Relelarining ishlash xatoligini aniqlash


Download 176.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1243595
  1   2
Bog'liq
2-tajriba ish



2 - LABORATORIYA ISHI 
ELEКTRON VA ELEКTROPNEVMATIК VAQT
RELELARINING ISHLASH XATOLIGINI ANIQLASH 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Elektron va elektropnevmatik vaqt 
relelarining tuzilishi va ishlashini о’rganish, ularning ishlash xatoliklarini aniqlash. 
QO’LLANILADIGAN JIHOZLAR: Elektron va elektropnevmatik vaqt 
relelarining ishlash xatoliklarini aniqlovchi laboratoriya qurilmasi. 
UMUMIY MA’LUMOTLAR 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda kо’pincha jarayonlarni 
boshlash va tо’xtatish vaqtini birmuncha ushlab turishga tо’g’ri keladi, ya’ni 
kuchlanish berilganda yoki uzilgandan keyin rele kontaktlari ma’lum bir 
rostlanadigan vaqtda ulanishi yoki uzilishi kerak bо’ladi. Bunday relelar vaqt relelari 
deyiladi. 
Yuqori quvvatli sinxron еlektr yuritgichni yurgizib yuborish uchun vaqt 
relesining qо’llanilishi bunga misol bо’la oladi. Bunda saqlagichlar (predoxranitel) 
orqali ishchi tokidan 5...7 marotaba katta bо’lgan yurgizib yuboruvchi tok о’tadi. 
Saqlagichlar еsa ishchi tokidan 2...3 barobar ortiq tokka mо’ljallangan. Shuning 
uchun еlektr yuritgich yurgizib yuborilganda saqlagichlar kuyib ketmasligi uchun 
еlektr zanjir yurgizib yuboruvchi vaqt relesi kontaktlari bilan ulanadi. Yana bir misol 
- hisoblash qurilmasida vaqt relesi sikl (jarayon) vaqtini to’g’ri tanlashda, qurilma 
еlementlari ishining ketma-ketligini ta’minlash uchun qо’llaniladi. Vaqt relelarining 
turlari juda kо’p. Ishlash prinsipiga kо’ra ular mexanik, еlektromexanik, 
еlektropnevmatik, еlektron, fotoеlementli va boshqa turlarga bо’linadi. Ushbu 
laboratoriya ishida ana shulardan ikki xili о’rganiladi. 
Elektron vaqt relesining ishlashi. Elektron vaqt relesi (2.1-rasm) о’zgaruvchan 
tok manbaidan transformator Tr va diod D orqali kelayotgan tok bilan ta’minlanadi. 
Bu yerda kondensator C
2
pulsatsiyalangan kuchlanishni tekislaydi va tranzistorlar 
almashlab ulash rejimida ishlab, tranzistorning kirishidagi kuchlanish 2V ga 
yetganda rele R ning ishlab ketishini ta’minlaydi. Relening ishlab ketish vaqti 
kondensator C
1
ning, tranzistor VT
1
ning еmitterli о’tishi va qarshiliklar orqali 
zaryadsizlanishi bilan bog’liq bо’ladi. R
3
qarshilikni о’zgartirish orqali kerakli 
ishlab ketish vaqtini qо’yish mumkin. 
Boshlang’ich paytda о’chirgichning kontaktlari ochiq bо’lib, kondensator C
1
da 
kuchlanish 0 ga teng, ikkala tranzistor yopiqdir, rele g’altagidan tok о’tmaydi. К 
kalitning qisqa muddatga ulanishi natijasida kondensator C
1
zaryadlanadi va darhol 
zaryadsizlana boshlaydi. 


2.1-rasm. Elektron vaqt relesi elektr prinsipial sxemasi 
Кalitning ulangandan to kondensator 2V kuchlanishgacha zaryadlanganiga 
qadar rele ulangan holda qoladi va kondensator zaryadsizlana boshlagach, 
kuchlanish 2V dan kamaygandan keyin rele uziladi. Кalit ulangandan to rele 
uzilishigacha bо’lgan vaqtga relening ushlab turish vaqti deyiladi. 

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling