Repetitsion test topshiruvchilar uchun savollar kitobi


Download 227.31 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi227.31 Kb.
#1374088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nemis tili ona tili tayyor uzb guruh

ONA TILI VA ADABIYOT

61. Qaysi gapda vergul ikki o‘rinda tushib qolgan?


A) Aytadirlar: “Fazilat nasl-u nasab bilan emas
balki odob bilan topiladi” .
B) Xalqimizning o‘ziga xos tabiatini lutfkorligini
urf-odatlarini hammamizga jonday aziz
bo‘lgan bu so‘zsiz tasavvur qila olmaymaiz.
C) Suv − ilohiy ne’mat uni tozalash uchun
avvalo suvga bo‘lgan munosabatni
o‘zgartirish kerak.
D) Sukut eta olmasangiz so‘zlang lekin qisqa
aniq ma’noli so‘zlashga harakat qiling.

62. Ish bizni uch illat: zerikish, qusur va muhtojlikdan xalos etadi.


Ushbu gapdagi gap bo‘laklari haqida berilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklarning ikki xil
turkumga mansub so‘zlar bilan ifodalanishi
kuzatiladi.
B) Ushbu gapdagi vositasiz to‘ldiruvchining
vositali to‘ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapdagi to‘ldiruvchilarning hokim
bo‘lakka faqat kelishiklar yordamida
bog‘lanishi kuzatiladi.
D) Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklar tub va
yasama so‘zlar bilan ifodalanishi kuzatiladi.

63. Berilgan qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga chiqish


kelishigi qo‘shimchasini qo‘llab bo‘lmaydi?
A) Kechagi voqealar... asta-sekin so‘zlab berar
ekan, suhbatdoshlarining hammasi uni
qiziqib tinglay boshladi.
B) Fuqarolar yaxshi fazilatli shohlar... taqlid
qilishadi, xuddi shuningdek, yomon
xulqlilaridan ham o‘rnak olishadi.
C) Stol ustida turgan kitoblar... bittasi ko‘ziga
issiq ko‘rindi va uni asta qo‘liga olib varaqlay
boshladi.
D) Boy bo‘lganda boshqalarni unutib qo‘ygan
kishi... do‘stlari yuz o‘girib ketadi, buni
esingda tut.

64. Qaysi javobda metafora usulida ma’nosi


ko‘chgan so‘z ajratib ko‘rsatilgan?
A) G‘amgin qoyalar yigitning yosh umriga
zomin bo‘lgan kabi boshini quyi solgan edi.
B) Tog‘lardan shovullab oqib tushayotgan
suvlar birlashib daryo hosil qilgan edi.
C) Fuzuliyni oldim qo‘limga.
Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi.
D) Gunohi ne edi bu tilla boshning?
Gunohi ne edi porloq quyoshning?

65. Asarning har bir satrini sinchkovlik bilan o‘qir,


go‘yo ulug‘ shoir qalamidan to‘kilgan javohirlarni terib olgani intilar edi.
Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishlar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu gapda tobe qismi ravish bilan
ifodalangan so‘z birikmasi mavjud.
B) Ushbu gapda hokim qismi olmosh bilan
ifodalangan so‘z birikmasi mavjud.
C) Ushbu gapda hokim qismi sifat bilan
ifodalangan so‘z birikmasi mavjud.
D) Ushbu gapda tobe qismi fe’l bilan
ifodalangan so‘z birikmasi mavjud.

66. Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida


shoir Nazrul Islomning:
“Bu she’rmas sira. . . ”,
“. . . Qani she’rda gullar raqsi?
Qani bulbul navosi?..
Bu she’r Sharqqa xosdir nahot?
Na ishqiy,
Na rindona. . .
Bunday ash’or Sa’diyga yot,
Hofiz uchun begona. . . ” − deya tanqid qilingan
she’rlari qanday mavzuda edi?
A) shoirning tasavvufiy ruhda yozgan she’rlari
B) shoirning o‘z onasiga atab yozgan she’rlari
C) shoirning ingliz bosqinchilarini madh etib
yozgan she’rlari
D) shoirning insonlarni erk uchun kurashga
da’vat etuvchi she’rlari

67. Quyidagi qaysi ma’lumot Lutfiy hayoti va


ijodiga oid emas?
A) Ushbu ijodkor qalamiga mansub “Xoh inon,
xoh inonma” g‘azali ta’sirida Boborahim
Mashrab ham bir tazmin g‘azal yaratgan.
B) Ushbu ijodkor haqida Alisher Navoiy:
“. . . To‘qson to‘qqiz yoshida olamdan o‘tdi.
Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi”, −
deya ta’rif keltiradi.
C) Ushbu ijodkor qo‘lyozmasining oxirida
“Devoni Shayxzoda . . . ” degan qayd uning
shayxlar oilasidan kelib chiqqanidan dalolat
beradi.
D) Uzoq yillar mobaynida “Gul va Navro‘z”
dostoni ushbu ijodkorga nisbat berib kelindi,
ammo tadqiqotlar bu asar Haydar Xorazmiy
qalamiga mansub ekanligini ko‘rsatdi.

68. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub


“Ustina” radifli g‘azal badiiy tahliliga oid
quyidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) Ushbu g‘azalda kechasi bilan tiriklik suvi
qaynab chiqadigan buloq bo‘yida tunagan
oftobning tongdan ma’shuqa boshiga
zarra-zarra zar sochishi husni ta’lil sifatida
keltirilgan.
B) Ushbu g‘azal Muhammad Rahimxonning
taxtga chiqishi munosabati bilan tabriknoma
sifatida yozilgan.
C) Ushbu g‘azalda shoirning adolat haqidagi
qarashlari Yusuf Xos Hojibning adolat
haqidagi fikrlariga hamohang tarzda
ifodalangan, ya’ni shohning karami va adolati
quyosh nurlariga qiyoslangan.
D) Ushbu g‘azalda shohga o‘zining zabun
holidan arz qilish uchun ko‘z yoshlariga
toya-toya borayotgan lirik qahramon holati
mubolag‘ali tarzda keltiriladi.

69. Voy, bolajonim-ey, yarashdi, qulluq bo‘lsin,


yaxshi kunlaringga buyursin!
Ushbu gapdagi buyursin so‘zi qaysi gaplarda
ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan shakldoshlik hosil
qiladi?
1. Xushro‘yga ayt, xizmatchini o‘choq boshiga
buyursin-da, o‘zi dahlizga chiqsin.
2. Qani, buyursin, janob, yana qanday xizmat
bor bizga?!
3. Qo‘sha qaringlar, o‘g‘illaringizga ham
shunaqa sarpolar buyursin, kam bo‘lmang!
4. Bu matohingiz o‘zingizga buyursin, menga
hech keragi yo‘q.
A) 2, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 4

70. Qaysi javobda Oybekning “Navoiy romanidagi


voqealar bayoni berilgan?
A) Asardagi adabiy qahramon rus shaharlaridan
Shamay safari taassurotlari haqida so‘zlar
ekan, u yerdagi idora ishlarini ko‘rib, o‘z
yurtidagi idora ishlarining xuddi bir
o‘yinchoq kabi ekanligiga iqror bo‘lganini
ta’kidlaydi.
B) Asarda Qumariq qishlog‘idagi odamlar va
ikki boy o‘rtasida bo‘lgan janjal tufayli bir
amaldorning amalidan ajralishi voqealari
bayoni berilgan.
C) Asarda o‘zini din-u diyonatli tutadigan,
ammo yosh bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘g‘irlikka da’vat etadigan, birovning haqidan
hazar qilmaydigan eshonning kirdikorlari
ham bayon etilgan.
D) Asardagi adabiy qahramon o‘z yurtida
shunday bir kutubxona yaratish niyatida
ekanligini, unda jahondagi barcha ilmlar
bitilgan kitoblar jam bo‘lishini istashi haqida
o‘z ukasiga so‘zlab beradi.

71. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?


A) Darhaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha
chiqib keta olmaysan.
B) Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tamosha qilishdi.
C) Vatan muqaddas tushincha sanaladi.
D) Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib
qolishibdi.

72. Qaysi gapda tovush o‘zgarishi bilan yozilgan


ot+ot tipidagi qo‘shma sifat qatnashgan?
A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi.
B) Achchiq ko‘z yoshlarin ichiga yutdi,
Ilojsiz hayotning qo‘lidan tutdi.
C) U o‘zining shirinso‘zligi bilan boshqalardan
ajralib turardi.
D) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo‘llanib
kelingan.

73. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i harfi


yoziladi?
1) geol...g; 2) muol...ja; 3) tabi...y; 4) muom...la; 5) sur...shtirmoq; 6) munos...bat
A) 1, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 3, 5 D) 5, 6

74. Aqlli va til-zabonli, kiyim-boshi po‘rim va o‘zicha madaniyatli kimsalar u(inson)ni urib o‘ldirishga chog‘langan bo‘lsalar, o‘sha − til-zaboni yo‘q, ongsiz hayvon sanalmish ot o‘z do‘stini o‘limdan asrab qoladi. Bir so‘z bilan aytganda, odamni o‘zi singari odam zulmidan himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot


faqat hayvonda qoladi!..
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A) "Ot kishnagan oqshom" (Tog‘ay Murod)
B) "Uloqda" (Abdulla Qodiriy)
C) "Yovvoyi yo‘rg‘a" (Ernest Seton-Tompson)
D) "Do‘nan" (Turob To‘la)

75. Qaysi maqoldagi yasama so‘zlarning barchasi


bir xil so‘z turkumiga mansub?
A) Yolg‘onchi yolchimas,
O‘g‘ri boyimas.
B) Notinch elning tog‘i qular,
Tinch elning bog‘i gullar.
C) Sevgining bahori bilan shodlanma,
Yoz-u qishi ham bordir.
D) Yig‘lab-yig‘lab marza olsang,
O‘ynab-o‘ynab sug‘orasan.

76. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” tragediyasida Alomat tilidan: “G‘urur, qadr-qimmatingiz-chi? Mundoq o‘ylab ko‘ring, biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Yo‘q, axir! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz. “Ulug‘lar”ga tayyorlangan dasturxonga yaqinlasha olmaysiz, iloji boricha o‘sha tomonga qaramaslikka tirishasiz. Chunki “mehnatkash”


degan mansab bilan to‘rga chiqolmasligingizni yaxshi bilasiz! Shlyapa kiyib, galstuk taqqan ketmondasta ham sizni haqoratlashi, tahqirlashi mumkin! Alam qilmaydimi?” − deya adabiy qahramon ruhiyati talqin qilinadi.
Ushbu suhbat matnida muallifning qanday badiiy maqsadi ifodalangan?
A) Ushbu parchada kelajakdan umidi so‘ngan,
o‘zligidan ayrilgan millat fojiasi aks etgan.
B) Muallif Qo‘chqor misolida astoydil mehnat
qilishga bo‘yni yor bermaydigan, og‘ir
mehnatdan qochib kun ko‘radigan yengiltak
insonlarni tanqid ostiga oladi.
C) Ushbu parchada Qo‘chqorni odam o‘rnida
ko‘rmay qo‘ygan qishloqdoshlari tanqid qilingan.
D) Ushbu parchada to‘kin-sochin dasturxonni
ko‘rganda havas qilsa-da, dangasaligi tufayli
och-nahor yashayotgan kishi ayblangan.

77. Muallif gapi qismi qolipidagi ergashgan qo‘shma gap sanaladigan ko‘chirma


gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Savoliga javob bermadim, shu sababli: “Qani,
yana bir maslahatlashib ko‘raylik-chi”, −
dedi mendan noroziligini bildirish uchun.
B) Bir donishmand bunday kishilar haqida:
“Ular nasihatni tinglamaydilar, shuning
uchun dunyodagi eng baxtsiz odamlardir”, −
degan edi.
C) “Dunyoning o‘tkinchiligini anglasang,
shuning o‘zi komil inson bo‘lishing uchun
yetarlidir”, − deb yozgan edi hassos shoirimiz.
D) Bobom hamisha: “Kimki o‘zgalarning
yomonligiga yaxshilik bilan javob qaytarsa, unga
Ollohning mukofoti yoziladi”, − deb ta’kidlar edi.

78. Qaysi gapda qo‘llangan ham so‘zi yuklama vazifasida kelgan?


A) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda,
Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol.
B) O‘zi balo tog‘ining, ofat bulog‘ining
Boshida turarmish qish ham yoz.
C) Bunda oy, quyoshdan chehralar olgan,
O‘g‘il ham qizlarning ertasi bordir.
D) O‘rtada bo‘lsin deb qadr ham izzat,
Ayriliq va o‘lim yaralganmi yo?

79. Dahri dun ayyorasikim, yo‘q ango mehr-u vafo,


Peshasi kin-u nifoq-u odati − javr-u jafo.
Yo‘qturur aslo hamul makkora qotil zotida,
Zarracha rahm-u muruvvat, qatracha sharm-u hayo.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Ushbu misralarda talmeh san’atidan foydalanilgan.
B) Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
C) Ushbu misralar bilan boshlanuvchi she’r tuyuq
janrida yozilgan.
D) Qofiyadosh so‘zlarda "a" tovushi raviy bo‘lib kelgan.

80. Yaxshi gap bilan ilonni inidan chiqar.


Ushbu gapdagi ilonni so‘zi ilon tarzida qo‘llansa, fe’l turkumiga mansub so‘zda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar haqidagi to‘g‘ri izohlarni aniqlang.
1. Fe’lning nisbati o‘zgaradi.
2. O‘timsiz fe’l o‘timli fe’lga aylanadi.
3. Fe’lning mayl ma’nosida o‘zgarish kuzatiladi.
4. Fe’lning shaxs-soni o‘zgaradi.
A) 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 2

81. Qaysi gapda egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida so‘zlar imlosida tovush tushishi, tovush almashishi va tovush ortishi hodisalari kuzatiladi?


A) Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham
bir o‘ylab ko‘ring, hadeb erkalatmasdan, singlim.
B) Ikkala qiz ham og‘zini ochmay jim o‘tirishar,
bunisi ham, unisi ham miq etmadi.
C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar,
to‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar.
D) Qalb qiynog‘i og‘ir bo‘ladi, ko‘nglingizni ezib
qo‘yadi, shuning uchun pushaymon
bo‘ladigan ishlarga yo‘l qo‘ymang.

82. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish”


dostoniga oid emas?
A) Doston qahramoni bir kosa suv va bir non
evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldiradi.
B) Doston qahramoni Zangar yurtiga borib,
vafot etib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib
yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi.
C) Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani
mudhish jazoga mahkum etadi, keyinroq
ularning Azbarxo‘ja tufayli mashaqqatlarga
duch kelishganini eshitib afv etadi.
D) Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq
yigitni ayirib beradi, qirq xachirga zar ortib
beradi va uni oq fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi.

83. Qaysi javobda holning uch ma’no turi ishtirok etgan?


A) Qishloqda azonlab ko‘chaga chiqsang, dala
tomon shoshayotgan yoki allaqachon ishini
boshlab yuborgan odamlarni ko‘rasan.
B) Ayrim odamlar to yiqilguningcha qarab
turadilar, faqat achingan kabi nasihat
qiladilar, ammo yordam bermaydilar.
C) Ko‘p mutolaa qilgan inson hamisha mushkul
vaziyatlarni ham oqillik bilan bartaraf etadi,
har qanday muammoning yechimini osonlik
bilan topa oladi.
D) Qiynalib biror narsaga erishganlar bolalarining
mashaqqat chekishini istamagani uchun ularga
barcha shart-sharoitlarni muhayyo qiladilar.

84. Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul-qulub”


asarida:
“Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda. Biri qimirlamay turgani uchun kishilar oyog‘i ostida poyandoz bo‘ldi, ikkinchisi esa harakatda bo‘lgani tufayli yuksaklarning yuksagidadir”, − deya nima haqida mushohada yuritadi?
A) saxiylikning xosiyati, baxillikning kasofati haqida
B) yengiltaklikning ziyoni, hilmning foydasi haqida
C) ko‘p va befoyda so‘zlashning zarari haqida
D) safarning foydalari haqida

85. “Men juda yaxshi bilaman: siz shu kun erta Abdumo‘minni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini olarsiz. . . . Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab siz bilan ham urishar edim”.


Fitratning “Abulfayzxon” dramasidan olingan ushbu parcha qaysi adabiy qahramon nutqidan olingan?
A) Hakimbiy B) Ibrohimbiy
C) Farhod otaliq D) Rahimbiy

86. Sa’diy Sheroziy qalamiga mansub qaysi hikoyada tarbiyasiz farzand ota-ona uchun kulfat keltirishi haqida so‘z borar ekan,


Base yaxshidur ul farzanddinkim,

Download 227.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling