Renessans ta’lim universiteti o‘qisн darslarida ertak o‘tisн uslubiyоti (3-sinf) mavzusidagi kurs ishi bajardi


Download 129.97 Kb.
bet6/10
Sana14.05.2023
Hajmi129.97 Kb.
#1461344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
o\'qish darslarida ertaklarni o\'qitilish uslubiyoti 3 sinf 2

1.Tayyorlov bosqichi. Bu l-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi - 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun „STO' mashg'uloti" deb yuritiladi. Uning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, o'qituvchi asarni o'zi tanlaydi. asarning kichik hajmda bo'lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e'tibor beradi. Asarni o'qituvchining o'zi o'qib beradi. O'quvchilar asarni eshitis-hga, eshit-ganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga o'rgatiladi. Bu bosqichda o'quvchilar o'qish gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo'lish bilan tanishadilar.
2. Boshlang'ich bosqich. Bu l-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar
muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.
Tanlangan asar (kitob) yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so'ng o'qitiladi. Asarning oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan o'quvchilarga o'qitish ham mumkin. Bu ularda o'qishga qiziqish uyg'otadi. Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim.
Boshlang’ich bosqichda sinf ushun umumiy bo’lgan kitob sinfdan tashqari o’qish darsida o’qib beriladi; uyga vazifa har bir o’quvchiga individual yondashgan holda topshiriladi. Darsda o’qish uchun beriladigan vazifalar ham individuallashtiriladi: «bo’sh» o’quvchilar gap qurilishi sodda, notanish so’zlari bo’lmagan kichik bir qismni o’qiydilar. Boshlang’ich bosqichning oxirida o’quvchilarning o’qish malakalari ancha stabillashadi. Bolalar so’zlarni sintetik
o’qishga, ayrim o’quvchilar tekis va ifodali o’qishga o’tadilar. O’quvchilar o’rtasidagi individual farq ancha kamayadi. Bolalarning o’quv ishidagi tajribasi ortadi. Bularning hammasi bolalarni keyingi bosqichga o’tishga imkoniyat yaratadi.

Download 129.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling