Рекомендательное письмо
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU. KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI.
- Asosiy terminlar
- 1. Aylanma mablag’lar tushunchasi va ularning iqtisodiy tabiati.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:
1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil. 2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil. 3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil. 4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001. 5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992. 6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003. 7. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000. 8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001. 9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997. Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, nlar, yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek, ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin 8-MAVZU. KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI. Reja. Aylanma mablag’lar tushunchasi va ularning iqtisodiy tabiati. Aylanma mablag’lar tarkibi. Korxona aylanma mablag’larini shakllantirish manbalari. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko`rsatkichlari. Aylanma mablag’lar aylanuvchanligini tezlashtirish omillari va yo`llari. Asosiy terminlar: aylanma fondlar, aylanma mablag`lar, aylanma fondlarning tarkibi, aylanma fondlardan foydalanishni baholash, aylanma mablag`lar aylanuvchanligi, aylanma mablag`lar aylanuvchanligini tezlashtirish, aylanma mablag`larni shakllantirish manbalari. 1. Aylanma mablag’lar tushunchasi va ularning iqtisodiy tabiati. Asosiy fondlar bilan bir qatorda korxona faoliyati uchun aylanma mablag`larning optimal miqdorini aniqlash ham katta ahamiyat kasb etadi. Aylanma mablag`lar o`zida aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini yaratish va uzluksiz doiraviy aylanishni avanslashtiradigan pul mablag`larini qamrab oladi. Ishlab chiqarish aylanma mablag`lari o`zida quyidagilarni qamrab oladi: mehnat predmetlari (xom-ashyolar, asosiy materiallar va yarimfabrikatlar, yordamchi materiallar, yoqilg`i, idishlar, ehtiyot qismlar va boshqalar); mehnat vositalari(arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar va instrumentlar); tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari. Muomala fondlariga esa quyidagilar kiradi: tayyor mahsulot zahiralarini yaratish uchun mo`ljallangan korxona mablag`lari; jo`natilgan, ammo puli to`lanmagan tovarlar, shuningdek, hisob-kitob schetlaridagi, boshqa schetlardagi va kassadagi pul mablag`lari. Aylanma mablag`lar korxona mahsulotini ishlab chiqarish vasotishni uzluksiz bo`lishini ta`minlaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishga natural ko`rinishda ishtirok etadi va mahsulot tayyorlash jarayonida to`la iste`mol qilinadi. Ular o`z qiymatlarini to`la mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Muomala fondlari tovarlar muomala jarayoniga xizmat qilish bilan bog`liq bo`ladi. Ular qiymatni shakllanishida ishtirok etmaydi, balki uni tashuvchilar hisoblanishadi. Ishlab chiqarish sikli tugaganidan so`ng aylanma vositalarning qiymati sotishdan kelgan pul tushumi tarkibida bo`ladi. Aylanma mablag`lar o`z harakati davomida uch ko`rinishda bo`ladi: pul, ishlab chiqarish va tovar. Birinchi bosqichda pul mablag`lari ishlab chiqarish zahiralari shakliga keladi. Ishlab chiqarish bosqichini bevosita ishlab chiqarish jarayonini aks ettiradi va tayyor mahsulot yaratish bilan tugallanadi. Uchinchi bosqichda mehnat natijasi avanslashtiriladi. Bu mablag`lar mahsulot sotishdan kelgan tushum hisobiga qoplanadi. Aylanma mablag`lar o`z harakati davomida quyidagi sxemaga mos holda harakat qiladi: D – T … P … T` - D` , Bu yerda D – xo`jalik sub`ekti tomonidan avanslashtiradigan pul mablag`lari; T – ishlab chiqarish vositalari; P – ishlab chiqarish; T` - tayyor mahsulot; D` - o`zida sotilgan mahsulot bo`yicha foydani ham hisobga olgan sotilgan mahsulotdan kelgan pul mablag`lari. (…) – vositalar muomalasi tugagan, ammo aylanish ishlab chiqarish sohasida davom etayotganligini bildiradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling