ResearchGate


Oltingugurt (S) cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi. Uglerod


Download 0.49 Mb.
bet3/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Oltingugurt (S) cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi.
Uglerod (C) olmos, grafit, toshko‘mir holida uchraydi. Po‘lat va cho‘yanning xossalari uglerodning miqdoriga va hola- tiga (erkin, ya’ni grafit va temir bilan kimyoviy birikkan — sementit holida) bog‘liq.
Fosfor (P) juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, u temir- ning barcha uglerodli birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan oltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli elementlar hisoblanadi.
Metall va qotishmalardan to‘g‘ri foydalanish uchun ularning xossalarini va ular qanday sharoitda o‘zgarishini bilish kerak. Metall va ular qotishmalarining ichki tuzilishi o‘zgarishi bilan ularning xossalari ham o‘zgaradi. Metallarning ichki tu- zilishini o‘rgatadigan fan metaUografiya deb ataladi.
Qattiq moddalar ikkiga: amorf va kristall moddalarga bo‘- linadi.
Amorf shaklsiz degan ma’noni anglatadi. Amorf moddalar- ning atomlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi, ularni sindirganda ham tartibsiz yo‘nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo‘l- maydi. Qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi. Ularning muayyan bir suyuqlanish va qotish harorati bo‘l- maydi (yelim, kanifol, shisha va boshqalar).
Kristallar haqidagi fan kristaUografiya deb ataladi.
Barcha metallar va qotishmalar kristall tuzilishga egadir. Kristall moddalarning atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda tartibli joylashgan bo‘ladi. Moddalar sharoitga qarab, ba’zan amorf, ba’zan esa kristall holatda bo‘lishi mumkin (kauchuk,
yelim va h.k.). 3-rasmda kristall va amorf moddalar atomlarining joy- lashishi keltirilgan.
K ristall moddalar muayyan su- yuqlanish va qotish haroratlariga, ularning atomlari muayyan geo- metrik shakllarga egadir. Ularning xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi, bu xususiyat anizotropiya deb ataladi.
Kristall moddalarning mexanik puxtaligi, issiqlik va elektr o‘tka- zuvchanligi, suyuqlanish tezligi, harorati ularning atom tuzilishiga bog‘liq va uning xossalariga ta’sir etadi.
Eritma quyi haroratda asta-sekin bug‘latilsa, yirik kristal- lar, yuqori haroratda bug‘latilib, tez sovitilsa, mayda kristallar hosil bo‘ladi. Mayda donli po‘latlar qattiq, lekin yirik donli po‘latlarga nisbatan yumshoq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik bir kristall atrofida muntazam ravishda o‘suvchi yirik kristall olish mumkin. Bu jarayon kristallning o‘sishi deb aytiladi. Barcha metall va qotishmalar kristall tuzilishga ega. Kristall donlari aniq geometrik shaklga ega emas. Tashqi tomonidan kristall ko‘p qirraliga o‘xshaydi va ular kristall donlari yoki gra- nulalari deb ataladi.

  1. Metallarning ichki tuzilishi

K ristallarni tashkil etgan zar- rachalar shu kristallar hajmida geometrik tarzda tartibli joyla- shadi, bunday tuzilish kristall panjara deb aytiladi (4-rasm).
Rentgen nurlari yordamida olib borilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, aksari metallarning kristall panjaralari quyidagicha


  1. Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling