ResearchGate
E nuqta temirning uglerod (2,14 %) bilan to‘yingan nuqtasi hisoblanadi. E
Download 0.49 Mb.
|
E nuqta temirning uglerod (2,14 %) bilan to‘yingan nuqtasi hisoblanadi. E nuqtadan chap tomonda yotgan hamma qotishmalar to‘la qotgan vaqtda austenitning bir o‘zidan iborat bo‘lib, bunday qotishmalar po‘lat guruhini hosil qiladi.
Qotgan qotishmadagi o‘zgarishlarni ko‘ramiz. GSE, PSK va GPQ chiziqlari ko‘rsatib turibdiki, qotgan aralashmalarda ham tuzilish o‘zgarishlari yuz beradi. Qattiq holatdagi o‘zgarishlar temirning bir modifikatsiyasidan ikkinchi modifikatsiyasiga o‘tishida uglerodning temirda eruvchanligining o‘zgarishi hiso- biga bo‘ladi. Diagrammada AGSE hududida austenit (A) bo‘lib, qotishma sovishi davomida austenitdan GS chizig‘i bo‘ylab ferrit ajraladi. Ferrit uglerodning Fe dagi qattiq eritmasi, boshqacha qilib aytsak, у-Fe a-Fe ga o‘tadi. Bundan tashqari, haroratning 1147 °C dan 727 °C gacha pasayishida uglerodning у-Fe da eruvchanligi 2,14 % dan 0,8 % gacha pasayadi. Diagrammada SE chizig‘i bo‘yicha austenitdan ikkinchi sementit ajraladi. Bu sementit qattiq qotishmadan ajralib chiqadi. GSP hududi ikki fazadan iborat, ya’ni ferrit va bo‘linuv- chi, o‘zgaruvchi austenitdan iborat. S nuqtada (0,8 % C) 272 °C da hamma austenit bo‘linib, o‘zgarib, ferrit va ikkilamchi sementitdan iborat mayin mexanik aralashma hosil qiladi. Ushbu evtektoid aralashma serlit deb ataladi. Tarkibida 0,8 % dan kam uglerod bo‘lgan po‘latlar evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlar va tarkibida 0,8 %—2,14 % C bo‘lgan po‘latlar evtektoiddan keyingi po‘latlar deb ataladi. PSK chizig‘i bo‘yicha barcha qotishmalarda hamma qoldiq austenitdan perlit hosil bo‘ladi. Shuning uchun PSK chizig‘i perlit hosil qiluvchi chiziq deb yuritiladi. Diagrammadan S va C nuqtalarini bir-biriga solishtirsak, quyidagilarni ko‘ramiz: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling