Рекомендательное письмо


Aylanma mablag’lardan foydalanish ko`rsatkichlari


Download 0.6 Mb.
bet35/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

4. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko`rsatkichlari.

Korxona faoliyatida aylanma mablag`larning meyyori, korxona ishlab chiqasrishi uchun zarur bo`lgan aylanma mablag`larning minimal hajmida belgilanadi. Haqiqiy xom-ashyo zahiralari, pul mablag`lari va boshqalar belgilangam meyyordan kam, ziyod yoki unga mos holda bo`lishi mumkin. Bu joriy moliyaviy faoliyatning eng o`zgaruvchan ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Aylanma mablag`lar normativining bajarilmasligi esa ishlan chiqarishning qisqartirilishiga, ishlab chiqarish va mahsulot sotishdagi sinishlarning kelib chiqishi oqibatida ishlab chiqarish dasturlarining bajarilmasligiga olib kelishi mumkin.


Meyyordan ortiqcha aylanma mablag`larining zahirasiga ega bo`lish esa pul mablag`larini oborotdan chiqib ketishiga, moddiy-texnik taminotdagi tanqisliklarga, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini barqarorligini buzilishiga olib keladi. Bu esa resurslarning o`lik holatga kelishiga va ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi.
Korxonada aylanma mablag`larga bo`lgan talabni aniqlashni misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Bu talab ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan aylanma mablag`larning turlari bo`yicha alohida aniqlanadi va ular yig`indisi sifatida umumlashtiriladi. Bunda birinchi navbatda korxonadagi ishlab chiqarish zahiralariga bo`lgan talab aniqlanadi. Xom-ashyo va materiallar bo`yicha aylanma mablag`larga talab uning bir kunlik meyyorini zahira kunlariga ko`paytirish orqali topiladi, bu meyyor har bir korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi:
Kvartal uchun hom-ashyo va materiallar sarfi,ming so`m 9900
Kvartaldagi kunlar soni 90
Xom-ashyo va materiallarning bir kunlik sarfi, ming so`m 110
Kunlar meyyori, kun 28
Xom-ashyo vayordamchi materiallar bo`yicha aylanma
mablag`larga bo`lgan talab(ishlab chiqarish zahiralari),
ming so`m (110 x 28) 3080
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo`yicha aylanma mablag`larga bo`lgan talab bir kunlik ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini tugallanmagan ishlab chiqarishning kunlardagi mayyoriga ko`paytirish orqali aniqlanadi:
Kvartaldagi tannarx bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish
hajmi, ming so`m 12060
Tannarx bo`yicha bir kunlik mahsulot ishlab chiqarish
miqdori, ming so`m 134
Tugallanmagan ishlab chiqarish meyyori, kun 3
Tugallanmagan ishlab chiqarishbo`yicha aylanma
mablag`larga bo`lgan talab, ming so`m(134 x 3) 402
Tayyor mahsulot bo`yicha aylanma mablag`larga bo`lgan talab bir kunlik ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini tayyor mahsulot bo`yicha aylanma mablag`lar meyyoriga ko`paytirib topiladi:
Tayyor mahsulot bo`yicha aylanma mablag`larga
bo`lgan talab, ming so`m (134 x 2) 268
Tovar zahiralari bo`yicha aylanma mablag`larga bo`lgan talab bu tovarlarning xarid baholari bo`yicha bir kunlik oborotiga ularning kunlik meyyorlariga ko`paytirib topiladi:
Kvartaldagi xarid baholari bo`yicha tovar oboroti, ming so`m 1845
Bir kunlik oborot, ming so`m 20,5
Tovar zahiralari meyyori, kunlarda 2
Tovar zahiralari bo`yicha aylanma mablag`larga bo`lgan
talab, ming so`m (20,5 x 2) 41
Kassadagi pul mablag`lariga va pul o`tkazishlarga bo`lgan talab sotish baholari bo`yicha bir kunlik tovaroborotini kunlar bo`yicha pul mablag`lari meyyorlariga ko`paytirish orqali topiladi:
Kvartaldagi tovar oboroti, ming so`m 2250
Bir kunlik tovar oboroti, ming so`m 25
Pul mablag`lariga zahiralar meyyori, kun 1
Pul mablag`lariga talab, ming so`m (25 x 1) 25
Boshqa material boyliklar bo`yicha aylanma mablag`larga bo`lgan talab miqdori to`g`ridan-to`g`ri hisob-kitoblar yoki tahlily-hisob usullari yordamida aniqlanadi. Barcha ko`rsatkichlar bo`yicha aylanma mablag`larga talab miqdori aniqlanganidan keyin ularni jamlash orqali korxona bo`yicha umumiy ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo`ladigan aylanma mablag`lar miqdori topiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling