Repetitsion test topshiruvchilar uchun savollar kitobi


Download 227.31 Kb.
bet6/6
Sana21.04.2023
Hajmi227.31 Kb.
#1374088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nemis tili ona tili tayyor uzb guruh

Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy” deya yakunlanuvchi qit’a keltiriladi?
A) Faranglarga asir tushgan kishi haqidagi
hikoya (“Guliston”)
B) Bo‘z qabo kiyuvchi podsho haqidagi hikoya
(“Bo‘ston”)
C) Sahrodagi tashna itga suv bergan kishi
haqidagi hikoya (“Bo‘ston”)
D) Zindonband qilingan darvesh haqidagi hikoya
(“Guliston”)

87. Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanida Otabekning ikkinchi marta o‘lim yoqasiga − xon va Musulmonqul huzuriga bandi qilib olib kelinishi va o‘limga buyurilishiga sabab bo‘lgan voqeani aniqlang.


A) Toshkent xalqidan o‘ttiz ikki tanga soliq yig‘ib
olinishi
B) Homid tomonidan bo‘htonlar bilan bitilgan maktub
voqeasi
C) Yusufbek hoji boshchiligida Toshkent
ahlining Azizbekka qarshi isyon ko‘tarishi
D) Azizbek va Yusufbek hoji tomonidan uyushtirilgan
qipchoq qirg‘ini voqeasi

88. Bu asar ta’lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan didaktik asar bo‘lib, u hozircha bizga yetib kelgan ilk turkiy dostondir. Unda shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o‘rni, komillik shartlari va boshqalar badiiy bo‘yoq va timsollarga burkangan holda tasvirlanadi.


Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A) "Devoni hikmat" B) "Qisasi Rabg‘uziy"
C) "Qutadg‘u bilig" D) "Zarbulmasal"

Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.


TAVSIYANOMA


1. Men, In’omova Adolatxon, 1980-yilda tug‘ilganman. Hozirda Toshkent shahridagi 17-maktab direktori lavozimida ishlaganman.


2. Aliyeva Shahlo Mirsodiq qizi 2004-yilda tug‘ilgan. U men rahbarlik qilayotgan maktabning 11 “B” sinfida tahsil oladi. Sh.M.Aliyeva − bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchi. U ustozlari va sinfdoshlari bilan munosabatlarda samimiyligi, kamtarligi va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. Sh.M.Aliyeva so‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlarga erishdi, bir necha bor shahar va respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida, she’rxonlik va adabiyot sohasiga oid turli ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egalladi. Uning bir nechta she’riy kitoblari chop etildi va yoshlar
tomonidan sevib o‘qilmoqda.
3. Sh.M.Aliyevaning, kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oluvchi mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildiraman va uni shoira Zulfiya nomidagi mukofotga tavsiya etaman.

2020-yil 18-iyun (imzo) A.In’omova


89. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?


A) 1 − imloviy xatolik; 2 – ishoraviy (punktuatsion)
xatolik; 3 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq
uslubiy xatolik
B) 1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − qo‘shimcha
qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − imloviy
xatolik
C) 1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy
xatolik; 2 − imloviy xatolik; 3 − ishoraviy
(punktuatsion) xatolik
D) 1 − imloviy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash
bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − ishoraviy
(punktuatsion) xatolik

90. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlari mazmuniga oid to‘g‘ri hukmni aniqlang.


A) Matnning har uchala qismida mukofot sovrindori
haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
B) Matnning ikkinchi qismida mukofotga tavsiya
etilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar bayon
qilingan.
C) Matnning birinchi qismida mukofotga tavsiya
etish shartlari bayon qilingan.
D) Matnning birinchi qismida mazkur tavsiyanomani
taqdim etishdan ko‘zlangan maqsad bayon
qilingan.


Download 227.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling