiradi.
«Ijtimoiy zaruriyatga ajratma» elementlariga davlat va nodavlat ijtimoiy sug’urta organlariga o’rnatilgan normalarga asosan ajratmalar, nafaqa fondi, bandlik davlat fondiga va tibbiiy sug’urtaga ish haqidan foiz ajratmalar aks ettiriladi.
«Asosiy fondlar amortizasiyasi» tarkibiga asosiy ishlab chiqarish fondlarini to’la tiklashga balans qiymatidan, o’rnatilgan normalar bo’yicha, uning faol qismining tez sur’at amortizasiyalarning qo’shgan holda ajratilgan amortizasiya summasi kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar turlariga kiritilmagan hamma boshqa xarajatlar o’z aksini «boshqa xarajatlar» elementida topadi. Bular soliqlar, yig’imlar, maxsus fondlarga ajratmalar, kreditlar bo’yicha to’lovlar, xizmat safarlari xarajatlari, aloqa xizmatlari to’lovlari va hokazo.
Shunday qilib, xarajatlarning kalkulyasiya moddalari bilan guruhlash, bu xarajatlarni paydo bo’lgan joylarini aks ettirib, mahsulot ishlab chiqish, sotishga xarajatlarni rejalashtirish, hisobini olib borish va kalkulyasiya qilish uchun qo’llaniladi.
Xarajatlarni elementlar bo’yicha guruhlash sarflangan iqtisodiy elementlarni, ularning paydo bo’lgan joylaridan qat’iy nazar, o’z ichiga oladi. Odatda bular to’g’ridan – to’g’ri xarajatlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlar turlanishi mamlakatimiz xo’jaliklarida oddiylashadi va xorijiy mamlakatlar tajribasiga yaqinlashadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling