Рекомендательное письмо


Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari


Download 0.6 Mb.
bet31/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari.

Asosiy fondlardan foydalanishni baholash zaruriyati bir qator shart-sharoitlardan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarida asosiy fondlardan foydalanishni baholashning uchta ko`rinishidan foydalaniladi: boshlang`ich qiymat, tiklash qiymati, qoldiq qiymati.


Buydjet (notijorat) korxonalari uchun baholash boshlang`ich va tiklash qiymatlarida amalga oshiriladi. Boshlang`ich qiymat asosiy vositaning qiymati va uni keltirish, montaj qilish, sozlash, harakatga keltirish va shu kabi xarajatlar hisobga olingan qiymatni aks ettiradi. Xarajatlar summasidan qo`shimcha qiymat solig`i va boshqa qo`shilgan soliqlar chiqarib tashlanadi. Asosiy fondlar boshlang`ich qiymatda hisobga olinadi va ularga amortizasiya hisoblanadi. Tiklash qiymati – hozirgi vaqtda va sharoitlarda uni tayyorlash qiymatidir. Tiklash qiymati bir qator omillarga asosan o`zining boshlang`ich qiymatidan farqlanadi.
Tijorat(nobuydjet) korxonalarida qoldiq qiymatidan foydalaniladi, u asosan asosiy vositalarning boshlang`ich qiymatidan amortizasiya ajratmalarini olib tashlanib aniqlanadi, bu olib tashlangan summa ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga qo`shiladi.
Korxona asosiy fondlarini ma`lum davrda yangilash va takomillashtirib borish uchun ularni eskirishi deb ataladigan amortizasiya fondini shakllantirish odat tusiga kirgan. Eskirish odatda ikki xil bo`ladi:

  1. Jismoniy eskirish. Bu asosiy fondlarning texnik-iqtisodiy va ijtimoiy tavsifi mehnat, tabiat kuchlari va boshqa shu kabi ta`sirlar natijasida yomonlashuvi asosida vujudga keladi.

  2. Ma`naviy eskirish. Bu eskirishda asosiy vositalar fizik nuqtai-nazardan hali foydalanilishi mumkin, ammo ular iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishadi. Ma`naviy eskirish ikki turda bo`ladi. Birinchisi, ayrim uskunasi yoki ehtiyot qismining eskirishi natijasida oldingi konstruksiyada ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini kamaytirish oqibatida vujudga keladi. Ikkinchisi, mashina va uskunalarning quvvati va ish unumdorligining pasayishi hisobiga vujudga keladi.

Asosiy vositalarning jismoniy eskirishi xizmat muddati asosida hisoblanadi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:

bu erda, - haqiqiy xizmat muddati, yil;
- me’yor bo`yicha xizmat muddati, yil
Asosiy vositalardan foydalanish ko`rsatkichlarini shartli ravishda asosan ikki guruhga bo`lish mumkin: umumlashtiruvchi va xususiy ko`rsatkichlar. Umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarga asosan fond qaytimi va rentabellilik kiradi. Umumlashtiruvchi ko`rsatkichlar asosiy vositalarni butun xalq xo`jaligi, tarmoq va korxona miqyosida ifodalaydi. Xususiy ko`rsatkichlarga esa asosan korxona va uning bo`linmalaridagi asosiy vositalardan foydalanishni ifodalaydigan natural ko`rsatkichlar kiradi. Xususiy ko`rsatkichlarga uskunaning ish vaqtidan foydalanish ko`rsatkichlari, uskuna ishining smenalilik koeffisienti kabilarni kiritish mumkin.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling