5.43-rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikacion kolonna. 5.43-rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikacion kolonna. 1 – yig`gich; 2 - isitkich; 3 - rektifikacion kolonna; 4 - deflegmator; 5 - ajratuvchi moslama; 6 - sovutkich; 7 - nasoslar: 8 - qaynatkich. Birinchi qism - flegma suyuqlik tambasi orqali o`tib kolonnaning yuqori tarelkasida purkaladi, ikkinchi qismi esa - distillyat sovutkich 6 dan o`tkazilib sovutiladi va yig`gich 1 da to`planadi. Agar, bug`lar deflegmatorda qisman kondensastiyalansa, ular kondensator–sovutkich orqali o`tkaziladi, u erda kondensastiyalanadi va sovutiladi. Jarayon mobaynida hosil bo`layotgan kub qoldig`i uning qimmatligi va zarurligiga qarab yoki yig`gichda to`planadi, yoki oqava suv sifatida utilizastiyaga yo`naltiriladi. Odatda, sanoat miqyosida boshlang`ich eritma uch va undan ko`p qismlarga ajratiladi. Davriy ishlaydigan rektifikastion kolonnaning prinistipial sxemasi 5.45-rasmda keltirilgan.
Davriy ishlaydigan rektifikastion kolonnaning prinistipial sxemasi 5.45-rasmda keltirilgan.
Boshlang`ich aralashma bug` bilan isitilayotgan qaynatkichga uzatiladi. Qaynash temperaturasigacha isitilgan aralashmaning bug`lari rektifikastion kolonnaning pastki qismiga yuboriladi. Kolonna bo`ylab tepaga ko`tarilayotgan bug`lar engil uchuvchan komponent bilan boyib boradi, so`ng esa deflegmatorga tushadi. U erda kondensastiyalanadi. Xuddi uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiya sxemasidek, kondensat flegma va distillyatga ajraydi. Qurilmadagi kub qoldig`i to`kiladi va u yangi boshlang`ich aralashma bilan to`ldiriladi. 5.45-rasm. Davriy ishlaydigan rektifikacion kolonna shemasi. 5.45-rasm. Davriy ishlaydigan rektifikacion kolonna shemasi. 1 - qaynatkich; 2 - kolonna; 3 - deflegmator; 4 – sovutkich ; 5 – yig`gich. Neftni qayta ishlash - Neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqa bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |