Рекомендательное письмо
Foyda va rentabellik, ularning manbalari
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
5. Foyda va rentabellik, ularning manbalari.
Korxona o`z mahsulotini istemolchilarga sotishi natijasida ma`lum pul tushumiga ega bo`ladi, ammo bu hali to`la korxonaning foydali ishlayotganligi uchun etarli bo`lmaydi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun korxona ishlab chiqargan mahsulotlaridan kelgan pul tushumini qilingan xarajatlar bilan yoki mahsulot tannarxi bilan solishtirish lozim bo`ladi. Agar korxona qilingan xarajatlarga ko`ra ko`proq pul tushumiga ega bo`lsa foydalilikka erishadi, agar bu ko`rsatkichlar miqdori korxona faqatgina qilingan xarajatlarnigina qoplay oladi, agar qilingan xarajatlarni mahsulot sotishdan kelgan pul tushumi xarajatlarni qoplay olmasa korxona zararlilik asosida ishlaydi va u bankrotlikka ham yuz tutishi mumkin. Foyda – korxonaning yalpi daromad olishi bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy resurslarining asosiy manbaidir. Foyda – bu realizasiya qilish natijasida olingan sof daromadning qismi bo`lib, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumidan barcha qilingan xarajarlar yoki to`la tannarxni ayirib tashlash orqali topiladi. Foyda bir qator absolyut va nisbiy ko`rsatkichlarda ifodalanadi. Foydani aniqlash uslubi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995 yil 27 yanvar 9 – sonli buyrig`iga asosan tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi. Unga ko`ra foyda quyidagicha aniqlanadi: 1. Yalpi foyda (zarar) – korxonada tovar masulotni sotishdan tushgan tushum, yani sof pul tushumidan sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi olib tashlanadi. Bunda sof pul tushumi jami pul tushumidan qo`shimcha qiymat solig`i, aksiz solig`i, tashqariga chiqarilgan tovar solig`i, Tovar sotib oluvchi tovarni qaytarib berishi mumkin bo`lgan skidkalarni (tabiiy kamayish) chiqarish yo`li bilan aniqlanadi: YF = SPT – IT 2. Korxona asosiy faoliyatidan olingan foyda(zarar). Buni aniqlash uchun yalpi foydadan sotish va ma`muriy xarajatlar (davriy xarajatlar) ayirilib, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromadlari va xarajatlari ham mos ravishda qo`shilib va chiqarib tashlanadi: AFF = YF – DX + BD – BZ 3. Korxonaning umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda(zarar). Asosiy faoliyatdan olingan foydadan olingan dividentlar, zayomlar bo`yicha foizlar, valyutaning kurs farqi, boshqa moliyaviy faoliyat bo`yicha daromadlar qo`shilib, xarajatlar va bank foizlari ayiriladi: UF = AFF + MD – MX 4. Soliq to`langungacha bo`lgan foyda(zarar). Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foydaga favqulodda vaziyatlardan ko`rilgan foyda qo`shilib, shu vaziyatdagi zarar ajratiladi: STF = UF + FF – FZ 5. Sof foyda. Bu foyda turi barcha qonunchilikka doir soliqlar turlarini to`lagandan keyin qoladigan foyda miqdorini aniqlab beradi. Korxona miqyosida foydani absolyut miqdorini aniqlash bilan bir qatorda uning ma`lum bir xarajatlar va sarflangan resurslarga nisbatan ham aniqlanib xulosa qilinadi. Bu ko`rsatkich rentabellilik deb ataladi. Rentabellilik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar va resurslarga nisbatan yaratilgan foyda miqdorini bildiradi va umumiy ko`rinishda quyidagicha aniqlanadi: R = Fx100 / TT Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo`riqnomaga asosan rentabellilikning ham bir qator ko`rsatkichlari aniqlanadi: 1. Mahsulot sotishning renatbellilik koeffisienti, u mahsulot birligiga qancha foyda to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Agar mahsulot sotish rentabelliligi 0 dan kam qiymatga ega bo`lsa, unda korxona bu ko`rsatkich bo`yicha zarar bilan ishlaydi deb hisoblanadi. 2. Asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlarning rentabelliligini koeffisienti. Bu ko`rsatkich asosan korxona faoliyatida ishlatiladigan asosiy va aylanma mablag`lar qanchalik foyda keltirayotganligini ifodalaydi: , bu yerda, SF(Z) – soliqqa tortishga qadar bo`lgan foyda yoki zarar A – uzoq muddatli aktivlar. 3. Xususiy kapitalning rentabelliligi koeffisienti korxonaning o`z mablag`laridan qanday darajada foydalanganlik darajasini ko`rsatadi. Bu koeffisient dinamikasi korxona aksiyalari kotirovka darajalariga ta`sir qiladi: bu yerda, - korxona xususiy kapitali. 4. Permanent kapitalning rentabelliligi koeffisienti korxona faoliyatiga sarflangan kapitaldan (o`zining va qarzga olingan) foydalanish samaradorligini aks ettiradi: bu yerda, P1 – o`z mablag`lari manbalari. 5. Kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelliligi koeffisienti korxona butun kapitalining aylanish tezligini aks ettiradi. Uning o`sishi korxona mablag`lari oborotining jadallashganligini yoki narxlarning inflyasion o`sishini anglatadi: bu yerda, BY - balans yakuni. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling