Рекомендательное письмо


Mehnat unumdorligi kontseptsiyasi va uning korxona hayotidagi ahamiyati


Download 0.6 Mb.
bet38/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Mehnat unumdorligi kontseptsiyasi va uning korxona hayotidagi ahamiyati

Korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko`rsatkich mexnat unumdorligi hisoblanadi. Mehnat unumdorligi deganda vaqt birligi ichida yaratilgan mahsulot miqdori yoki, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat unumdorligi korxona rahbariyati va ishlovchilar o`rtasida maxsus va jamoatchilik doirasida tuziladigan shartnomalarning asosi bo`lib xizmat qiladi. Korxona doirasida mehnat unumdorligi ikki ko`rsatkich orqali aniqlanadi.


1. Bevosita mehnat unumdorligi, u vaqt birligi ichida yaratilgan mahsulot miqdori yoki qiymatini ifodalaydi va quyidagicha aniqlanadi:
MU = YMM / IS yoki SV,
Bu erda, YMM – yaratilgan mahsulot miqdori yoki qiymati,
IS – ishlovchilar soni,
SV – sarflangan vaqt, kishi-soatlarda.
2. Mehnat sig`imi, yani, yaratilgan bir birlik mahsulot uchun sarflangan vaqt miqdori, u quyidagicha aniqlanadi:
MS = SV / YMM,
Bu erda, SV – sarflangan vaqt miqdori, kishi-soatlarda,
Mehnat unumdorligining keng tarqalgan va universal ko`rsatkichi sifatida ko`pincha birinchi tartibli ko`rsatkich hisoblanadi. U ham ikki xil o`lchov bilan, yani, natural, tonna, metr kabi o`lchovlarda, hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymat o`lchovlarida ifodaladi.
Korxonada mehnat unumdorligi bir qator omillarga ko`ra o`zgarib turadi va bu o`zgarishlav hamda ularni oshirishga qaratilgan tadbirlar yig`indisiga mehnat unumdorligi konsepsiyasi deyiladi. Mehnat unumdorligini oshrish korxonaga bir qator ichki imkoniyatlarni qo`shimcha ravishda ishga solish imkoniyatini beradi.
Mehnat unumdorligiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar juda ko`pchilikni tashkil qilib, ularni quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:

  • ishlab chiqarishning texnik darajasining o`zgarishi;

  • ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish;

  • ishlab chiqarish tarkibi va hajmini o`zgartirish;

  • boshqa omillar.

Korxonada mehnat unumdorligini oshirish deganda, mehnat resurslarini tejashni ichki imkoniyatlarini izlab topish tushuniladi. Korxonada mehnat unumdorligini oshirishning ichki zahiralariga quyidagilar kiradi:

  • mahsulot tayyorlashda mehnat hajmini kamaytirish(texnologik, ishlab chiqarish va to`liq);

  • ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash(mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish, mehnat intizomini kuchaytirish, kadrlar qo`nimsizligini qisqartitirish, ilg`or tajribalardan foydalanish, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasini yaxshilash, ishlab chiqarish brakalri va boshqa shu kabi xarajkatlarni kamytrish);

  • tarkibni yaxshilash zahiralari, ish kuchidan va kadrlar sifatini yaxshilash omillaridan foydalanish (mexanizasiyalashtirish va yordamchi sih kuchlaridan ko`proq foydalanish, ishlovchilarni bo`sh vaqtlarini ko`proq bo`lishiga erishish, ma`muriy-boshqaruv xodimlari ulushini imkon qadar kamaytirish, mehnat jamoasining psixologik muhitini yaxshilash).

Korxonada kadrlar masalasini hal qilish asosan kadrlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali yo`lga qo`yiladi. Kadrar siyosati o`zida quyidagilarni qamrab oladi:

  • ish kuchini rejalashtirish, yollash va joylashtirish;

  • xodimlarni o`qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • xizmat bo`yicha ko`tarilish va karerani tashkil qilish;

  • mehnatni yollash shartlari va unga haq to`lash;

  • rasmiy va norasmiy aloqalarni ta`minlash, mehnat jamoasida samarali psixologik muhitni yaratish.

Ishchi kadrlarga bo`lgan talabni aniqlashda asosan quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • ishlarning mehnat sig`imiga qarab;

  • mahsulot ishlab chiqarish meyyorlari bo`yicha;

  • texnologik jarayonlarni nazorat qilish bilan bog`liq bo`lgan mashina va agragatlarning ishlash meyyorlari aosidagi ish joylari bo`yicha.

Korxonada mehnat unumdorligini oshirishning bir qator tadbirlari mavjud. Ular ichida eng asosiylaridan biri mehnat ta`tillarini to`g`ri tashkil qilish hisoblanadi. Mehnat ta`tillari asosan quyidagi turlarga bo`linadi:

  • to`lanadigan va to`lanmaydigan;

  • asosiy va qo`shimcha;

  • o`quv;

  • davlat majburiyatlarini bajarish bilan bog`liq ta`tillar;

  • zaruriy.

Mehnat unumdorligini oshirishning yana bir muhim omillaridan biri kadrlar qo`nimsizligini imkon qadar kamaytirishdir. Kadrlar qo`nimsizligini kamaytirishga asosan quyidagi tadbirlar yordam qiladi:

  • mehnat sharoitlari va unga haq to`lashni yaxshilash;

  • ishlovchilarningimkonyatlaridan to`liq foydalanishga erishish;

  • o`qitishni va kommunikasiyani takomillashtirish;

  • ijtimoiy imtiyozlarni samarali siyosatini olib borish;

  • kadrlar siyosati va ish haqini doimiy tahlil qilish va to`g`rilab borish;

  • bajariladigan faoliyat turlari bo`yicha mehnatni jalb qila olishlik darajasini yaxshilash va boshqalar.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling