Рекомендательное письмо


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati


Download 0.6 Mb.
bet27/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.


2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.
3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil.
4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.
5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.
6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003.
7. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.
8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.
9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.
Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin
6-MAVZU. ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI
Reja.

  1. Korxona faoliyatida samaradorlikning o`rni va ahamiyati.

  2. Ihslab chiqarish samaradorligi tushunchasi, mezonlari va ko`rsatkichlari.

  3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari.



Asosiy terminlar: samara, natija, samaradorlik, ishlab chiqarish samaradorligi, samaradorlik mezoni, samaradorlik ko`rsatkichlari, samaradorlikka ta`sir etuvchi omillar.


1. Korxona faoliyatida samaradorlikning o`rni va ahamiyati.

Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi umumiy ko`rinishda ishlab chiqarishning natijasi, jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari o`rtasidagi nisbat bilan ifodalanadi. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirishning ob`ektiv zarurligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichdagi bir qator xususiyatlari va doimiy harakatdagi omillarning yig`indisiga bog`liq. Bir tomondan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish resurslarga bo`lgan talabning o`sib borishi va qiyinlashishi, mahsulot sifatiga bo`lgan talabning kuchayishi, ba`zi ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi, ishlab chiqarish vositalari qiymatining o`zgarishi va boshqalarni ko`rsatib turadi. Boshqa tomondan, jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatini kengaytiradi.


Mamlakatda to`plangan iqtisodiy potensial, fan va texnikaning rivojlanishi, malakali kadrlar, ommaning aktivligi, ularning tajribasi, shuningdek, yuqori pirovard natijalarga ommaning moddiy qiziqishining o`sishi mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishga sharoit yaratadi, tannarxni pasaytiradi va rentabellilikni oshirish imkoniyatlaridan oqilona foydalaniladi.
Korxona iqtisodiyotida samaradorlikning ahamiyati shundan ibotatki, u faoliyat uchun qo`shimcha resurslarni vujudga keltiradi. Samaradorlikni oshirishdan korxona quyidagi manfaatlarga ega bo`ladi:

  • korxonada mulk miqdorini oshirishga va shu asosda iqtisodiy quvvatlarning ham oshishiga olib keladi;

  • korxona ishlovchilarini moddiy rag`batlantirish uchun manba shakllantirish uchun fondlar shakllantirish imkoniyatlari paydo bo`ladi;

  • korxonada mavjud resurslarni tejash va shu asosda qo`shimcha ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishga imkoniyat paydo bo`ladi;

  • samardorlikning oshishi uning boshqa sintetik ko`rsatkichlarini ham o`sishiga asos bo`ladi va shu asosda korxona iqtisodiyatini ham o`sishiga olib keladi.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling