ResearchGate


Takrorlash uchun savollar


Download 0.49 Mb.
bet12/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Takrorlash uchun savollar






  1. Temir — uglerod tizimi qanday tasniflanadi?

  2. Temir — uglerod diagrammasidagi asosiy nuqta va chiziqlar nimani bidiradi?

  3. Fe — Fe3C tizimining faza va tarkibiy tashkil etuvchilari nima- lardan iborat?

  4. Sovitilganda Fe — Fe3C qotishmalarining tuzilmasi qanday shakllanadi?

  5. Temir — uglerod tizimining qotishmalari qanday tasniflanadi?

  6. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari qanday tasniflanadi?

  7. Rangli metallarga qanday metallar kiradi?

  8. Eng ko‘p ishlatiladigan aluminiy qotishmalaridan qaysilarini bilasiz?

  9. Latunlar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?

  10. Bronzalar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?

  11. Kukun material qanday tayyorlanadi?

  12. Kukun materialdan tayyorlangan detallar qanday markalanadi?

Ill BOB
PO‘LATGA TERMIK VA KIMYOVIY ISHLOV BERISH
Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

  1. Po‘latni yumshatish turlari

Po‘latni faza o‘zgarishlaridan yuqori haroratgacha qizdirib, so‘ngra sekin sovitish (odatda, pech bilan birga) yumshatish deyiladi. 11-rasmda yumshatish turlari keltirilgan.
Sekin sovitilganda po‘latlar faza va tuzilishi jihatdan muvo- zanatga yaqin keladi. Yumshatishdan keyin yuzaga kelgan tuzilmalar temir-sementit diagrammasida ko‘rsatilgan. Yum- shatilgandan keyin po‘latning qattiqligi va puxtaligi pasayadi.
Yumshatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: po‘latni qayta kristallash (donlarini maydalash), ichki zo‘riqishlarini yo‘qo- tish, qattiqligini pasaytirish va ishlanuvchanligini yaxshilash.
Ko‘p hollarda yumshatish termik ishlov berish bilan birga olib boriladi. Quymalar, pokovkalar, prokatlarni yumshatish (masalan, yirik quymalarni yumshatish) oxirgi termik ishlov berish jarayoni sanaladi.
1- tur va 2- tur yumshatish farqlanadi. 1- tur yumshatish - da oldingi ishlov berishda paydo bo‘lgan muvozanat holatidan chetlanish qisman yoki batamom yo‘qoladi. Bu yumshatish faza o‘zgarishlari bilan bog‘liq emas.





Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling