5.36-rasmda aralashmalarni suv bug`i bilan haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan. Boshlang`ich eritma kub 1 ga yuklanadi va uning g`ilofiga suv bug`i yuboriladi. So`ng, kub ichidagi eritmaga barboter orqali kuchli suv bug`i haydaladi. Eritmaning qaynash paytida hosil bo`lgan bug`lar kondensator 2 ga uzatiladi va undan keyin separator 3 da kondensat ajratiladi. Separatordan suv chiqariladi, suvda erimaydigan engil uchuvchan komponent esa maxsus idishga yig`iladi. Odatda bu usul muvozanat bo`lmagan sharoitlarda amalga oshiriladi. Molekulyar haydash Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo`llaniladi. Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo`llaniladi. Ushbu jarayon o`ta past vakuumda, yani bosim 1,31...0,131Pa bo`lgan oralikda olib boriladi. Molekulyar haydash eritmani tashqi yuzasidan bug`latish orqali amalga oshiriladi. Jarayon bir - biriga yaqin o`rnatilgan bug`latish va kondensastiyalash yuzalarida ro`y beradi. Shuni aloHida ta’kidlash kerakki, ular orasidagi masofa odatda 20...30 mm, yani molekulalarning erkin harakati uzunligidan kam bo`lishi kerak. Bunday holatda issiq yuzadan ko`tarilayotgan engil uchuvchan komponent molekulalari sovuq yuzaga urilishi bilan kondensastiyalanadi. Bug`lanish va kondensastiyalanish yuzalari o`rtasidagi temperaturalar farqi 100°S atrofida. 5.37-rasmda molekulyar haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan. Boshlang`ich eritma qurilmaga truba 2 orqali rotor 1 ning tubiga uzatiladi. Rotordagi eritma markazdan qochma kuch tasirida konus yuzasi bo`ylab yupqa qatlam holida tarqaladi. Bug`lanish yuzasidan ajralib chiqkan molekulalar kondensastiyalanish yuzasiga qarab yunaladi. Boshlang`ich eritma qurilmaga truba 2 orqali rotor 1 ning tubiga uzatiladi. Rotordagi eritma markazdan qochma kuch tasirida konus yuzasi bo`ylab yupqa qatlam holida tarqaladi. Bug`lanish yuzasidan ajralib chiqkan molekulalar kondensastiyalanish yuzasiga qarab yunaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |