Renessans ta’lim universiteti o‘qisн darslarida ertak o‘tisн uslubiyоti (3-sinf) mavzusidagi kurs ishi bajardi


Kurs ishning maqsad va vazifalari


Download 129.97 Kb.
bet2/10
Sana14.05.2023
Hajmi129.97 Kb.
#1461344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
o\'qish darslarida ertaklarni o\'qitilish uslubiyoti 3 sinf 2

Kurs ishning maqsad va vazifalari. Xalq ertaklari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini topadi, desak xato bo’lmaydi. Boshlang‘ich sinflarda bu janrda yaratilgan asarlarni o‘rganish, g‘oyasi, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchi ongiga chuqurroq singdirish uchun o‘qish darslari bilan chegaralanib qolmay, balki sinfdan tashqari o‘qish darslarida ham ishlash zarur. Sinfdan tashqari o‘qqish darslarida ertaklarni ustida ishlashni ko‘rsatib bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi hisobanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi:
- boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining maqsadi, vazifalari va ahamiyatini o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarining hajmi va ularga qo‘yilgan talablar bilan tanishish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish usullari va shakllarini o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash tizimi va usullarini o‘rsatib berish;
- ertak janri va ertaklarning turlarini o‘rgani;
- boshllang‘ich sinflarda ertak ustida ishlash tizimini ko‘rsatish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar yordamida o‘quvchilarda vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik tuyg’ularini hakllantirish.
Kurs ishining predmeti: boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini samarali tashkil etish.
Kurs ishining obyekti: sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash.
Kurs ishining metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, davlat hujjatlari, shuningdek, boshlang`ich ta`lim bo`yicha Davlat ta`lim standartlari, “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi”, ona tilidan o`quv dasturlari, maktab darsliklari, boshlang`ich sinflarda maktab darsliklarini yaratish mezonlari, pedagogika, psixologiya va ona tili o`qitishning nazariy asoslarini tashkil etadi.
Kurs ishining metodlari: boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o`qish darslarida ertaklarni tahlil qilishga doir nazariy va metodik adabiyotlarni o`rganish va ular asosida darslarni tashkil etish..

Download 129.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling