Рекомендательное письмо


Foyda va ishlab chiqarish rentabelligiga ta`sir qiluvchi omillar


Download 0.6 Mb.
bet47/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

6. Foyda va ishlab chiqarish rentabelligiga ta`sir qiluvchi omillar.

Korxona faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirishda foydani va unga mos ravishda rentabellilikni oshirish omillaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Foyda omillari ikki guruhga bo`linadi:



  1. Mahsulot ishlab chiqaruvchiga bog`liq bo`lgan va sub`ektiv xarakterga ega bo`lgan ichki omillar.

  2. Mahsulot ishlab chiqaruvchiga bog`liq bo`lmagan va ob`ektiv xarakterga ega bo`lgan tashqi omillar.

Tashqi omillarga tabiiy shart-sharoitlar, baholarning davlat tomonidan tartibga solinishi, tariflar, foia stavkalari, soliq stavkalari va imtiyozlar, jarima sanksiyalari, taklif darajasi, raqobat, bozor talabi kabilar kiradi. Bu omillar korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq bo`ladi va ular foyda miqdoriga keskin darajada ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Ichki omillarga sotiladigan mahsulotlar miqdori, uning sifati, ishlab chiqarish xarajatlari kabilar kiradi. Sotiladigan mahsulot miqdori yalpi mahsulot hajmiga va uning tovarlilik darajasiga bog`liq bo`ladi. Yalpi mahsulot hajmining o`sishi va mahsulot sifatining oshishi pul tushumining oshishi va shu asosda foydaning oshishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Pul tushumining miqdori mahsulotni sotish miqdori va muddatlariga, sotish bozorlariga va uning tarkibiga ham bog`liqdir. Bundan tashqari pul tushumi sotish kanallariga ham bog`liqdir. Ichki omillar o`z navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga bo`linadi. Ishlab chiqarish omillari mehnat predmetlari va vositalarining, shuningdek, mehnat va moliyaviy resurslarning mavjudligi va ulardan foydalanishni tavsiflaydi va ular ham o`z navbatida intensiv va ekstensiv omillarga bo`linadi. Ekstensiv omillar mahsulat miqdorining o`sishi orqali foyda miqdorini o`sishiga olib keladigan omillardir. Bu omillar sirasiga mehnat vositalari va predmetlari hajmining miqdoriy o`zgarishi, moliya resurslari, uskunalarning ish vaqtining oshishi, xodimlar sonining ko`payishi, ish vaqti fondining oshishi kabilar kiradi. Intensiv omillarga foydani ko`paytirishga sifat ko`rsatkichlari orqali ta`sir qiladigan omillar kiritiladi, yani uskunalar unumdorligi va sifatini oshirish, materiallarning zamonaviy turlaridan foydalanish va ularga ishlov berishning takomillashgan texnologiyalaridan foydalanish, aylanma mablag`lar aylanuvchanligini oshirish, personalning mehnat unumdorligini va malakasini oshirish, mahsulotning mehnat sig`imi va material sig`imini kamaytirish, mehnatni tashkil qilish tizimini takomillashtirish, moliyaviy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish va boshqalarni kiritish mumkin.
Korxonada foyda va rentabellilikni oshirishga ta`sir qiluvchi omillar bir-biriga bog`liq holda va o`zaro hamjihatlikda ularni oshirishga ishtirok etishadi. Foyda va rentabellilikni oshirishga eng ko`p ta`sir ko`rsatadigan omillardan biri sifatida xarajatlarni kamaytirish va shu asosda mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Mahsulot tannarxi orqali foyda va rentabellilikka ta`sir ko`rsatadigan xarajatlar ichida moddiy xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Foyda miqdori va rentabellilik darajasiga ta`sir ko`rsatadigan yana bir muhim omillardan biri sifatida mahsulotlar bahosi hisoblanadi. Baho o`zgarishi va tebranib turishi mahsulotlarga avvalo xom-ashyolar orqali ta`sir ko`rsatadi va yakunda mahsulotni sotish baholari foydani shakllanishi va ko`paytirishga ham asos bo`lishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda korxonalar foydani hisoblash va uni imkon qadar ko`paytirish uchun har bir faoliyat turi bo`yich “xarajatlar – natija“ tamoyilidan foydalanishadi. Bunda korxona umumiy faoliyati alohida ekspluatasion, moliyaviy va favqulodda faoliyatlar natijalari orqali baholanadi.
Korxonada foydani oshirish omillari sirasiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilishdan tashqari bilvosita ta`sir qiladigan omillardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga misol tariqasida sof foydadan tashkil qilinadigan fondlarni misol keltirishimiz miumkin. Korxona sof foydasidan quyidagi fondler tashkil qilinishi mumkin:

  • qoplash fondi;

  • iste`mol fondi;

  • zahira fondi;

  • ijtimoiy sohalarni rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadigan fondler;

  • valyuta ajratmalari fondi;

  • muassislar (hissadorlar) o`rtasida taqsimlanadigan foyda;

  • taqsimlanmaydigan foyda.

Foydadan bu kabi tashkil qilinadigan fondlar yakunda korxona faoliyatining qaysidir tarmog`ini rivojlantirishga va u orqali ishlab chiqarish va savdo faoliyatini yaxhsilashga hamda shu asosda foyda va rentabellilikni oshirishga ham olib kelishi muqarrardir. Masalan taqsimlanmaydigan foyda korxona korxona ustav kapitalini oshirishga ilib keladi va shu asosda ishlab chiqarish miqdorini oshirishga ta`sir ko`rsatishi mumkin, yoki ijtimoiy maqsadlar uchun tashkil qilinadigan fondlar ishlovchilarni mehnat hsaroitlarini oshirishga xizmat qilishi va buning ta`sirida mehnat unumdorligi oshirilishi va xarajatlarning kamayishiga erishish va foyda va rentabellilikni oshirishga ham erishish mumkin.
Amaliyotda yuqoridagi sanab o`tilgan barcha omillar hisobga ilnsada, eng ko`p ishlatiladigan va foydalaniladigan imkoniyatlar sifatida mahsulot pil tushumini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan ko`proq foydalanishga harakat qilinadi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling