ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet13/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
11-rasm. Yumshatish turlari.


3 — Materialshunoslik


33



Diffuzion yumshatish. Legirlangan po‘lat quymalar dendrit likvatsiyani kamaytirish uchun yumshatishning shu turiga duchor qilinadi. Metall 1100—1200 °C haroratgacha qizdiriladi. Chunki bunda po‘lat alohida hajmlarining kimyoviy tarkibini bir xillashtirish uchun zarur bo‘lgan diffuziya jarayonlari ancha to‘liq kechadi.
Qizdirish 100—150 grad/soat tezlik bilan amalga oshiriladi, qizdirish haroratini tutib turish vaqti po‘latning tarkibiga va quymaning massasiga bog‘liq bo‘ladi. Diffuzion yumshatishdan keyin po‘lat sekin sovitiladi.
Bir jinsli qilishda haddan tashqari uzoq tutib turish maq- sadga muvofiq emas, aks holda jarayonning unumdorligi kamayadi va elektr energiyasi (yonilg‘i) ortiqcha sarflanadi. Yumshatish haroratini oshirish tutib turish vaqtini oshirishga qaraganda ko‘proq samara beradi. Diffuzion yumshatishda shu haroratda tutib turish vaqti bir necha soatdan bir necha o‘n soatgacha davom etishi mumkin (isitish vaqtini hisoblama- ganda). Jarayonning davom etish vaqtini haroratni oshirish yo‘li bilan qisqartirish mumkin.
Tarkibi bir jinsli bo‘lgandan keyin po‘lat yirik donli bo‘ladi, u keyinchalik bosim bilan ishlov berish yo‘li bilan yoki odatdagi to‘liq yumshatish bilan maydalanadi.
Past haroratda yumshatish. Agar qaynoq holda mexanik ishlov berilgandan keyin po‘latning tuzilishi yaxshi bo‘lsa va qayta kristallashga hojat qolmasa, faqat ichki zo‘riqishni yo‘qo- tish talab qilinsa, u holda po‘lat As1 dan past haroratda qizdi­riladi. Qizdirish 100—150 grad/soat tezlik bilan amalga oshiriladi. Shu haroratda ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin havoda sovitiladi.
Yumshatish haroratida tutib turish vaqti bir tonna quymaga 0,5—1,0 soatni tashkil etadi. Uglerodli va legirlangan po‘latlarni kesish, quyish va boshqa yo‘llar bilan uzatishdan oldin ular past haroratda yumshatiladi. Past haroratda yumshatishda qizdirish tezligi va ayniqsa, sovitish tezligi kichikroq bo‘lishi kerak, shunda yangi ichki termik zo‘riqishlar yuzaga kelmaydi.
Rekristallash yo‘li bilan yumshatish deformatsiyalangan metall yoki qotishmaga termik ishlov berishdan iborat bo‘lib, bunda rekristallanish asosiy jarayon hisoblanadi. Termik ishlov berishning bu turi ko‘pincha sovuqlayin deformatsiyalashdan keyin qo‘llaniladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling