ResearchGate
Takrorlash uchun savollar
Download 0,49 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ill BOB
- Po‘latni yumshatish turlari
Takrorlash uchun savollar
Ill BOB PO‘LATGA TERMIK VA KIMYOVIY ISHLOV BERISH Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
Po‘latni faza o‘zgarishlaridan yuqori haroratgacha qizdirib, so‘ngra sekin sovitish (odatda, pech bilan birga) yumshatish deyiladi. 11-rasmda yumshatish turlari keltirilgan. Sekin sovitilganda po‘latlar faza va tuzilishi jihatdan muvo- zanatga yaqin keladi. Yumshatishdan keyin yuzaga kelgan tuzilmalar temir-sementit diagrammasida ko‘rsatilgan. Yum- shatilgandan keyin po‘latning qattiqligi va puxtaligi pasayadi. Yumshatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: po‘latni qayta kristallash (donlarini maydalash), ichki zo‘riqishlarini yo‘qo- tish, qattiqligini pasaytirish va ishlanuvchanligini yaxshilash. Ko‘p hollarda yumshatish termik ishlov berish bilan birga olib boriladi. Quymalar, pokovkalar, prokatlarni yumshatish (masalan, yirik quymalarni yumshatish) oxirgi termik ishlov berish jarayoni sanaladi. 1- tur va 2- tur yumshatish farqlanadi. 1- tur yumshatish - da oldingi ishlov berishda paydo bo‘lgan muvozanat holatidan chetlanish qisman yoki batamom yo‘qoladi. Bu yumshatish faza o‘zgarishlari bilan bog‘liq emas. Download 0,49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling