Rektifikatsiya


Kelgusida spirt xom-ashyosini (distillyatni) tarelkali rektifikatsiya uskunalarida haydash natijasida iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan tozalangan etil spirti olinadi


Download 152.32 Kb.
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi152.32 Kb.
#1698050
1   2   3
Bog'liq
29 mavzu — копия

Kelgusida spirt xom-ashyosini (distillyatni) tarelkali rektifikatsiya uskunalarida haydash natijasida iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan tozalangan etil spirti olinadi.

  • Kelgusida spirt xom-ashyosini (distillyatni) tarelkali rektifikatsiya uskunalarida haydash natijasida iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan tozalangan etil spirti olinadi.
  • Rektifikatsiya uskunalari spirt ishlab chiqarish tizimi tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar hisoblanadi. Shu sababdan, distillyat tarkibidan organik birikmalarni to‘laroq ajratib olish asosida tayyorlanadigan spirtning tozalanganlik darajasini orttirish va sifatini yaxshilash maqsadida rektifikatsiya uskunalari konstruksiyasini takomillashtirish, ularning optimal ish rejimlarini aniqlash va suv bug‘i sarfini kamaytirish borasidagi muammolar yechimini topish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Ko‘p komponentli aralashmalarni rektifikatsiya qilish qurilmalari

  • . Ko‘p komponentli eritmalarni rektifikatsiya qilish sxemasi 10.1-rasmda tasvirlangan. Ushbu sxema ko‘p kolonnali bo‘lib, boshlang‘ich eritmani uzluksiz ravishda uch qism, ya’ni A, V va S komponentlarga ajratishga mo‘ljallangan.
  • Birinchi kolonna aralashmani A+VS yoki AV+S qismlarga ajratadi. Aralashmani n qismga ajratish uchun n-1 rektifikasion kolonnalardan tarkib topgan rektifikasion sxema zarur bo‘ladi.

Davriy ishlaydigan rektifikasion kolonnaning prinisipial sxemasi 10.2-rasmda keltirilgan.

  • Davriy ishlaydigan rektifikasion kolonnaning prinisipial sxemasi 10.2-rasmda keltirilgan.

Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion kolonnaning prinsipial sxemasi 10.3-rasmda ko‘rsatilgan. Boshlang‘ich eritma isitkich 2 da qizdiriladi va kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga uzatiladi. Kolonnadagi qaynatkich 8 ning issiqligi ta’sirida rektifikatsiya jarayoni sodir bo‘ladi, eritma distillyat va kub qoldig‘iga ajraladi. Kolonnadan chiqayotgan bug‘lar deflegmator 4 da qisman yoki to‘la kondensatsiyalanadi. Agar bug‘ to‘la kondensatsiyalansa, hosil bo‘lgan distillyat ajratuvchi moslama 5 da ikki qismiga bo‘linadi.

  • Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion kolonnaning prinsipial sxemasi 10.3-rasmda ko‘rsatilgan. Boshlang‘ich eritma isitkich 2 da qizdiriladi va kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga uzatiladi. Kolonnadagi qaynatkich 8 ning issiqligi ta’sirida rektifikatsiya jarayoni sodir bo‘ladi, eritma distillyat va kub qoldig‘iga ajraladi. Kolonnadan chiqayotgan bug‘lar deflegmator 4 da qisman yoki to‘la kondensatsiyalanadi. Agar bug‘ to‘la kondensatsiyalansa, hosil bo‘lgan distillyat ajratuvchi moslama 5 da ikki qismiga bo‘linadi.
  • Agar, bug‘lar deflegmatorda qisman kondensatsiyalansa, ular kondensator–sovutkich orqali o‘tkaziladi, u yerda kondensatsiyalanadi va sovutiladi. Jarayon mobaynida hosil bo‘layotgan kub qoldig‘i uning qimmatligi va zarurligiga qarab yoki yig‘gichda to‘planadi, yoki oqava suv sifatida utilizatsiyaga yo‘naltiriladi.
  • Odatda, sanoat miqyosida boshlang‘ich eritma uch va undan ko‘p qismlarga ajratiladi.

10.3-rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion kolonna.
1 - yig‘gich; 2 - isitkich; 3 - rektifikasion kolonna; 4 - deflegmator; 5 - ajratuvchi moslama; 6 - sovutkich; 7 - nasoslar: 8 - qaynatkich.

Download 152.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling