Rektifikatsiya va haydash


Download 17.03 Kb.
bet5/8
Sana12.10.2023
Hajmi17.03 Kb.
#1700810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rektifikatsiya va haydash-fayllar.org

Uchuvchanligi past komponent bug`lari kondensator 4 yuzalarida kondensastiyalansa, uchuvchanligi yuqori komponent bug`lari esa kondensator 5 yuzasida kondensastiyalanadi. Birinchi frakstiya kondensator 4 dan taglik 8 ga, ikkinchisi esa zmeevikda kondensastiyalanib taglik 7 ga oqib tushadi. Eritmaning bug`lanmagan qismi esa markazdan qochma kuch tasirida rotor chetidan tarmoqli nov 10 ga toshib o`tadi va qurilmadan chiqarib yuboriladi. Ajratib olingan distillyat, taglik 8 chekkasidagi sekstiya orqali halqasimon yig`gichga, taglik 7 dan esa markaziy sekstiya orqali chiqarib olinadi.

Rektifikatsiya

Suyuqlik aralashmalarini tashkil etuvchi komponentlarga bir necha marta qisman bug`latish va bug`larni kondensastiyalash natijasida ajratishga rektifikatsiya deyiladi.

Odatda, eritmalarni to`la ajratishni faqat rektifikatsiya usuli ta’minlaydi. Bu jarayon nasadkali yoki tarelkali kolonnalarda o`tkaziladi. Kolonnada bug` va eritma qarama - qarshi yo`nalishda harakatlantiriladi va har bir to`qnashish moslamasida bug` kondensastiyalansa, eritma esa bug`ning kondensastiyalanish issiqligi hisobiga qisman bug`lanadi.

Shunday qilib, bug` engil uchuvchan komponent bilan, kolonnadan pastga oqib tushayotgan suyuqlik esa - qiyin uchuvchan komponent bilan boyitiladi. Bug` va eritmaning ko`p marta to`qnashishi hisobiga distillyat butunlay engil uchuvchan, kub qoldig`i esa - qiyin uchuvchan komponentdan tarkib topgan bo`ladi.

Rektifikatsiya jarayonini hisoblashda quyidagi taHminlar qabul qilinadi:

Rektifikatsiya jarayonini hisoblashda quyidagi taHminlar qabul qilinadi:

a) 1 kmol bug` kondensastiyalanish davrida 1 kmol suyuqlik bug`lanadi. Demak, rektifikastion kolonnaning istalgan ko`ndalang kesimida harakatlanayotgan bug`ning miqdori bir xildir;

b) deflegmatorda kondensastiyalanayotgan bug`ning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, rektifikastion kolonnadan chiqib ketayotgan bug`ning tarkibi distillyatnikiga teng (ud = xd) bo`ladi;

v) eritma bug`lanishi davrida uning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, bug`lanish davrida hosil bo`lgan bug`ning tarkibi kub qoldig`inikiga tenglashadi, ya’ni (yw = xw).


Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling