ResearchGate
C nuqtadan yuqorida suyuq aralashma, S
Download 0,49 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruksion po‘latlar va ularning tasnifi
C nuqtadan yuqorida suyuq aralashma, S nuqtadan pastda esa qotgan austenit bo‘ladi;
C nuqtada AC va CD chiziqlari uchrashgan bo‘lib, suyuq aralashmadan kristall paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. S nuqtadan GS va SE chiziqlari uchrashgan bo‘lib, qotgan aralash- maning ikkilamchi kristallanishini ko‘rsatadi; C nuqtada 4,3 % C li suyuq aralashma bo‘lib, kristal- lanib ledeburit evtektika hosil qilsa, S nuqtada 0,8 % C li aralashma qayta kristallanib, perlit hosil bo‘ladi; C nuqta sathida FE evtektik-ladeburit chizig‘i yotgan bo‘lsa, S nuqta sathida RK chizig‘i, evtektoid-perlit chizig‘i yotibdi; C nuqta birlamchi kristallanish markazi bo‘lsa, S nuqta qotishmaning ikkilamchi kristallanish markazi hisoblanadi. Temir — uglerod qotishmasi suyuq holatdan asta-sekin (soatiga 10 °C dan) uy haroratigacha sovitilib borilganda, qu- yidagi tuzilishlarni ko‘ramiz. Ferrit, sementit, austenit, perlit va ledeburit:
Po‘latlar va oq cho‘yanlar temir-sementit diagrammasiga muvofiq tasniflanadi. Vazifasiga ko‘ra, uglerodli po‘latlar kons- truksion, asbobsozlik po‘latlari va maxsus maqsadlarda ishlatiladigan po‘latlarga tasniflanadi.
Konstruksion po‘latlarda uglerod miqdori 0,5—0,6 % dan oshmaydi. Konstruksion po‘latlar uglerodli va legirlangan bo‘lishi mumkin. Mashinasozlikda mashinalarning detallari va konstruk- siyalarini tayyorlash uchun keng ko‘lamda ishlatiladigan po‘latlar konstruksion po‘latlar deyiladi. Konstruksion po‘latning texnologik xossalari yaxshi bo‘lishi bilan birga, nihoyatda puxta, plastik va qovushqoq bo‘lishi kerak. Po‘lat yaxshi deformatsiyalanishi (bolg‘alashda va shtampovka- lashda) lozim, unga qirqish yo‘li bilan ishlov berish oson bo‘lishi, yaxshi payvandlanadigan va toblashda darz ketmasligi kerak. Uglerodli konstruksion po‘latlar ishlab chiqarish usuliga ko‘ra, marten va konverter (Bessemer va Tomas) po‘latlarga bo‘linadi. Odatdagi sifatli (dSt 380-71) va sifatli (DST 105074) uglerodli konstruksion po‘latlar farqlanadi. Odatdagi sifatli uglerodli konstruksion po‘latlar eng arzoni hisoblanadi. Bunday po‘latlar tarkibida oltingugurt (marten po‘latida 0,55 % gacha va bessemer po‘latida 0,060 % gacha) hamda fosfor (marten po‘latida 0,045 % gacha va bessemer po‘latida 0,080 % gacha) miqdori ko‘p bo‘ladi. Odatdagi sifatli po‘latlar qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, A, B va C guruhlarga ajratiladi. Barcha guruhlarda 1—4 raqamli po‘latlar: qaynaydigan (kp), tinch (sp) va yarimtinch (ps) qilib tayyorlanadi; 5—6 raqamlilari yarimtinch (ps) va tinch (sp) po‘latlar bo‘ladi. Me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga qarab, har qaysi guruh - lardagi po‘lat quyidagi toifalarga (kategoriyalarga) bo‘linadi:
Me’yorlanadigan ko‘rsatkichlar: A guruh:
B guruh:
C guruh:
A guruh — odatdagi sifatli po‘latlar, kimyoviy tarkibi aniqlanmasdan, mexanik xossalari bo‘yicha yetkazib beriladi. Bu guruh po‘latlar St harflari va 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlari bilan markalanadi (rusumlanadi). Raqam qancha katta bo‘lsa, po‘latning mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi. Toifani belgilash uchun markaning oxiriga toifa tartib raqami qo‘shiladi (birinchi toifa ko‘rsatilmaydi). Masalan, St3ps2. Oksidsizlantirish usulini ko‘rsatuvchi indeks bilan marka raqami orasida G harfi bo‘lishi mumkin, u marganes- ning miqdori ko‘pligini bildiradi. Masalan, St5Gps. Download 0,49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling