Rentgen va gamma nurlari bilan nazorat qilish
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Apparatura va materiallar
t - tanlangan fokus masofa F, sm dagi yoritish vaqti; t
0 - nomogramma bo’yicha olingan fokus masofa F 0, sm, dagi yoritish vaqti. Fokus o’lchami qanchalik kichik bo’lsa, suratda nuqson tasvirining relьefi shunchalik aniq bo’ladi, yarim soya sohasi shunchalik kichik, nazorat sezgirligi shunchalik yuqori bo’ladi. Kuchaytiruvchi ekranlar. metall ekranlardan foydalanish manbai nazorat qilinayotgan materialning o’zi hisoblangan ikkilamchi nurlanish ta’sirining kamayishi bilan shart qilingan sezgirlikning biroz oshishini ta’minlaydi. Yoyilgan ikkilamchi nurlanish ob’ekt tasvirining aniqligini va kontrastligini kamaytiradi. Qo’rg’oshinga o’xshash og’ir elementlardan yoyiq nurlanish nisbatan uncha katta emas, ularga o’ziga xos filьtr vazifasini bajaradi, ayniqsa past energiyalarning birlamchi nurlanishlari uchun. Kuchaytiruvchi ekranlarning po’latni - nurlari bilan yoritishda Eu 154 radiografik uslubning sezgirligiga ta’siri 1 - fluorestsent ekranlar, 2 - ekransiz; 3 - metall ekranlar (qo’rg’oshin 0,1mm) Plyonka turi. Donasining o’lchami va nurlanishga reaktsiyasiga bog’liq bo’lgan plyonkaning turiga bog’liq holda boshqa teng sharoitlarda (nurlanish energiyasi, materialning jinsi va qalinligi) radiografik nazoratning sezgirligi 0,5% (RT-5) dan 3% (RT-2) gacha o’zgrishi mumkin. Yaxshi sezgirlikni ta’minlovchi plyonkalar mayda donali tuzilishga va nurlanishga nisbatan kuchsiz reaktsiyaga ega, ammo yoritish uchun ko’proq vaqtni talab etadi. Apparatura va materiallar Rentgen va gamma nurlanishlarni olish hamda foydalanish uchun turli hil radiatsion texnik: rentgen apparatlari, gamma-apparatlar, chiziqli tezlatgichlar va betatronlar qo’llaniladi. Rentgen apparatlari. Umumiy ko’rinishda rentgen apparati himoya g’ilofidagi rentgen trubkasidan, yuqori volьtli generatordan va boshqarish pulьtidan iborat. Yuqori volьtli generator yuqori volьtli transformator, trubkaning cho’g’lanma transformatori va to’g’irlagichdan iborat. Boshqarish pulьtiga odatda avtotransformator, kuchlanish va tok regulyatori, o’lchov asboblari signal sistemasi va boshqarish sitemasi kiradi. Radiatsion defektoskopiya amaliyotida doimiy yuklanishli apparatlar va impulьsli apparatlar qo’laniladi Doimiy (o’zgarmas) yuklanishli apparatlar o’z navbatida monobloklarga va kabel turidagi apparatlarga bo’linadi. Rentgen trubkasi va yuqorivolьtli transformatori bo’lgan apparatlar-monobloklar moy quyilgan yoki gaz to’ldirilgan yagona blok-transformatorlarga montaj qilingan. Bunday apparatlarga asosiy talablar minimal gabarit o’lchamlar va massa Rentgen apparatlarning tavsifi Apparat turi Trubka dagi kuchlanish, kV Trub kadagi tok, mA Foku s masofa o’lchovi, mm Appa rat massasi, kg Yoritil adigan po’latning qalinligi, mm Monobloklar RUP-120-5 50 – 120 5 2 2 75 25 RUP-200-5 70 – 200 5 2 2 110 50 RUP-400-5 250 – 400 5 7 600 120 RUP-160- 10P 50 – 160 10 1,3 4 60 40 Kabelli RUP-100-10 10 – 100 10 1 1 200 30 RUP-150-10 (ikkita trubka) 35 – 100 10 2 5 0,3 670 45 RUP-150- 300-10 (uchta trubka) 35 – 300 10 10 2 4 4 5 0,3 1000 70 RAP- 150/300-01 (to’rtta trubka) 35 – 300 2 10 0,3 4 4 800 70 Impulьsli RINA-1D 100 – 3 12 10 RINA-2D 300 – 3 15 20 RINA-3D 400 – 4 46 40 MIRA-2D 200 – 3 15 20 MIRA-3D 300 – 4 25 40 tasvirning aniqligiga ta’siri tasvirning aniqligiga ta’siri tasvirning aniqligiga ta’siri tasvirning aniqligiga ta’siri Bunga erishish uchun nurlanish sifati va uzluksiz ishlash davomiyligi kabi nazorat qilish jarayoning bunday muhim ko’rsatkichlari bag’ridan o’tiladi. Bu hol quyidagilar bilan izohlanadi. Apparat-monobloklarda odatda eng oddiy sxema qo’llaniladi yarim to’lqinli ventilsiz, unda to’g’irlagich sifatida rentgen trubkasining o’zi hizmat qiladi. Trubkaga tok bevosita yuqori kuchlanish transformatordan uzatiladi, u birinchi yarimdavr mobaynida tokni faqat bir yo’nalishda o’tkazadi, keyin esa ikkinchi yarimdavr vaqtida tokni berkitib, to’g’irlagich sifatida ishlaydi. Bunday sxemaning qo’llanilishi trubkasining ishlash muddatini qisqartiradi. Rentgen apparati manbaiining umumiy (a) va bloksxemalari (b); 1 - transformator Tr, 2 - truba RT, 3 - rentgen nurlanish, 4 - kojux. Unifikatsiyalangan boshqarish pulьtlari bilan komplektlanuvchi monoblok apparatlarning umumiy qatori ishlab chiqarilmoqda. Bu apparatlarga dala va montaj sharoitlarida ishlash uchun ixcham (kichik apparatlar ham (masalan, RUP-120-5, RAP-160-6P, RUP-200-5, RAP-220-5N, RAP-300-5N), barqaror yuqori volьtli apparatlar ham kiradi (masalan, RUP-400-5). Monobloklar ko’pincha nurlatkichni boshqarish pulьtidan katta masofaga (30m gacha va undan ortiq) uzoqlashtirish va nurlatkichning katta manevrli bo’lishiga erishish talab qilingan joylarda qo’llaniladi. Magistral truboprovodlarni nazorat qilish uchun maxsus mo’ljallangan RAP-160-6P apparati bunga mos misol bo’lishi mumkin. U panoramali nurlanish maydonini hosil qiladi, bu esa appartni quvur ichiga joylashtirganda bitta ekspozitsiyada quvurlarning halqali choklarni yoritishga imkon beradi. Kabelь turidagi apparatlar mustaqil gennerator qurilmasidan, rentgen trubkasi va boshqarish pulьtidan iborat. Kabelь turidagi apparatlarda odatda, ikkita to’g’irlagichli ikkilangan kuchlanishli sxemalar qo’llaniladi Kuchlanishning manfiy yarimdavri vaqtida S 1 va S 2 kondensatorlar V 1 va V 2 to’g’rilagichlar orqali amplituda qiymatigacha zaryadlanadi. Musbat yarimdavr kelishi bilan ular transformatorning ikkilamchi chulg’ami bilan ketma ket ulangan bo’ladi va trubka anodidagi kuchlanish ikki marta ortadi. Rentgen nurlanishning chiqishi yarimdavr mobaynida yuz beradi. Bunday turdagi apparatlar odatda ko’chuvchi qilib chiqariladi va tsex hamda laboratoriya sharoitlarda ishlash uchun foydalaniladi (maslan, RUP-150-10, RUP-150/300-10, RAP-150-7, RAP-150/300-10). Bu sinfdagi apparatlarda RUP- 100-10 rentgen trubkasining yengil (6 kg) himoya g’ilofi bilan ta’minlangan. Nurlanish blokining massasi kichikligi va yuqori volьtli generatorni va boshqarish pulьtini rentgen trubkasidan uzoqroq (10m gacha) masofaga o’rnatish mumkinligi RUP-100-10 apparatidan borish qiyin bo’lgan joylarni nazorat qilish uchun foydlanishga imkon beradi. Kabelь apparatning printsipal (umumiy) (a) va bloksxemalari (b); 1 - transformator, Tr, 2 - rentgen trubkasi, 3 - rentgen nurlanishi, 4 - to’g’irlagich, 5 - kondensatorlar Impulьsli rentgen apparatining printsipial (a) va blok-sxemalari (b) 1 - transformator Tr 1 , 2 - to’g’rilagich V, 3 - kondensator S, 4 - elektron kalit, EK, 5 - impulьsli transformator, Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling