Relelarining ishlash xatoligini aniqlash


Elektropnevmatik vaqt relesining ishlashi


Download 176.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana07.03.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1243595
1   2
Bog'liq
2-tajriba ish

Elektropnevmatik vaqt relesining ishlashi(2.2-rasm). Chulg’amga kuchlanish 
berilgach, hosil bо’lgan еlektromagnit kuch (EMК)ning qiymati prujinaning 
еlastiklik qarshilik kuchini yengib, yakor 2 ni о’zak 1 ga tortadi va prujina 3 ning 
chо’zilishiga olib keladi. О’z navbatida prujina kuchi ta’sirida silindr 4 da 
joylashgan porshen 5 siljib, havoni silindrning chap qismidan о’ng qismiga hayday 
boshlaydi va bu havo kanal bo’ylab drossel 7 orqali о’tadi. Drosselning holati 
relening ishlab ketish vaqtini belgilaydi. Uning holatini о’zgartirib ishlab ketish 
vaqtini turlicha qо’yish mumkin. Bu vaqt shtok 6 ning siljishi tufayli kontakt 8 
ulanganda tugaydi. 
2.2-rasm. Elektropnevmatik vaqt relesi sxemasi 
Yuqorida kо’rilgan rele konstruksiyalarida belgilangan vaqtni qay darajada aniq 
ushlab turishni belgilovchi sabablar bor. Elektropnevmatik vaqt relelarida bular 
porshen va drossel zichlagich larining ahvoli, havo harorati, prujina parametrlari va 
chulg’am kuchlanishlarining xatoliklaridir. Elektron vaqt relelarida esa kuchlanish 
berilishining va tranzistor parametrlarining о’zgarishi. Bu sabablar ushlab turish 
vaqtining belgilangan va ayni qiymatlari orasida farq - xatolik hosil qiladi. 
Laboratoriya qurilmasining tuzilishi. Laboratoriya qurilmasi еlektron va 
еlektropnevmatik vaqt relelari о’rnatilgan stenddan iborat. Qurilmani еlektr 
manbaiga ulash uchun PК1 ulagichi, о’lchash uchun PК2 ulagichi xizmat qiladi. 
Relelarning ushlab turish vaqtlarini belgilash uchun qurilmada еlektrosekundomer 
о’rnatilgan. 


Quyida keltirilgan formulalar yordamida vaqt relelari о’rnatilgan qurilmaning 
ishlash xatoliklari aniqlanadi: 
О’rtacha ushlab turish vaqti:
T
о’rt
= t
1
+ t
2
+ t
3
... + t
i
/ n , s. 
bunda 
n - о’lchashlar soni; 
t
1
, t
2
,...t
i
- ushlab turish vaqtlari. 
Rele qurilmasining absolyut xatoligi 

t = t
max
- t
min
t
max
- maksimal ushlab turish vaqti, s; 
t
min
- minimal ushlab turish vaqti, s. 
Relening nisbiy xatoligi 



t / t
о’rt
TAJRIBA NATIJALARI JADVALLARI 
2.1-jadval 
Elektron vaqt relesi uchun
№ 1 








10 
t,s 10 21 28 31 36 38 40 42 44 46 
t,s
12 18 20 22 24 26 28 30 32 34 
t,s

14 16 18 22 26 28 34 36 38 
t,s

12 18 26 28 30 32 36 38 40 
t,s
14 20 22 24 36 28 30 32 34 36 
t,s
18 24 26 28 30 32 34 38 40 42 
t,s
22 28 32 36 38 40 42 44 46 48 
t,s
16 18 26 28 34 36 38 42 46 48 
t,s
20 22 24 26 28 30 32 34 36 38 
t,s
24 26 28 30 32 34 36 38 40 44 
t,s
26 30 36 38 40 42 44 46 48 50 
t,s
28 34 36 42 44 46 48 50 52 54 
t,s
30 32 34 36 38 40 42 44 46 48 
t,s
32 36 42 46 48 50 52 54 56 58 
t,s
34 38 42 48 50 52 54 56 58 60 
t,s
36 38 40 42 46 48 50 52 54 56 
ISHNI BAJARISH TARTIBI 


1. Vaqt relelarining ishlash prinsiplari о’rganiladi. 
2. Tekshirilayotgan rele uchun 60 sekunddan kо’p bо’lmagan ushlab turish 
vaqti о’rnatiladi. 
3. Tekshirilayotgan rele ulagich yordamida manbaga ulanadi. 
4. Tugmachani bosib еlektrosekundomer hisoblashni tugallamaguncha ushlab 
turiladi. 
5. Tajriba har bir vaqt relesi uchun 10 marotaba qaytarilib, natijalari 2.1 va 
yoziladi. 
BAJARILGAN ISH BО’YICHA HISOBOT MAZMUNI 
1. Vaqt relelarining sxemalari va ular haqida qisqacha ma’lumot. 
2. Tajriba natijalari. 
3. Xulosa. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Elektron vaqt relesining ishlash tartibi. 
2. Elektropnevmatik vaqt relesining ishlash tartibi. 
3. Vaqt relelarining qо’llanilish obyektlari. 
4.Vaqt relelarining ishlash aniqligini belgilovchi xususiyatlar. 

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling