ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet6/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
rasm. Kristallanish darajasi.

Qotgan metallning sovishi nati- jasida qaytadan kristallanishi ikki­lamchi kristallanish deb aytiladi. Kris- tallanish jarayonini yaxshiroq o‘rga- nish uchun uni grafik ko‘rinishda ko‘rib chiqamiz (7-rasm).
G
t

° с

kg

er

t
rafikdan ko‘rinib turibdiki, ha- rorat ma’lum darajaga yetganda bir- muncha o‘zgarmay turadigan to‘xtash (bu to‘xtashlar sovitganda ham mavjud bo‘ladi) bo‘lib, bunda ichki o‘z- garishlar sodir bo‘ladi.
M
° с
etall qizdirilgan vaqtda berilgan issiqlikni o‘ziga yutadi, sovitilganda esa undan issiqlik ajraladi, bu esa metallni qizdirganda yoki sovitganda to‘xta- tishlarga sabab bo‘ladi.
M

7-rasm. Metallning sovish va erish grafigi.
etallning biror holatida yoki tu- zilishidagi o‘zgarishlarga mos keladigan harorati kritik nuqta deb aytiladi. Eri- gan metallning kristallanishi uchun erish haroratidan pastroq bo‘lgan haro- ratgacha sovitish kerak, chunki ana shu haroratda atomlar aniq bir sxema bo‘- yicha guruhlanib, kristall hosil qiladi.
Metallning erish va sovish grafigi. Metallarning kristallanishi pirometr deb ataluvchi asbob bilan aniqlanadi, ya’ni ma’lum vaqt ichida suyuq metallning qotishi yoki metallning qattiq holatdan suyuq holatga o‘tishi kuzatiladi. Ma’lum vaqt birligida yuz bergan o‘zgarishlar yozib olinib, olingan material bo‘yicha sovish yoki qotish egri chizig‘i harorat va vaqt koordinata o‘qlarida chiziladi.
Ma’lumki, qotishma ikki va undan ko‘p elementlarni bir- biri bilan aralashtirib hosil qilinadigan birikmadir. Ko‘pchilik qotishmalar eritish yo‘li bilan olinadi, lekin elektroliz, bug‘ holatiga o‘tkazib va boshqa usullar bilan ham qotishma olish mumkin. Aralashmalar ichida metallmas elementlar ham bo‘lishi mumkin, ammo asosiy elementni metall tashkil etadi. Hamma metallar ham aralashib qotishma hosil qilavermaydi. Misol uchun, temir bilan qo‘rg‘oshin aralashmasidan qotishma hosil bo‘lmay, balki qatlamli birikma hosil bo‘ladi.

Qotishmalarning holat diagrammasi erigan aralashmaning qotish jarayonida tuzilish o‘zgarishini tavsiflab, berilgan qotishmaning tuzilishi haqida yaqqol ma’lumot beradi. Holat diagrammasi bo‘yicha berilgan qotishmaning tuzilishini va xossasini avvaldan bilish mumkin. Bundan tashqari, holat diagrammasi qotishmalarni termik ishlashni ilmiy jihatdan asoslab berish uchun xizmat qiladi.
Qo‘rg‘oshin va surma bir-birida yaxshi erib, juda ko‘p turdagi qotishmalarni hosil qiladi.
Ma’lumki, qotishmaning holat diagrammasini chizish uchun erish va kristallanish kritik haroratlari va nuqtalari zarur bo‘ladi. Ular tajriba yo‘li bilan olinadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling